O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining tuman moliya bo’limlari tashkiliy tuzilishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish



Download 0,62 Mb.
bet4/11
Sana09.11.2022
Hajmi0,62 Mb.
#862786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ilovalar

4-bob. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish
11. Bosh boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
12. Bosh boshqarma xodimlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari Bosh boshqarma boshlig‘ining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hududiy boshqarmalar boshlig‘i o‘rinbosarlari — bo‘lim boshliqlari, bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, sektor mudirlari, bosh mutaxassislar, bosh nazoratchi-taftishchilar, yetakchi nazoratchi-taftishchilar va nazoratchi-taftishchilar, bosh moliya inspektorlari, moliya inspektorlari hududiy boshqarmalari boshlig‘i tavsiyanomasiga ko‘ra, Bosh boshqarma boshlig‘i taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hududiy boshqarmalar bosh buxgalteri, xodimlar va maxsus ishlar bo‘yicha mutaxassisi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha inspektori, bosh yuriskonsulti, shuningdek texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar belgilangan tartibda hududiy boshqarma boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
13. Bosh boshqarma boshlig‘i:
Bosh boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga Bosh boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish, xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy jazolar qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga Bosh boshqarmaning hududiy boshqarmalari boshliqlarini rag‘batlantirish va intizomiy jazolar qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Bosh boshqarmaning hududiy boshqarmalari faoliyati ustidan tashkiliy va uslubiy rahbarlikni hamda nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Bosh boshqarma boshlig‘i unga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi.
Bosh boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarining funksional vazifalari qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan belgilanadi.
14. Hududiy boshqarmalar boshliqlari:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga Bosh boshqarmaning hududiy boshqarmalari boshlig‘i o‘rinbosarlari — bo‘lim boshliqlari, bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, sektor mudirlari, bosh mutaxassislar, bosh nazoratchi-taftishchilar, yetakchi nazoratchi-taftishchilar va nazoratchi-taftishchilar, bosh moliya inspektorlari va moliya inspektorlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va ishdan ishga o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq Bosh boshqarmaning hududiy boshqarmalari xodimlarini rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazolar qo‘llash hamda xizmat safarlariga yuborish to‘g‘risida buyruqlar chiqaradi;
xatlar va xizmat guvohnomalari, shuningdek moliyaviy nazoratni o‘tkazish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomalar va buyruqlarni imzolaydi;
boshqarma ishlarini tashkil etish va boshqarish, o‘zining vakolati doirasida boshqarma xodimlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hududiy boshqarmalar boshliqlari ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladilar.
15. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari o‘z ishlarini tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri va Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan yillik nazorat rejasi asosida amalga oshiradi.
Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda rejadan tashqari moliyaviy nazoratni amalga oshirishi mumkin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxati tasdiqlangan korxonalarda (etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bundan mustasno) moliya inspektorlari lavozimi joriy etiladi.
Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarga moliya inspektori lavozimi etil spirti va alkogolli mahsulotlar chiqarishga litsenziya berilishiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Bosh boshqarmaning hududiy boshqarmalari tavsiyanomasiga muvofiq joriy etiladi, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilganda yoxud bekor qilinganda ushbu lavozim tugatiladi.
Bosh moliya inspektorlari va moliya inspektorlari Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari tarkibida faoliyat yuritadi, ular bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Shartnoma muddati tugashi bilan mehnat shartnomasi qonun hujjatlariga muvofiq yangi muddatga qayta tuzilishi mumkin.
17. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari xodimlari (moliyaviy nazorat funksiyasi yuklatilmagan xodimlar hamda moliya inspektorlari bundan mustasno) attestatsiyasi har 3 yilda o‘tkaziladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish