O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/289
Sana14.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#363104
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   289
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi

 
 
3  –  o‘quv  savoli.  YOCHQBT  da  qo‘llaniladigan  o‘qitish  uslublari;  hikoya; 
tushuntirish ma’ruza; suhbat; mashq (trenirovka) amaliy ish; o‘quv materiallarini  
mustaqil o‘rganish. 
 
YOCHQBT mashg‘ulotlarida ta’limning ilg‘or uslublarini tatbiq  qilish, ta’lim uslublari, 
bu  ta’lim  beruvchi  va  ta’lim  oluvchi  birgalikdagi,  ya’ni  oxirgilarning  bilimga,  o‘rganishga 
etaklaydigan  ish  usullari,  ta’limuslublarining  ko‘p  turi  mavjud.  Ulardan  asosiylari:  o‘quv 
materialiniog‘zaki bayon etish (hikoya qilish, tushuntirish, ma’rza), suhbat, mantiq qilish, amaliy 
ish, materialni mustaqil o‘rganish, ko‘rsatib berish. 
Hikoya    qilish  –  bu    asosiy    materialni    tashkil  qiladigan  hodisalarni    qisqa, 
obrazli,emotsional  bayon  qilib    berish.  Hiqoya  qilish    bayonning  hikoya  shakli  hikoya  qilish 
bilan  bir  katorda  unda    muhokama,  tasvir    belgisi    ham  bor.  Hikoya  qilishda    hiqoya 
(tartibli,mantiqiy    bog‘langan    bayon),  tasvirlash  (qurollanish  va  jangovor  texnika  tashqi 
ko‘rinishi va qurilishi, ma’lumotlar), so‘z bilan berish, muhokama (fikrlarni mantikiy tartib bilan 
kabi  usullar  ishlatiladi.  Xikoyaga  20  –30  dakika  ajratiladi.  Odatda  hikoya  tushuntirish,  turli 
ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan olib boriladi. 
Tushuntirish  –  bu  murakkab  savol  qoida,  tamoyil,  qonunlar  namoyish  etish  bilan 
birikkan  qurol, asboblar qismlari, sxema, harakat usulluri tartibini mantikiy bayon etish. 
Tushuntirish – bu harakatlar jarayoni bilan hodisalar ma’nosini ochib berish va shuning 
uchun  muhokama,  isbot  kilib  berish  unda  markaziy  o‘rinni  egallaydi.  Materialni  tushuntirishda 
harbiy rahbar lo‘nda xulosa va ta’riflarni aniq, ifoda kilib, gapiradi, talabalar fikrini faollashtirish 
va  to‘g‘ri  tushunganini  tekshirish  uchun  Harbiy  rahbar  ta’lim  oluvchilarga  savollar  beradi  va 
javobini talab etadi. 
Ma’ruza – bayon etiladigan material  yoyilgan nazariy xabari, ilmiy tahlili. Ma’rzaning 
bosh  maqsadi  ta’lim  oluvchiga  ularning  kelgusi  mustaqil  ishida  yordam  berish.  Ma’ruzada 
mavzuning  eng  murakkab  asosiy  qoidalari  bayon  etiladi.  Harbiy  manbalar  tahlil  qilinadi  va 
mazkur  muammo  ustida  kelgusida  qanday  ishlash  kerakligi  haqida  maslahatlar  beriladi. 


Ma’ruzada  hikoya  qilish  va  tasvirlash,  dalil  va  misollar  tahlili,tushuntirish  va  isbotlar, 
umumlashtirish va xuosalar belgilari birgalikda mujassam etadi. 
O‘quv  materiallarni  og‘zaki  bayon  etishga  asosiy  talablar  quyidagilar:  bayonning 
asosiyligi, o‘zlashtirilishning engilligi, ko‘rgazmalilik, eslab qolish mstahkamigi. 
Suhbat  –  talabalarni  yangi  bilimlar  bilan  sodda  va  tushunarli  kilib  boyitish  ma’qul 
imkoniyatlaridan  biri.  Bu  erda  suhbat  o‘quv  materialini  muhokama  qilish  shakllaridan  biri 
sifatida  ko‘rib  chiqiladi.  Bundan  tashqari  suhbat  ta’lim  ouvchilarda  ilgari  olingan  bilimlarni 
aniqlash,  ularni  chuqurlashtirish  va  tartibga  solishga  yordam  beradi.  Maksadga  ko‘ra  suhbat 
xabar  bervchi  (  yangi  bilimlarni  xabar  qilish  ),  yoyilgan  (olingan  bilimlarni  tartibga  solish, 
chuqurlashtirish  va  mustahkamlash),  nazariy  –  tekshiruvchi  (o‘quv  materialini  o‘zlashtirish 
darajasini teshirish) bo‘lishi mumkin. 
Suhbat  oldindan  tayyorlangan,  maqsad,  vazifa,  mazmuni  va  talabalar  bilimi  darajasi 
e’tiborga olingan holdagina ijobiy natijalar berish mumkin. 
Mashq  qilish  –  talabalarda  ko‘nikma,  qobiliyatlarni  ishlab  chiqish  va  ularni 
takomillashtirish  maqsadida  ma’lum  bir  usul    va  harakatlarni  ko‘p  martalik  engil 
murakkablashtirilib boradigan takrorlashdir. 
Mashq  borishida  talabalar  qurol  va  jangovor  texnikadan  foydalanishning  va  xizmat 
ko‘rsatishning  amaliy usullari, taktik, o‘q otish va texnik masalalarni hal  etish usullari, piyoda 
safdagi, avtomobil va jangovor mashinalardagi harakatlarni bajarish. 
Talabalar  tomonidan  mashqlarni  bajarish  maqsadi,  mazmuni  va  qat’iy  tartibini  
tushunish    katta  ahamiyatga  ega.  Murakkab  mashq  va  harakatlarni  ularning  tarkibiy  qimslariga 
bo‘lish  mumkin.  Mashq,  paytida  avval  to‘g‘ri  harakatlarga  erishadilar,  keyin  esa  tezlikni 
ortiradilar. 
Amaliy  ish  –  qurollanish  va  jangovor  texnika  xizmati,  saqlanishi,  tejalishi,  qurolni 
qismlarga  ajratish  va  yig‘ishni  bajarish  va  Boshqa  harakatlar  o‘quchilar  ta’limi  nihoyasida 
muhim  va  amaliy  uslub  hisoblanadi.  Ularning  borishida  talabalar  ilgari  olgan  ko‘nikma  va 
qobiliyatlarini  rivojlantiradi  va  takomillashtiradi.  O‘quv  materialini  mustaqil  o‘rganish  maket, 
kesma  namuna,  amaliy  sxema  va  Boshqa  o‘quv  qo‘llanmalardan  foydalangan  holda  qurolni 
qismlarga  ajratish  va  yig‘ish  yo‘li  orqali  amalga  oshiriladi.  U  odatda  maslahat,  ko‘rsatma, 
qo‘llanmalarni  takrorlash,  boshqa  adabiyot  va  ma’lmotnomalardan  foydalanish  bilan  olib 
boriladi.  Mustaqil  ish  sifatini  oshirishda  asosiy  o‘rnini  uning  tashkil  qilinishi,  vazifa  hajmini 
aniqlash, harbiy tomonidan yordamni nazorat qilish egalaydi. 
Ta’lim amaliyotida kompleks uslub eng keng tarqalgan. Bunda bir mashg‘ulotda ta’lim 
– tarbiya bir qancha uslublari ishlatiladi. 
O‘quv  –  dala  yig‘inlarida  yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  mashg‘ulot  shakl  va  uslublariga 
qo‘shimcha qilib quyidagilar ishlatiladi: 
Taktik –  saf  mashg‘lotlari  – 3  kunlik  o‘quv-dala  yig‘inlarida  o‘tkaziladi.  Ularda taktik 
vaziyat  sharoitida  avval  alohida  har  bir  savol,  harakat,  keyin  esa  butunligicha  o‘yin  belgilarini 
kiritgan holda barcha savollar ishlab chiqiladi. Bunda mashg‘ulotni o‘tkazish uchun joy tanlash 
va jihozlash va uning har taraflama moddiy ta’minlash katta ahamiyatga  ega. Mashg‘lotlar joyi 
ta’lim  oluvchilarga  vaziyat  murakkab  sharoitlarida  harakat  qilishga  yordam  beradigan  jang 
dalasiga qaysidir darajada o‘xshash kerak. Harakatlarni oldindan tayyorlangan ta’lim oluvchilar 
bilan  belgilanishi  mumkin.  Mashg‘ulotlarni  o‘tkazishda  harbiy  xizmatchilar  ishtirokida  nishon, 
yo‘nalishlar  maketa,  o‘q  otish  vositalari  ishlatiladi.  Taktik  tayyorgarlik  va  fuqaro  mudofasi 
bo‘yicha  amaliy  mashg‘ulotlarini  o‘quv  shaharchasida  o‘tkazishda  masofaga  ko‘ra 
kichraytirilgan nishon va maketlar ishlatiladi. 
Taktik  mashg‘ulotlar  –  3  kunlik  o‘quv  dala  yig‘inlarida  ta’lim  oluvchilarga  haqiqiy 
vaziyatga  yaqinlashtirilgan  taktik  vaziyatdagi  mashg‘ulotning  barcha  o‘quv  savollari  bo‘yicha 
kompleksda  harakatlanish  ko‘nikmalarini  singdirish  maqsadida  o‘tkaziladi.  Bu  mashg‘ulotlarda 
bitta vzvod hujumda, boshqasi mudofaada harakat qiladi. Bu mashg‘ulotlarni o‘tkazishda harbiy 
rahbarga  yordam  ko‘rsatish  uchun  harbiy  qism,  harbiy  o‘quv  yurtlari  va  fuqaro  oliy  o‘quv 
yurtlari harbiy kafedralari harbiy xizmatchilari (imkon boricha) taklif qilinadi. 


Amaliy, taktik – saf va taktik mashg‘ulotlariga ta’lim oluvchilar avtomat, gazga qarshi 
moslama, piyoda belkraklari va kamardagi jildlarda bayroqchalar bilan chikadi. Bundan tashqari, 
har bir ta’lim oluvchida granatalar uchun xaltachalar va o‘quv granatalari bo‘lishi kerak. Barcha 
ta’lim oluvchilar joylarda amaliy usul va harakatlarni bajara olishi uchun kiyingan bo‘lishi kerak. 
Bu  mashg‘lotlar  samaradorligini  oshirish  uchun  vzvod  va  bo‘linmalar  sardorlari  ichidan 
yordamchilar  tayyorgarligini  larni  o‘tkazishdan  oldin  tashkil  qilish  maqsadga  muvofiq,  bunda-
ularni quruqlikdagi qo‘shinlar jangovor nizomi (3-qism) qoidalari bilan tanishtirish, harakatlarni 
ishlab  chiqish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  savollarni  hamda  xavfsizlik  choralarini  o‘rganib  chiqish 
kerak. 
CHaqiriqqacha  tayyorgarlik  tizimida  eng  yaxshi  harbiy  rahbarlar  tajribasiga  ko‘ra 
dasturlashtirilgan  ta’lim,  muammoli,  bilim  va  ko‘nikmalarni  bosqichma-bosqich  shakllantirish, 
tayanch  konspektlari   bo‘yicha  o‘qitish,  musobaqa  va  h.  Uslublari kabi  samarali  uslublari  keng 
tarqalgan. 
Dasturlashtirilgan  ta’lim  usubi  bu  o‘quv  materialini  qismlarga  yanada  foydali  ajratish 
hamda  mashg‘ulot  rahbari  bilan  joylardan  ma’lumotlarni,  ya’ni  ta’lim  oluvchilar  tomonidan 
o‘quv  materialining  har  bir  qismi  o‘zlashtirilishi  sifati  haqida  qaytarma  aloqa  atalmish 
yordamida  (mashina  yordam  yoki  mashinasiz)  uzluksiz  olish  .  Bu    uslub  o‘quv  materialini 
yanada maqsadga muvofiqli tartib va hajmda berishga yordam beradi. Bu uslubni muvofaqqiyatli 
tatbiq qilish uchun yaxshi uylab chiqilgan didaktik material talab qilinadi. 
Muammoli  olib  borish-ta’lim  oluvchilarga  oxirida  xulosalar  berilmaydi,  balki  faqat 
haqiqatga  erishish,  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilish  uchun  borish  kerak  bo‘lgan  yo‘l  ko‘rsatiladi, 
o‘rganiladigan material muammoli xususiyatga ega bo‘lishi uchun ta’lim oluvchilar bilan nafaqat 
muammo  deb  qabul  qilinadigan,  balki  ularni  qiziqtirgan,  to‘g‘ri  javobni  qidirish  xohish  va 
zaruriyatini  uyg‘otadigan  asosiy  savolni  topish  juda  muhim  mashg‘ulotd  (darsda)  muammoli 
vaziyatni  yaratish ta’lim  oluvchilarning o‘rganilgan materialga qiziqishini oshiradi va shu bilan 
ular  fikrlash  faoliyatini  faollashtirishga  yordam  beradi.  Tayanch  konspektlari  bo‘yicha  ta’lim 
uslubi  (SHatalov  uslubi  atalmish)  o‘quv  materiali  ta’lim  oluvchilarga  yanada  muhim  qoidalari, 
ta’riflari, nomlari va ular bilan bog‘liqligini aks etadigan tayanch konspektlari yordamida beradi. 
Tayanch  konspektlari  bo‘yicha,  o‘qitishda  o‘tilgan  materialni  yanada  mustahkam  o‘zlashtirish, 
mustaqil tayyorlanishda uni takrorlash va eslab qolishga vaqtni qisqartirishga erishiladi. 
Musobaqali uslub kim tezroq va yaxshiroq, harakat, usul normativini bajarishdir. Ta’lim 
oluvchilarda tortishuvlik,  yaxshilarga tenglashishga intilish, qoloqlarga  yordam berish va ularni 
ilg‘orlar  darajasiga  etkazish  xislatlarini  rivojlantirish  uchun  yo‘naltirilgan  musobaqali 
uslub,taktik,  o‘t  otish,  saf  tyyorgarligi  va  boshqa  fanlar  bo‘yicha  uslullarni  ishlab  chiqish 
vanormativlarni bajarishda ishlatiladi. 
SHunday  qilib,  talabalar  ta’limi  asosiy  uslublarining  didaktik  vazifasi,  tuzilishi  va 
muvaffaqiyatli  tatbiq    qilish  shartlari  tavsiflanadi.  Bo‘ladigan  mashg‘ulot  uchun    harbiy  rahbar 
ta’lim  uslublariin  tanlashda  o‘quv-tarbiyaviy  vazifa  xususiyati,o‘quv  materiali  mazmuni, 
talabalar  tayyorlanganligi  darajasi,  moddiy  baza  holatidan  keib  chiqadi.Bunda  ijod  belgisi, 
zobitning  o‘z  tajribasiga  tanqidiy  qarash,  eskirib  qolgan  usullarni  tashlab,  ta’lim  uslubiyotidagi 
yangilikni,  ilg‘orlikni  ishlatishi  katta  o‘rin  tutadi.  O‘smirlarning  chaqiriqqacha  tayyorgarligi 
bo‘yicha o‘quv jarayoni asosiy shakli. Dastur va haftalik rejaga ko‘ra 26 nazariy va 74 amaliy 
mashg‘ulotlar  ko‘rinishida  o‘tiladigan  daps  hisoblanadi.  Mazmuni  va  tuzilishiga    ko‘ra  dars 
o‘quv jarayoni yakunlangan qismini bidirishi, didaktik va tarbiyaviy maqsadlar hamda talabalar 
harbiy  ta’limi  talabalariga  to‘g‘ri  kelishi  kerak.  Xar  bir  harbiy  rahbar  barcha  chaqiriqqacha 
tayyorgarlik bo‘limlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni uslubiy olib borishni bilishga majbur. 
Uslubiy  mahorat  asosida  ularning  pedagogik  va  harbiy  bilimlari,  yaxshi  amaliy 
tayyorgarlik  va  talabalar  ta’lim-tarbiya  tamoyillari,  uslublari  va  uslubiy  yo‘llarini  ijodiy  tatbiq 
qilishga qobiliyat etadi. 
Nazariy  mashg‘ulotlarda  talabalar  mashqlar,  usullar,  harakatlar  va  normativlarni 
bajarish  texnikasini  o‘rganish  va  mustahkamlash  hamda  jihozlangan  maydonchalar  va 
mashg‘ulortlari  joylari,  asbob-uskunalari,  shuningdek  qurol,  asbob,  individual  himoya, 


muhandislik qurollanish vositalari, sport-snaryad  va jixozlaridan foydalanilgan hamda o‘q otish 
va boshqa vazifalarni hal qilishga o‘rganishlari kerak. 
Amaliy  mashg‘ulotlarni  to‘g‘ri  tashkil  qilish  va  o‘tkazish  uchun  harbiy  rahbarning 
shaxsiy  misoli,  darsga  munosabati  va  shug‘ullanuvchilarga  ta’siri  katta  ahamiyatga  ega.Ijobiy 
shaxsiy  misol  rahbarning  yuqori  amaliy  tayyorgarligi,  mashg‘ulot  to‘g‘ri  o‘tkazish  qobiliyati, 
mashqni chiroyli va to‘g‘ri ko‘rsatish (usul, harakat), ularni qisqa va tushunarli qilib tushuntirish 
va shu bilan birga ta’lim oluvchilarni qiziqtira olish orqali ifodalanadi. 
Rahbar dars vaqtini tejamli ishlatish, uning natijali zichligiga rioya qilish hamda har bir 
mashg‘ulot  kerakli  mashq,  usul  va  harakatlarni  to‘gri  tanlay  olishni  bilish,  ularning  bajarilishi 
tezligini  aniqlash,  ya’ni  boshqa  so‘zlar  bilan  aytganda,  dars  jarayonida  dars  hajmini  to‘g‘ri  
qismlarga bo‘lishni bila olishga majbur. 
Tajribali  rahbar  ta’limni  murakkab  bo‘lmagan  mashqlar  bilan  belgilar  bo‘yicha  emas, 
balki  butunligicha  olib  boradi  va  imkon  boricha  mao‘q  qilishga  darhol  o‘tadi.  Barcha  hollarda 
ta’limni  batafsil  tushuntirishlar  va  qayta  ko‘rsatib  berishlarga  ortikcha  bir  daqiqani  ham 
ishlatmasdan g‘ayrat bilan, yaxshi tezlikda olib borish muhim. 
Amaliy  mashg‘ulotni  aniq  o‘tkazish  uchun  rahbar  talabalarni  qurol,  jangovar  texnika, 
qurol-aslahalar  bilan  o‘rganishida  havfsizlik  choralariga  rioya  qilishga  majbur,  yordam  va 
xavfsizlikni  amalga  oshirishni  bilishi,  jaraohat  va  baxtsiz  hollar  oldini  olish  choralarini  qabul 
qilish kerak. 
Rahbar  darsga  ongli,  vijdonan  yondashishi  kerak.  Darsni  qiziqarli  olib  borishga 
ishonchli  va  aniq  buyruqlar,  ta’lim  oluvchilarga  do‘stona  murojaat  qilish  yordam  beradi. 
Ortiqcha hovliqmaslik,baqiroqlik va shug‘ullanuvchilar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lishga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. 
Rahbar  nafaqat  eng  muhim  qobiliyat  va  ko‘nikmalarini  takomillashtirish  haqida 
o‘ylashi,  balki  ularni  Harbiy  qasamyod  va  Umumharbiy  nizomar  talablar  ruhida  tarbiyalashi, 
barcha imkoniyatlarni ishga solib, yuqori intizomiylik va ishchanlikni oshirishga erishishi lozim. 
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishda rahbar saf nizomi talablarini buzishga yo‘l qo‘ymasligi, bunda 
asosiy  e’tiborni  amaliy  harakatlarni  to‘g‘ri  bajarishga  qaratish,  turli  shartliliklar  va  mashqlarni 
butun kuch bilan bajarmaslikni bartaraf etish lozim. 
Darsda  yuqori  tashkiliylikni  ushlab  turish  uchun  rahbarlarning  o‘zini  tutishi  katta 
ahamiyatga  ega.  Uning  toza  ko‘rinishi,  yaxshi  qaddi  rostligi,  talabalarga  yuqori  talabchanligi 
mashg‘ulotlarni  yanada  muvaffaqiyatli  o‘tishiga  yordam  beradi.  Intizomni  mustahkamlash  va 
o‘quv  mashg‘ulotlariga  talabalarni  qiziktirish  maqsadida  rahbar  eng  harakatchan  intizomli  va 
epchil  talabalarni  rag‘batlantirishi,  beparvolarni  esa  qattiq  talab  qilib,  ularda  o‘zlarining  harbiy 
va jismoniy tayyorgarligi uchun mas’uliyat hissini uyg‘otishga intilishi lozim. 
Amaliy  mashg‘ulotlarni  o‘tkazishda  harbiy  rahbar  uchun  ularning  asosiy  tamyil  va 
qoidalarini  bilish  etarli  emas.  YAna  ularni  amaliyotda  mohirona  tatbiq  qilish,  har  bir 
mashg‘ulotda  mashq  usul  va  harakatlarning  mashq  qilishi  katta  foyda  beradigan  sharoitlarni 
yaratishni bilish muhim. 
SHunday qilib mashg‘ulotlar rahbariga quyidagi turli talablar qo‘yiladi: 
Aslida,  amaliy  mashgulotlarni  o‘tuvchi  harbiy  rahbar  mashg‘ulotlarni  bajarish  yaxshi 
sifatiga erishishi lozim. 
-
 
muntazam vazifa murakkabligi va xajmini oshirish; 
-
 
bir  vaqtda  barcha  talabalar  bilan  shug‘ullanish  va  har  biriga  individual 
yondashish; 
-
 
mashg‘lotlar yuqori zichligi va shug‘ullanuvchilar faolligiga intilish; 
-
 
talabalarda  jasurlik  va  qat’iylikni  tarbiyalash.  Bu  mohirlik  har  bir  mashg‘ulotni 
obdon  o‘ylab,  o‘tkazish  orqali  yaratiladi.  Bunday  munosabat  etarli  tajriba  orttirish,  kerakli 
tashkiliy va uslubiy ko‘nikmalar ishlab chiqishga yordam beradi. 
O‘smirlarning  chaqiriqqacha  tayyorlash  darsining  sifati  va  samarodorligi  harbiy 
rahbarni unga tayyorlanganligi sifatiga bog‘liq. 
Mashg‘ulotga tayyorlanishda harbiy rahbarga quyidagilar tavsiya etiladi: 


-
 
o‘quv savollari bo‘yicha o‘quv materiali, mavzu mazmuni va hajmini, mashg‘ulot 
o‘quv maqsadlari va uning tarbiyaviy yo‘nalishi, qurilishini aniqlash; 
-
 
O‘CHT va boshqa fanlar bo‘yicha o‘tgan mashg‘ulotlarda o‘quvsilar qanday bilim 
va ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklarni aniqlash; 
-
 
bo‘ladigan  mashg‘ulotda  bu  bilim  va  ko‘nikmalardan  qanday  foydalanish 
mumkinligini o‘ylab chiqish; 
-
 
mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslub va tartibini aniqlab olish; 
-
 
mashg‘ulotda  qanday  texnik  vositalar,  o‘quv  quroli,  harbiy  mulk  va  qurollarini 
ishlatishni aniqlab chiqish; 
-
 
kerakli nizom va ko‘rsatmalar darslik va uslubiy qo‘llanmalar bo‘limlari, mazkur 
mavzu  bo‘yicha  Boshqa  adabiyot  bandlarini  o‘rganib  chiqish  mumkin  bo‘lgan  adabiyotni 
tanlash; 
-
 
usul va harakatlarni bajarishni mashq qo‘yish; 
-
 
unga mustaqil ish uchun vazifa aniqlab qo‘yish. 
Mashg‘ulotga  tayyorlanishda  kerakli  ko‘rkazmali  qurollarni  tanlab  qo‘yish  (plakat, 
sxema,  maket,  asbob,  diagrammalar),  ularni  yo‘qligida  esa  talabalar  yordamida  tayyorlash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Taktik,  o‘t  ochish,  o‘q  otish  tayyorgarligi  harbiy  tipografiya  bshyicha  amaliy 
mashg‘ulotlarni  o‘tkazish  yuqori  darajasini  ta’minlash  shartlari  belgilangan  joy,  o‘quv 
maydonchasini odindan o‘rganish va tayyorlash, taktik tayyorgarlik bo‘yicha esa bundan tashqari 
taktik vaziyat va dushman harakatlarini belgilash tartibini aniqlashdan iborat. 
Mashg‘ulotga  tayyorlanish  odatda  mashg‘ulot  rejasini  (reja  konspekt)  tuzish  bilan 
yakunlanadi,  reja  shakli  xohishga  ko‘ra  bo‘lishi  mumkin  –  bu  harbiy  shaxsiy  tayyorgarligi  va 
pedagogik  tajribasiga  bog‘liq.  Odatda  rejada  (reja-konspektda)  mashg‘ulot  dasturining  qaysi 
bo‘limi  bo‘yicha  va  nechanchi  sinf  (kurs)  talabalari  bilan  olib  borilishi,  kerakligi,  o‘quv-
tarbiyaviy  maqsadlar,  mavzu  nomi,  mashg‘ulot  tartib  raqami,  mashg‘ulotga  ajratilgan  vaqt, 
uslub, joy,  moddiy ta’minot,  qo‘llanmalar,  mashg‘ulot  borishi  (shu  bilan birga  harbiy  va ta’lim 
oluvchilar  harakatlari),  mashg‘ulotda  beriladigan  buyruqlar,  taktik  tayyorgarlik  bo‘yicha  esa 
bundan  tashqari, har  bir  ishlab  chiqiladigan  savol  bo‘yicha  taktik  vaziyat  mazmuni,  uy  vazifasi 
ko‘rsatiladi.  Mashg‘ulot  rejasini  mashg‘ulotgacha  6-7  kun  o‘quv  yurti  direktoriga  ko‘rib 
chiqishga berish tavsiya etiladi. Bu unga mazkur mavzu bo‘yicha dastur talabalari, dars rejasi va 
o‘tkazish  uslubini  birma-bir  o‘rganib  chiqishga  va  mashg‘ulotni  o‘tkazishda  harbiy  rahbarga 
amaliy  yordam  ko‘rsatishga  imkon  beradi.  Mashg‘lotlarga  harbiy  rahbarning  tayyorlanishi 
muhim belgisi o‘quv-moddiy bazani va ta’lim texnik vositalarini tayyorlash hisoblanadi. 
Harbiy  xona  O‘CHT  o‘quv-moddiy  bazasi  asosiy  belgisi  hisoblanadi.  U  muntazam 
ravishda  ozoda  va  tartibli  bo‘lishi,  ko‘rgazmali  qurollar  o‘z  vaqtida  yangilanishi  va  ularning 
mavzu  va  mazmuni  o‘smirlarning  chaqirikqacha  tayyorgarligi  dsturiga  to‘g‘ri  kelishi  kerak. 
Imkoniyat boricha xona katta yorug‘ joyda joylashishi va ikki o‘rinli stollar, har bir talaba uchun 
alohida  stul,  harbiy  rahbar  uchun  stol  va  sinf  yozuv  taxtasi  bian  jihozlangan  bo‘lishi  kerak. 
O‘CHT dasturi har bir bo‘limi ularning asosiy mazmunini aks etadigan stendlar bilan bezatilishi 
kerak.  Asbob,  ko‘rgazmali  qurol  va  qurol-aslahatlardan  tashqari  boshqa  o‘quv  mulkini  saqlash 
uchun  harbiy xona  yonida  o‘quv  asboblari, mulki  va  ko‘rgazmali  qurollar  o‘quv dasturi  bo‘lim 
va  mavzulari  bo‘yicha  tartibga  solinadigan.  Har  bir  turiga  ko‘ra  alohida  to‘lami  bilan  tekcha, 
shkaf va vitrinalarda joylashadigan laborantlik xonasi kuzga tutilishi kerak. 
Xonani  joylashtirishda  kinoapparat  va  kinoekranni  joylashtirish  masalasi  o‘ylab 
chiqilishi lozim. 
Xona  kengligi  yo‘l  qo‘ysa,  unda  rota  navbatchisi  majburiyatlarini  amaliy  o‘rganish 
uchun joyni jihozlash mumkin. 
O‘CHT  bo‘yicha  o‘quv  jarayonidagi  kshrgzmali  vositalar  quyidagi  turda  bo‘lishi 
mumkin: 
-
 
narsalar ko‘rgazmasi – bu real qurol namunalari. FX asboblari, harbiy texnika va 
boshqalar; 


-
 
tasviriy ko‘rgazma – bu sxema va plakat, rasm va modellar, diafilm va o‘quv tipo-
filmlari, mashq qilish uchun moslamalar; 
-
 
so‘z – obrazli ko‘rgazma – bu voqealarni, turli jasoratlarni yorqin tasvirlab berish, 
o‘xshatishlarni ishlatish. 
Ko‘rgazmali qurollar maksimal darajada qisqa yoki hodisa mohiyatini ifodalashi kerakli 
o‘lchov  va  tushunarli  bezakka  ega  bo‘lishi  va  bunda  rejalarni  qabul  qilish  psixologiyasining 
ba’zi  bir  xususiyatlari  etiborga  olinishi  kerak.  Buning  barchasini  harbiy  xonani  jihozlash  va 
darsni o‘tkazishda e’tiborga olish lozim. 
Darslarda ko‘rgazmali qurollari ishlatishda quyidagi tavsiyalarga rioya qilish shart: 
-
 
ko‘p sonli ko‘rgazmali qurollarga berilib ketmaslik; 
-
 
birdaniga  barcha  ko‘rgazmali  qurollarni  ko‘rsatmasdan,balki  materialni  bayon 
etishda ishlatish; 
-
 
ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatishda shu qurol mazmunini talabalar yaxshi anglashi 
uchun kerakli tushuntirishlarni berish; 
-
 
mashg‘ulot berishda ko‘rgazmali qurollarning turli shakllarini birga qo‘shish; 
-
 
ko‘rgazmali  qurollarni  ko‘rsatib  bo‘lgandan  va  talabalari  kuzatuvidan  so‘ng 
kerakli xulosalarni qilish kerak. 
Ta’lim  o‘ta  muhim  ko‘rgazmali  qurolli  diafilm  va  kinofilmlar  hisoblanadi.  Harbiy 
rahbar mashg‘ulotdan oldin ularni ko‘rib chiqishi, o‘ylab ko‘rib ko‘rsatish rejasini tuzishi, ya’ni 
ko‘rsatish paytida qachon va qanday izohlar berish kerak, bundan so‘ng ko‘rib chiqilgan o‘quv 
filmlar bo‘yicha talabalar bilan qisqa suhbat o‘tkaziladi. 
O‘CHT bo‘yicha mashg‘ulotlarni sifatli o‘tkazish uchun, ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar 
uchun ba’zida harbiy rahbarga yordamchilar talab qilinadi. 
Harbiy  rahbarga  yordamchilar  yordam  beradigan  o‘quv  joylarga  rejalar  tuzishi  kerak. 
Ularda  ishlab  chiqiladigan  o‘quv  savol  yoki  harakatni  maqsad,  moddiy  ta’minot  va  savolni 
(harakatni)  ishlab  chiqish  tartibi,  normativ  ko‘rsatkichlari  va  baholash  tartibini  ko‘rsatish 
mumkin.  Bunday  rejalar  o‘quv  joyi  uchun  ko‘rsatmali  yozuvlar  deb  ataladi.  Ko‘rsatmali 
yozuvlarni  15,  20  sm  li  vatmanda  bajarish  va  ularni  ushlagichli  fanerda  mustahkamlab  qo‘yish 
yaxshi  bo‘ladi.  Odatda,  bo‘linmalar  sardorlari  yoki  yaxshi  tayyorlangan  intizomli  talabalarni 
yordamchilari qilib belgilashadi. 
 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish