O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


 – o‘quv savolining mazmuni



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/289
Sana14.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#363104
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   289
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi

1 – o‘quv savolining mazmuni. 
CHaqiriqqacha  yoshlarni  tayyorlash  bo‘yicha  o‘quv  jarayoni  Nizom,  CHQBT  dasturi, 
xalq ta’limi Vazirligi va Mudofaa Vazirligining buyruqlari, me’yoriy xujjatlari va o‘quv uslubiy 
tavsiyalari asosida rejalashtiriladi va tashkil etiladi. 


CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv – tarbiya jarayonini rejalashtirishga 
qo‘yilgan  talablar  boshqa  umumta’lim  fanlariga  qo‘yilgan  talabalar  bilan  bir  xil,  lekin 
chaqiriqqacha  yoshlarni  tayyorlash  bo‘yicha  o‘quv  jarayonini  rejalashtirish  o‘zining 
xususiyatlariga  ega.  Buni  shu  bilan  izoxlash  joiz,  CHQBT  kursi  o‘ziga  oltita  mustaqil  qismni 
biriktirgan. Bularning xar biri dasturda bo‘limlar ko‘rinishida berilgan. Bularning xar biri o‘quv 
mashg‘ulotlari  tizmini  ularning  o‘zaro  bog‘liqlikda,  mantikiy  va  uslubiy  ketma  –  ketlikda 
rejalashtirishni talab etadi. 
Kollejlarda chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlashga 140 o‘quv soati ajratilgan. 
CHaqiriqqacha  yoshlarni  tayyorlashning  mazmuni  dastur  tomonidan  aniqlab  berilgan. 
CHaqiriqqacha  yoshlarni tayyorlashning amal qilayotgan dasturi 1993  yilda ishlab chikilgan va 
unga 1999 yili qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. 1999 yili o‘zbek tiliga  o‘girilgan. 
CHQBT dasturi asosida kollejning CHQBT rahbari kollejlar uchun aloxida ushbu fanni 
o‘qitishning xaftalik rejasini tuzib chiqadi. 
O‘quv  jarayonini  rejalashtirish  dasturini  to‘la  va  sifatli  bajarilishini,  uning  barcha 
bo‘limlarini  kompleks  tarzda  o‘rganishni  shuningdek  mavzularni  mos  ravishda  boshqa 
umumta’lim fanlari bilan yaqin bog‘liqlikda o‘rganishni ta’minlab berishi kerak. 
O‘quv rejasini tuzishda maxalliy sharoitlarni va o‘quv moddiy bazasini inobatga olishi 
zarur.  
O‘quv muassasasi rahbariga maxalliy sharoitlardan kelib chiqib tuman mudofaa ishlari 
bo‘limi  bilan  kelishgan  xolda  dastur  bo‘limlarining  ba’zi  mavzularini  ketma  –  ketligiga 
o‘zgartirish  kiritishga  ruxsat  beriladi,  lekin  mashg‘ulotlar  mazmuni  va  vaqtini  o‘zgartirishga 
ruxsat etilmaydi. 
Tuman (shahar) xalq  ta’lim bo‘limlari  tuman  (shahar)  mudofaa ishlari  bo‘limlari bilan 
birgalikda o‘quv – dala mashg‘ulotlarining vaqti, joyi va o‘tkazish tartibini, shuningdek,  yuqori 
guruh talabalarini askarlarning xayoti va turmushi, jongovor texnika bilan tanishtirish maqsadida 
harbiy  qisimlarga  borish  vaqtini  aniqlab  oladilar.  Ushbu  ma’lumotga  ega  bo‘lguncha  ularni 
CHQBT rahbari harbiy – vatanparvarlik ish rejasiga kiritadi.  
CHQBT bo‘yicha darslar xaftasiga ikkita bir soatlik ko‘rinishida umumiy dars jadvaliga 
kiritiladi.  Darslarni  o‘quv  yili  davomida  juft  –  juft  qilib  qo‘yishlik  pedagogik  nuqtai  nazaridan 
maqsadga  muvofiq  emas  .  CHunki  bunday  yondashuv  talabalarni  dastur  materiallarini 
o‘zlashtirishi effektini pasaytiradi. 
Dastur  bo‘limlarining  har  bir  mavzusi  bir  necha  o‘zaro  bog‘langan  mashg‘ulotlar 
davomida o‘rganiladi.  
Ta’lim  va  tarbiya  vazifalarini    sifatli  bajarish  uchun  CHQBT  rahbari  mavzusining 
aloxida  olingan  bitta  mashg‘uloti  (darsi)  ga  tayyorgarlik  ko‘rishi  kerak  emas,  balki  mavzu 
bo‘yicha mashg‘ulotlar (darslar) tizimini rejalashtirishi kerak, ya’ni tematik reja tuzishi kerak. 
Tematik  rejani  tuzishda  xar  bir  mashg‘ulotning  o‘quv,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi 
maqsadlarini,  darslarning  mantiqiy  va  usulubiy  ketma  –  ketligini  darslarning  turi,  mavzudagi 
mashg‘ulotlarining o‘zaro bog‘liqligi, ularning moddiy ta’minoti, talabalarning bilim darajasini 
xisobini aks etirishga imkoniyat yaratiladi. 
Mukammal  tuzilgan  tematik  reja  dasturning  xar  bir  mavzusi  bo‘yicha  mashg‘ulotlar 
tizimini  ajratilgan  darslar  ko‘rinishida  emas,  balki  bir  butun  tarzda  ko‘rib  chiqishga  sharoit 
yaratadi. Ish jarayonida tematik rejaga aniqlik kiritilishi va to‘ldirish mumkin. 
Tematik  reja  asosida  CHQBT  rahbari  navbatdagi  dars  oldidan  darsning  reja 
bayonnomasini  tuzadi.  Reja  –  bayonnomada  mashg‘ulotning  mavzusi,  o‘quv,  tarbiyaviy  va 
rivojlantiruvchi  maqsadlari,  mashg‘ulotga  ajratilgan  vaqt,  mashg‘ulotni  o‘tkazish  joyi,  o‘quv 
savollari va ularga ajratilgan va soatlar kursatilgan bo‘lishligi, xar bir o‘quv savolining mazmuni 
fanlararo  bog‘liqlikda  ochib  berilgan  bo‘lishligi,  shuningdek  o‘rganilgan  materialni 
mustaxkamlash  uchun  savollar  tayyorlangan  bo‘lishi  kerak  xamda  talabalarga  mustaqil  ishlari 
uchun vazifa ko‘rsatilishi kerak. Reja – bayonnomaning xajmi CHQBT rahbarining tayyorgarlik 
darajasi va ish tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. 


CHaqiriqqacha  yoshlarni  tayorlash  va  harbiy  vatanparvarlik  tarbiyasi  bo‘yicha  sinfdan 
tashkari  ishlarni  o‘z  vaqtida  va  to‘g‘ri  rejalashtirish  muxim  axamiyatga  egadir.  Ushbu  rejada 
harbiy  texnik  to‘garak  ishi,  otaliq  harbiy  qisimlarga  borish,  «SHunkorlar»,  «Vatanparvar»  kabi 
harbiy – sport musobaqalarida ishtiroq etish,  Jangovor shuxrat muzeyini yaratish va materiallar 
bilan boyitish,  
«Harbiy  sport  o‘yinlari»  normativlarni  topshirish  va  boshqa  harbiy  vatanparvarlik  va 
ommaviy mudofaa tadbirlari bayon etilishi mumkin. 
 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish