ISLOM KARIMOV O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
* * *
1997-yil 5-fevral kuni Prezident I. Karimov AQSH davlat koti-bini qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, jumladan, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkor-likni kengaytirish bilan bog'liq masalalar muhokama etildi.
Ulkan siyosiy, iqtisodiy, harbiy texnik, intellektual salohiyatga ega bo'lgan jahonning yetakchi davlati Amerika Qo'shma Shtatlari bilan uzoq muddatli va keng ko'lamda munosabatlarni rivojlantirish O'zbekiston uchun tashqi siyosatning ustuvor strategik yo'nalishidir.
Darhaqiqat, so'nggi yillarda O'zbekistonning AQSH bilan tashqi savdo munosabatlari ortib bormoqda. Masalan, 1998-yilda O'zbekistondan AQSHga 63.6 mln. dollarlik mahsulot chiqarilgan bo'lsa, shu davr mobaynida AQSHdan 242.9 mln. dollarlik mahsulot import qilib olindi.
O'zbekiston Yevropadagi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar o'rnatishga jiddiy e'tibor berdi. Xususan, Prezident I. Karimovning 1994_1996-yiHardagi GFR, Fransiya, Buyuk Britaniyaga tashriflari tufayli Yevropaga yo'l ochildi. Bu mamlakatlar bilan iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalar kengaydi.
1999-yil may oyida Bolgariya Prezidenti Petr Stoyanov rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.
Shu kuni shahar tashqarisidagi Do'rmon qarorgohida O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan Bolgariya Prezidenti Petr Stoyanovning yakkama-yakka uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda xalqaro hayotdagi dolzarb voqealar, ikki mamlakat o'rtasidagi rnu-nosabatlarning bugungi ahvoli, o'zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezidentlarning o'zaro muloqoti oxiriga yetgach, ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi mu-zokaralari boshlandi. Muzokaralarda asosiy e'tibor ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasiga qaratildi. O'zbekiston bilan Bolgariya o'rtasidagi hamkorlikni ri-vojlantirishdan har ikki tomon ham birdek manfaat ko'radi, - dedi O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov. - Janob Petr Stoyanovning Bolgariya rahbari sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida bi-rinchi bo'lib O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgani ham bejiz emas. Shu o'rinda bir gapni aytish kerak - O'zbekiston Bolgariya uchun hamisha ochiqdir.
Ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik haqida gapirgan-da, avvalo, kommunikatsiya va tranzit masalasiga to'xtalish kerak bo'ladi. Bu borada asosiy dastur TRASEKA loyihasi hisobla-nadi. Sharq va G'arbni bir-biriga birlashtiradigan mazkur transport yo'lagini to'la quvvatda ishga tushirish uchun u o'tadigan mamlakatlar o'rtasida o'zaro aloqalarni mustahkamlash zarur bo'ladi. Negaki mazkur yo'lak bu yo'nalishdagi barcha davlatlarga bir xil foyda keltiradi. Xususan, nafaqat Bolgariya, balki Yevropa bozori-ga chiqishimiz uchun ham Bolgariyaning Varna shahri portlaridan foydalanishimiz mumkin. Bolgariya esa O'zbekiston orqali nafaqat Markaziy Osiyo balki butun Osiyo bozoriga chiqishi mumkin. Ayni mavzuda gap ketganda shuni aytish kerakki, bugungi kunda Gruzi-yaning Poti porti bilan Bolgariyaning Varna porti o'rtasidagi aloqa yo'lga qo'yilgani TRASEKA loyihasini hayotga tatbiq etishdagi mu-him ishlardan biri bo'ldi.
O'zaro hamkorlikdan ko'zlagan maqsadimiz bitta - xorijiy sar-moyaning mamlakatimizga oqib kelishi uchun qulay sharoit yara-tish, - dedi Bolgariya Prezidenti ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik haqida o'z fikrlarini bay on qilar ekan - shuning uchun o'zaro sa'y-harakatlarni birlashtirish kerak. Shunda bizga Sharqqa, O'zbekiston uchun esa G'arbga chiqish oson kechadi. Qolaversa, yaratilajak transport yo'lagi tufayli mamlakatimizga kirib keladigan sarmoya ham ko'payadi.
Muzokaralarda Bolgariya tomoni Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib Toshkentda o'z elchixonasini ochajagini ma'lum qildi. Shuningdek, yaqin kelajakda Sofiyada O'zbekiston elchixonasini ham ochish rejalashtirilayotgani aytildi. Yana bir gapni aytib o'tish kerakki, muzokaralar chog'ida o'zbekistonlik bolalarni Qora dengiz s0hilidagi dam olish maskanlariga jo'natish borasida muayyan keli-shuvga erishilgani ham muhim ish bo'ldi.
Muloqot chog'ida shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy aloqalarni, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida ham so'z bordi.
Muzokaralar nihoyasida ikki tomonlama qo'shma hujjatlarni imzolash marosimi bo'ldi. O'zbekiston va Bolgariya hukumatlari o'rtasida belgilangan hududlar hamda ulardan tashqarida o'zaro havo aloqasini yo'lga qo'yish to'g'risida hamda jinoyatchilikka qarshi ku-rash bo'yicha hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o'rtasida im-zolangan do'stona munosabatlar va hamkorlik to'g'risida shartnoma ratifikatsiyalangani haqida yorliqlar almashish to'g'risidagi proto-kolga ham imzo chekildi.
O'zbekiston keyingi yillarda Boltiq bo'yi respublikalari bilan ham do'stona hamkorlikni saqlab qolish va uni yangi sharoitda yanada rivojlantirishga harakat qildi.
1995-yil 6-iyun kuni Prezident Islom Karimov davlat tashrifi bilan Latviya Respublikasiga bordi. Shu kuni Latviya Prezidenti Gun-tas Ulmanis bilan Islom Karimov o'rtasida muloqot bo'lib, har ikki davlat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma chu-nonchi, transport, havo aloqalari, sayyohlik va ilmiy-texnik aloqalar yuzasidan bitimlar tuzildi.
7-iyun kuni u Riga birjasi binosida Latviya ishbilarmonlari bilan uchrashdi. So'ng Latviya seymiga tashrif buyurib, uning raisi Anato-liy Gorbunov bilan muloqotda bo'lib parlamentlararo munosabatlarni yanada yaxshilash yuzasidan kelishib olindi.
1995-yil 7-8-iyun kunlari Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Litva Respublikasida bo'ldi. Vilnusdagi Prezident saroyida Islom Karimov va Angirdis Brazauskas o'rtasida muzokaralar bo'ldi. Ikki mamlakat o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to'g'risida Qo'shma Deklaratsiya, ta'lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat sohalarida hamkorlik qilish to'g'risida hukumatlararo bitimlar imzolandi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston tashqi siyosatining geografi-yasi kengayib bordi. Yaqin va O'rta Sharq hamda Arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirishga intilish ham O'zbekiston tashqi siyosatining muhim yo'nalishlari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misrda bo'ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asosla-ri to'g'risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari tuzdi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 14-17-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan Isroilda bo'ldi. Xo'sh, tashrifdan mud-dao nima edi? Avvalo, mamlakatlarimiz o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik sarhadlarini yanada kengaytirish va bu-ning uchun zarur huquqiy asoslarni mustahkamlash. Isroil davlati-ning bugungi iqtisodiy taraqqiyoti, aqliy salohiyati, yuksak texno-logiyasi, ilmiy-texnikaviy yutuqlari haqiqatan ham katta e'tiborga molik. Shu bois ham Isroil bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish bizga foydalidir.
Hamkorligimizning asosiy - iqtisodiyot bilan bog'liq masala-lar haqida to'xtalishdan oldin bir gapni aytib o'tish lozim: Islom Karimovning Isroil davlatiga tashrifi mamlakat siyosiy doirala-ri tomonidan ham, keng jamoatchilik tarafidan ham qizqin kutib olindi. Isroil Prezidenti Ezer Veysmarming qarorgohida bo'lib o'tgan davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimida mamlakat Bosh vaziri Benyamin Netanyahu ham ishtirok etgani buning dalillaridan biridir. Chunki, odatda bunday marosimlarda Bosh va-zir ishtirok etmasdi.
Tashriming ikkinchi kunida ikki mamlakat rasmiy delegatsiya-larining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida asosiy e'tibor ham shu o'zaro hamkorlikning huquqiy asosini mustahkamlash masala-siga qaratildi. Muzokaralar yakunida ushbu maqsadga xizmat qiluv-chi muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan, Prezident Islom Karimov hamda Bosh Vazir Benyamin Netanyahu mamlakatlarimiz hukumat-lari o'rtasida ikki tomonlama soliq solmaslik, daromad va kapitalga soliq to'lashdan bo'yin tovlashning oldini olish, shuningdek, o'zaro savdo va iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi Bitimlarga imzo chekdi-lar. Qolaversa, ikki davlat o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish-da hamkorlik, qishloq xo'jaligi sohasida hamkorlik qilish, o'zaro texnik hamkorlik, soliq hamda soliqni saqlash sohalarida hamkorlik qilish, O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan Isroilning tashqi savdo sug'urta korporatsiyasi «IFTRIK» o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi bitimlar imzolandi. Bularni birma-bir izoh-lab o'tirishning hojati yo'q. Ular qanday ahamiyatga ega ekanini hujjatlarning nomlaridan ham anglab olish qiyin emas. Eng muhimi, shunday keng qamrovli hujjatlar imzolanganining o'ziyoq tashrif-ning samarali bo'lganini aytib turibdi.
Muzokaralar so'ngida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida mamlakatimiz rahbari O'zbekiston bilan Isroil iqtisodiyotida bir-birini to'ldiruvchi omillar talaygina ekanini ta'kidladi. Ya'ni, tabiiy resurs-larimizdan unumli foydalanish uchun bizga zamonaviy texnologiya kerak. Xususan, Isroilning qishloq xo'jaligi, chorvachilik, dehqon-chilik, urug'chilik, oziq-ovqat va parrandachilik kabi yo'nalishlarda katta foyda keltiradigan minitexnologiyasiga bizda ehtiyoj bor. Bu esa o'z navbatida O'zbekiston, qolaversa Markaziy Osiyo bozorida Isroilning faol ishtirok etishi uchun sharoit yaratadi. Telekommuni-katsiya va farmatsevtika sohalari ham o'zaro hamkorligimizda asosiy yo'nalishlardan sanaladi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda O'zbekistonning qiziqishlari nimalarda ko'rinadi? Bilamizki, Isroil qishloq xo'jaligi taraqqiy etgan mamlakat. Suv tanqis, boshdan oyog'i tosh va biyday daladan iborat zaminda paxtachilik, urug'chilik, chorvachilik, deh-qonchilik bo'yicha qo'lga kiritilayotgan yutuqlar kishini mulohaza-ga chorlaydi. Mamlakatda 5,6 million aholi istiqomat qiladi. Uning mehnatga yaroqli qismi esa 40-42 foizni tashkil etib, shundan atigi uch foizigina qishloq xo'jaligi bilan band. Ana shu uch foiz odam butun mamlakatni qishloq xo'jalik mahsuloti bilan ta'minlabgina qolmasdan, o'z mahsulotini chetga eksport ham qiladi. O'z-o'zidan ayonki, hammasining siri texnologiyada, mavjud imkoniyatdan oqi-lona foydalana bilishda.
Tashrif chog'ida Islom Karimov Isroildagi «Zeraim Gede-ra» nomli ilmiy ishlab chiqarish va yangi navlar yaratish majmui bilan tanishdi. Mutaxassislarning fikricha, «Zeraim Gedera» pax-ta navlari bilan hosildorlikda katta ko'rsatkichlarga erishish mum-kin. Tajriba uchastkasidagi g'o'zapoya naqd odam bo'yi keladi. Bitta tupda 19-20 tagacha ko'sak bor. Har bir ko'sakdagi paxta-ning og'irligi 8 grammgacha tosh bosadi. Vaholanki, bizda bitta ko'sakdagi paxtaning og'irligi ikki barobar kam - 4 grammni tashkil etadi. Tomchilab sug'orish borasida ham «Zeraim Gedera» texnologiyasi bizga qo'l kelishi mumkin. Masalan, bu yerda bir gek-tar dalani sug'orish uchun 3-5 ming metr kub suv sarflanadi. Bizda esa shuncha may donga 11 ming kub metr suv ketadi. Isroilning yutuqlari e'tiborga molik. Bu yerda gektaridan 70 sentnergacha hosil ko'tarilsa, bizda bu ko'rsatkich o'rtacha 26-27 sentnerni tashkil qiladi. Bu ko'rsatkichlarni taqqoslayotganimizning boisi bor. Yerimiz Isroil yerlaridan unumdorroq, baquvvatroq. Demak, biz ulardan harn ko'proq hosil olishimiz mumkin. Xalqimizning aqliy salohiyati, iqti-dori va qobiliyati ham o'zgalardan ortiq bo'lsa ortiq, lekin zinhor kam emas. Dunyoda yerni o'zbek dehqonichalik sevadigan, ardoq-laydigan odamni topish ham amri mahol. Faqat qishloq xo'jaligiga zamonaviy texnologiyani kiritish zarur. Shu ma'noda, Isroildagi bu kabi firmalar bilan hamkorlik biz uchun ayni muddao. Bu bitta pax-tachilik misolida ko'rganimiz, holbuki, Isroilda chorvachilik, parran-dachilik kabi sohalarda ham shunday imkoniyatlar mavjud.
Mamlakatimiz rahbari shu yerning o'zidayoq O'zbekiston «Ze-raim Gedera» bilan ikkita loyiha bo'yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma'lum qildi: biri paxtachilik texnologiyasining to'la komp-leksi, ikkinchisi - turli sharoitda chigitni sinab ko'rish bilan bog'liq. Paxtachilik texnologiyasining to'la kompleksi degani navni tanlash-dan tortib to paxtani yig'ishtirib olgunga qadar qilinadigan ishlar-ni anglatadi. Ikkinchi loyiha o'z-o'zidan tushunarli. Islom Karimov irrigatsiya va tomchilatib sug'orish, chorvachilik, urug'chilik, par-randachilik kabi sohalar bo'yicha tashkil etilgan kichik ko'rgazmani tomosha qildi. Davlatimiz rahbari Isroil minitexnologiyalarini O'zbekistonda qo'llash, o'zaro hamkorlik uchun zarur omillar haqida gapirar ekan, jumladan, shunday dedi:
- Bu texnologiyalarni bizda qo'llash uchun nimalar kerak? Av-valo, biz Isroilga tashrifimiz chog'ida buning uchun zarur huquqiy zamin yaratdik. Kafolat kerak va biz bu kafolatni bera olamiz. O'zaro ishonch kerak. O'ylaymanki, o'zaro ishonchimiz ilgaridan mustahkam, u bugun yangicha shakl kasb etayapti. Isroil qo'lga kiri-tayotgan natijalarga biz ham erishmog'imiz kerak.
O'zbekiston Isroil bilan samolyotsozlik sohasida ham ikki to-monlama manfaatli hamkorlik qilishi mumkin. O'zbekiston jahon-ning yirik samolyotsozlik kompaniyalari bo'lmish «Boing»,«Yevropa Eyrbas Indastriz» bilan mustahkam aloqa o'rnatgan. O'z navbatida Isroil samolyotsozlik zavodi - «Isroil eyrkraft indastriz LTD» korpo-ratsiyasi ham jahonda o'z nufuziga ega. Unda fuqaro aviatsiyasi uchun hamda harbiy sohalar bo'yicha samolyotlar, ularning ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi. Qolaversa, zavodning elektronika sohasidagi fao-liyati ham e'tiborga molik. Uni 1998-yilgi savdosi 2 milliard AQSH dollari miqdorida baholanayotir. Bu hazilakam ko'rsatkich emas.
Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston davlat va hukumat boshliq-larining O'zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qil-moqda.
1992-yil 28-noyabrda O'zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tonionidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga a'zo bo'lib
kirdi.
1992-yil 10-mayda Ashxobodda O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbar-lari «Trans-Osiyo» temir yo'lini vujudga keltirish maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad temir yo'li qurilishi haqidagi bitimni, bojxona xiz-matini tashkil qilish, shu soha uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash haqidagi hujjatlarni imzoladilar.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 10-11-may kunlari EKO - Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a'zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining beshinchi uchrashuvida qatnas-hish uchun Almati shahriga tashrif buyurdi.
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotini 1977-yili Pokiston va Turkiya davlatlari birgalikda tashkil etgan edi. 1992-yili O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Afg'onistonning qo'shilishi bilan mazkur tashkilotning hududiy qamrovi kengaydi, unga a'zo bo'lgan davlatlarning iqtisodiy, madaniy sohalarda hamkorlik qilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi.
Shu o'rinda aytish lozimki, Prezident Islom Karimov doimo EKO - iqtisodiy tashkilot ekanligi, binobarin, uning faoliyatini si-yosiylashtirish va mafkuralashtirishga yo'l qo'yib bo'lmasligini qat'iyat bilan ta'kidlab keladi.
Davlatimiz rahbari O'zbekistonning EKO faoliyatida qatnashi-shidan ko'zda tutilgan maqsadlar haqida ham to'xtaldi. Birinchidan, bu tashkilot ishida ishtirok etish bizga qo'shni davlat bilan o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun zarur. Bu o'z navbatida mamlakatimizning xavfsizligini ta'minlashga xizmat qila-di. Ikkinchi maqsad esa, mintaqadagi gumanitar muammolarni birgalikda hal etish, tarixiy zamini bir bo'lgan xalqlarimiz o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir. Uchinchidan, eng muhim vazifa - bu mavjud tabiiy salohiyatimizni dunyoga olib chiqish uchun kommunikatsiya tarmoqlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Chunki bu muammoni hal etmay turib, 300 million aholi yashaydigan ulkan hududda iqtisodiy taraqqiyotga erishish qiyin.
So'ng sammit qatnashchilari - Afg'oniston, Ozarbayjon, Eron, Qozog'iston, Qirg'iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston davlat va hukumat boshliqlarining, shuningdek, EKO Bosh kotibi hamda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarining nutq va ma'ruzalari tinglandi.
Notiqlar EKO doirasidagi hamkorlik berayotgan ilk samaralar haqida to'xtalib, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiyot, madaniyat, kommunikatsiya sohalarida birgalikda amalga oshirajak loyihalari taraqqiyotimizni tezlashtirish, xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik rishta-larini mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladilar. Tashkilot faoli-yatini kengaytirish va takomillashtirish yo'llarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq so'zladi. Davlatimiz rahbari har qanday xalqaro tashkilotning, jumla-dan, EKO va uning ijroiya qo'mitalarining faoliyati ham baholashda amaliy ishlar asosiy mezon bo'lishi lozimligiga sammit qatnashchi-larining e'tiborini qaratdi. Xalqlarimizga quruq va'dalar, balanpar-voz shior va tashabbuslar emas, balki amaliy, aniq ishlar kerak. Hech kim bunday yuksak minbarlardan siyosiy obro' orttirish, boshqalarga o'z qarashlarini tiqishtirish maqsadida foydalanmasligi lozimligini ta'kidladi.
Sammit qatnashchilari mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo'na-lishlari, EKOning kelgusi faoliyatini takomillashtirish yo'llari belgi-langan Almati Deklaratsiyasini tasdiqladilar. Shuningdek, a'zo mamlakatlar o'rtasida yuk tashish borasidagi to'siqlarni bartaraf etishga, kontrabandaga qarshi birgalikda kurashishga qaratilgan hukumatla-raro hujjatlar ham qabul qilindi.
1999-yil 15-mart kuni Turkiya Prezidenti Sulaymon Demirel Toshkentga keldi. Shu kuni Prezidentlar o'zaro munosabatlarning bugungi ahvoliga doir qator masalalarni ко'rib chiqdilar. Tomonlar-ni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik muammolar xususida ham o'zaro fikr almashildi. Prezidentlarning yakkama-yakka suhbatida terrorchilik, uyushgan jinoyatchilik, qurol-yaroq va narkotik modda-lar kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlikni yanada chuqurlash-tirishga kelishib olindi.
Shundan so'ng Prezidentlar ishtirokida ikki mamlakat delegat-siyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Unda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalar bo'yicha ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Prezident Islom Karimov O'zbekiston - Turkiya munosabatlariga to'xtalar ekan, bu borada O'zbekiston ustuvor, deb qaraydigan sohalar o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992-yilda 75 million AQSH dollarini tashkil etgan edi. O'tgan yili bu kO`rsatkich 275 millionga yetdi. Samarqandda ochilish marosimi o'tkazilishi mo'ljallanayotgan «Sam-Kochavto» qo'shma korxonasi iqtisodiy hamkorlik yuqori pog'onada ekanini yana bir tasdiqlaydi. Umuman, Turkiya O'zbekistonga eng ko'p sarmoya kiritgan mamlakat hisoblanadi. Lekin shunday bo'lsa-da, ko'proq e'tibor qarata-digan ayrim jihatlar ham mavjud. Masalan, ikki mamlakat o'rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha qo'shma komissiyaning faoliyati so'nggi paytlarda susaydi. Muzokaralarda bunday masalalarni hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda transport kommunikatsiyasi masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Islom Karimov O'zbekiston Turkiyaning erkin iqtisodiy zonalarida joylashgan Istanbul, Trabzon, Adana, Mersin kabi shaharlaridagi portlardan, omborlardan foydalanish tarafdori ekanini va bu masala bo'yicha muzokaralar boshlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'lish O'zbekiston uchun yanada keng imkoniyat-lar ochishini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, muzokaralarda ilm-fan, madaniyat, ta'lim sohalari bo'yicha o'zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.
O'zbekiston Sharq va Tinch okeani havzasi mamlakatlari - Xi-toy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Yaponiya, Malayziya bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo'lga qo'ydi. Chunonchi, Janubiy Koreyaning olamga mashhur DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida «O`zDEUavto» O'zbekiston - Koreya qo'shma avtomobil zavodi qurishga kelishilgani olamshumul ahamiyatga ega bo'ldi. 1996-yilning 19-iyulida ushbu zavodning ishga tushishi bugungi kunda O'zbekistonni jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoriga olib chiqdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 6-aprel kuni «Do'rmon» qarorgohida Yaponiyaning «Keyzay Doyu-kay» korporativ rahbarlar uyushmasi prezidenti Koichi Minaguchi rahbarligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.
O'zbekiston Prezidenti Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e'tibor beradi. 1995-yildan buyon Yaponiyaning O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi bir milliard AQSH dollaridan oshib ketdi. O'zaro tovar ayirboshlash hajmi esa 1998-yilda 117 million AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 1997-yildagiga nisbatan 27 foiz ko'p.
O'zbekiston - Yaponiya iqtisodiy hamkorligi ulkan loyihalarni ham o'z ichiga oladi. Masalan, Ko'kdumaloq va Sho'rtandagi neftgaz sanoati inshootlarini shular jumlasiga qo'shish mumkin. Yaponiyaning O'zbekistonga imtiyozli kreditlar berayotgani ham diqqatga sazovor. Ayni paytda Yaponiyaning o'nlab firma va kom-paniyalari O'zbekistonda ana shunday turdagi kreditlar bo'yicha ishlamoqda.
Uchrashuvda yaponiyalik mehmonlarga xususiylashtirish, kom-munikatsiya va ta'lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish taklifi ilgari surildi. Xususan, mamlakatimizga tashrifi chog'ida Yaponiya delegatsiyasi a'zolariga xususiylashtirilayotgan yirik korxonalar ro'yxati taqdim qilindi. Prezidentimiz qurilishi boshlab yuborilgan Andijon-O'sh-Qashqar temiryo'li va shu yo'nalishdagi avtomobil yo'li haqida ham so'zlab, Buyuk Ipak yo'lini qayta tiklash doirasida amalga oshirilayotgan bu loyiha O'zbekistonni Xitoy portlari orqali Yaponiya bilan bog'lashini ta'kidladi.
O'zbekiston BMT minbaridan turib, birinchi bor ushbu tashkilotning Xavfsizlik Kengashi doimiy a'zoligiga Yaponiyani doimiy a'zo sifatida qabul qilish tashabbusini ilgari surgan davlatdir.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston - Yaponiya iqtisodiy munosa-batlarining rivojlanishida «Keyzay Doyukay» muhim o'rin tutadi. Masalan, mamlakatdagi eng yirik kompaniya va korporatsiyalar-ning rahbar xodimlaridan tashkil topgan bu uyushma tashabbusi bilan O'zbekiston Yaponiya hukumati imtiyozli kreditlar ajratishni ko'zda tutadigan davlatlar sirasiga kiritilgan. Uyushmaning o'ziga xosligi va mamlakatdagi boshqa ishbilarmonlar tashkilotlaridan farqi shuki, uning a'zolari garchi yirik firma va kompaniyalar rahbari bo'lishiga qaramay, oddiy tahlilchi-iqtisodchi sifatida ishlaydi. Ular faqat iqtidoriga qarab qabul qilinadi. Hozirgi kunda Yaponiya korporativ rahbarlar uyushmasi tarkibida 1600 ga yaqin a'zo bor. Yana bir jihati shuki, uyushma hech qanday siyosiy masala-ga aralashmaydi. Uning a'zolari yirik ishbilarmonlarning siyosiy maydonidagi о'mini yaxshi anglasa-da, faqat iqtisodiy tahlil va tadqiqotlardan kelib chiqqan holda hukumat vakillariga taklif va tavsiyalar berish bilan cheklanadi.
Uchrashuvda Prezident Islom Karimov mamlakatimizda chet ellik ishbilarmonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, O'zbekistonning iqtisodiy siyosati, xorijdagi moliyaviy muassasalar bilan hamkorligi borasida so'zladi.
«Keyzay Doyukay» delegatsiyasi rahbari 1997-yilda O'zbekistonni ziyorat etganidan so'ng, bu yerda ulkan o'zgarishlar amalga oshirilganiga guvoh bo'lganini ta'kidladi. Dunyoning ko'plab niamlakatlari iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan bo'lishiga qaramay, O'zbekiston iqtisodiy yutuqlarga erishayotgani amalga oshirayotgan islohotlaringizga ishonchimizni yanada oshiradi, - dedi mehmon.
Yaponiya delegatsiyasi tarkibida ushbu mamlakatning sobiq davlat iqtisodiy rejalashtirish vaziri, ayni paytda parlament a'zosi Taro Aso ham bor. Prezidentimiz bilan uchrashuvda u Yaponiya hu-kurnatining yangi imtiyozli kreditlari haqida ma Turn qildi. Uning ta'kidlashicha, mamlakatimiz viloyatlarida telekommunikatsiya so-hasini zamonaviylashtirish uchun 12,7 milliard, onalar va bolalar sog'lig'ini muhofazasi uchun 670 million iyen miqdorida kredit ajra-tildi. Ayni paytda O'zbekistonda Yaponiya markazini ochish imkoni-yatlari o'rganilmoqda.
Muloqot chog'ida O'zbekiston bilan Yaponiya korporativ rahbarlar uyushmasi o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratil-gan boshqa ko'plab masalalar ham muhokama qilindi.
E'tirof etmoq kerakki, so'nggi besh yil davomida mamlakatimiz xalqaro huquqning eng asosiy tamoyillariga BMT ustaviga sodiqli-gini mustahkamladi.
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O'zbekiston diplomati-yasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni alohida ekanini tan olayotganligi ham bejiz emas.
O'zbekiston tashqi siyosatining ma'naviy yo'nalishi, inson-parvarlik, oshkoralik, qadr-qimmat o'z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o'z taraqqiyot yo'liga ega bo'lishdir. Shu bois ham o'tgan besh yil davomida mamlakatimiz 120 dan ortiq davlatlar bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o'rnatgan, Toshkentda 35 mamlakat o'z elchixonasini ochdi, 19 xorijiy davlat elchisi O'zbekistonda o'rindoshlik yo'li bilan ishlab turibdi. Bular shubha-siz, O'zbekiston o'tgan besh yil ichida jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egallashga muvaffaq bo'lganligidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |