Mashg’ulotni o’tkazish tartibi.
Ushbu uslub bir necha bosqichda o’tkaziladi:
mashg’ulot o’tuvchi tinglovchilarga ushbu mashg’ulot bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga mo’ljallangan vazifalarni bajarishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalinishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi:
mashg’ulot o’tuvchi tinglovchilarning har biriga tarqatma material beradi va ulardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi;
mashg’ulot o’tuvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifa (tarqatma materialda berilgan harakatlar ketma-ketligini to’g’ri belgilash, belgini qog’ozda alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan qo’yish kerakligi)ni tushuntiradi;
tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini ta’kidlaydi;
har bir tinglovchi o’zining shaxsiy fikri asosida tarqatma materialdagi «yakka baho» bo’limiga berilgan harakatlarning mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi ;
tinglovchilarning yakka tartibdagi ishlari tugagach, mashg’ulot o’tuvchi ulardan
3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi. Kichik guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin;
kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o’z qog’ozidagi «yakka baho» bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin ular 3 kishida uch xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib bir-birlari bilan tortishib, bahslashib, bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib) kelishgan holda, tarqatilgan qog’ozdagi «guruh bahosi» bo’limiga muqobil raqamlarni belgilab chiqadilar;
barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, mashg’ulot o’tuvchi harakatlar ketma- ketligi bo’yicha to’g’ri javobni aytadi yoki ekran orqali namoyish etadi, ya’ni tinglovchilardan ularga tarqatilgan qog’ozlardagi «to’g’ri javob» bo’limiga u tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligi raqamlarini yozishni so’raydi;
mashg’ulot o’tuvchi «to’g’ri javob» bo’limida berilgan raqamlar bilan «yakka baho» hamda «guruh bahosi» bo’limidagi raqamlarni solishtirish va kattasidan-kichigini ayirish, ayirmalarni mos holda «yakka xato» va «guruh xatosi» bo’limlariga yozishlarini so’raydi;
har bir tinglovchi va har bir guruh ayirmalar asosida qanchalik xatoga yo’l qo’yganliklarini aniqlab, o’zlariga baho qo’yadilar;
mashg’ulot o’tuvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha tushuncha beradi va ularni har birini alohida-alohida sharhlab beradi va baholarni jurnalga qayd etadi;
mashg’ulot o’tuvchi mashg’ulotni yakunlab, ba’zi guruhlarning mashg’ulot mobaynidagi ish faoliyatlariga o’z fikrini bildiradi va tinglovchilarni bilimini ilovadagi mezonlar asosida baholaydi yoki mos kelgan to’g’ri javoblar soniga qarab har bir tinglovchi o’z bahosini ilovada ko’rsatilganidek aniqlaydi.
Izoh: misol tariqasida «Chigitdan moy ishlab chiqarish» mavzusida blis-so’rovning jadvalini keltirish mumkin har bir mashg’ulot o’tuvchi o’z predmeti bo’yicha o’tayotgan yoki avval o’tgan mavzusi asosida ushbu jadvaldan foydalanib blis-so’rov tuzishi mumkin). Blis- so’rovni o’tkazish uchun vaqt yetarli bo’lsa, u holda yakka tartibda hamda 3 kishilik kichik guruh shaklida o’tkazish mumkin, lekin vaqt kam yoki chegaralangan bo’lsa, unda faqat yakka tartibda yoki faqat kichik guruh shaklida mashg’ulotni tashkil etish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |