Raxbar nafaqat eng muxim malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish xaqida o‘ylashi,
balki ularni harbiy qasamyod va umumharbiy nizom talablari ruhida tarbiyalashi, barcha
imkoniyatlarni ishga solib, yuqori intizomiylikni va ishchanlikni oshirishga erishishi lozim.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishda rahbar saf nizomi talablarini buzishga yo‘l
qo‘ymasligi, bunda asosiy e’tiborni amaliy harakatlarni to‘g‘ri bajarishga qaratish, turli
shartlarni va mashqlarni bajarishda bor kuch bilan harakat qilinishini ta’minlashi kerak.
Darsda yuqori tashkiliylikni ushlab turish uchun rahbarning o‘zini tutishi katta
axamiyatga ega. Uning toza va ixcham ko‘rinishi, kaddining rostligi, talabalarga nisbatan
yuqori talabchanligi mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tishiga yordam beradi.
Intizomni mustaxkamlash va mashg‘ulotlarga talabalarni qiziqtirish maqsadida rahbar
eng harakatchan intizomli va epchil talabalarni rag‘batlantirishi, beparvolarini esa qattiq talab
qilib, ularda o‘zlarining harbiy va jismoniy tayyorgarliklari uchun mas’uliyat hissini uyg‘otishga
intilishi lozim.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda harbiy rahbar uchun ularning asosiy tamoyil va
qoidalarini bilish etarli emas. YAna ularni amaliyotda moxirona tatbiq qilish, xar bir
mashg‘ulotda mashq, usul va harakatlarni mashq qilishi katta foyda beradigan shart- sharoitlarni
yaratishni bilish muxim. SHunday qilib mashg‘ulotlar rahbariga quyidagi turli talablar
qo‘yiladi:
-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi harbiy rahbar (CHQBTO‘) mashg‘ulotlarni yaxshi
sifatli o‘tkazilishini ta’minlashga majbur.
-muntazamlik bilan vazifa murakkabligini va xajmini oshirish;
-bir vaqtda barcha talabalar bilan shug‘ullanish va har biriga.
ndividual yondashish;
- mashg‘ulotlar yuqori zichligiga va shug‘ullanuvchilarni faolligiga intilish;
- talabalarda jasurlik va qat’iyliqni tarbiyalash.
Bunday moxirlikka xar bir mashg‘ulotni mulohaza bilan o‘ylab, o‘tkazish orqali
yaratiladi. Bunday munosabat etarli tajriba orttirish, kerakli tashkiliy va uslubiy ko‘nikmalarga
ega bo‘lishga yordam beradi.
YOshlarning chaqiriruvga qadar tayyorgarlik darsining sifati va samaradorligi harbiy
rahbarni unga tayyorgarlik darajasining sifatiga bog‘liq. Mashg‘ulotga tayyorlanishda harbiy
rahbar, CHQBTO‘ga quyidagilar tavsiya etiladi:
—
o‘quv savollari bo‘yicha o‘quv materialini, mavzu mazmuni va xajmini,
mashg‘ulotning tuzilishi, o‘quv maqsadlari va tarbiyaviy yo‘nalishini, aniqlash;
—
YOCHQBT va boshqa fanlar bo‘yicha o‘tgan mashg‘ulotlarda talabalarning
qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklarini aniqlash;
—
bo‘ladigan mashg‘ulotda bu bilim va ko‘nikmalardan qanday foydalanish
mumkinligini o‘ylab chiqish;
—
mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslubi va tartibini aniqlab olish;
—
mashg‘ulotda
qanday texnik vositalarni, o‘quv
kurollarini, harbiy buyum va
qurol - yarog‘larini ishlatishni aniqlab chiqish;
—
kerakli nizom va ko‘rsatmalar darslik va uslubiy qo‘llanmalarni bo‘limlarini,
mazkur mavzu bo‘yicha boshqa adabiyotlarning bandlarini o‘rganib chiqish;
—
mavzuni yanada chuqurroq o‘rganib chiqish uchun talabalarga tavsiya qilish
mumkin bo‘lgan adabiyotlarnini tanlash;
—
usul va harakatlarni bajarishni mashq qilib qo‘yish;
—
talabalarga mustaqil ish uchun vazifa aniqlab qo‘yish.
Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik
Do'stlaringiz bilan baham: