1-Mavzuga ilova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING TUMAN moliya bo’limlari tashkiliy tuzilishi TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va ta’lim muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV.
Toshkent 2017. Avgust
234-nizom
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya bo’limi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) va uning hududiy boshqarmalarining maqomini, vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Bosh boshqarma moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini, budjet tizimi budjetlari mablag‘lari maqsadli sarflanishini, moliyaviy nazorat obyektlari tomonidan budjet qonunchiligiga, shuningdek budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat moliyaviy nazorat organi hisoblanadi.
3. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Budjet kodeksi va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar.
4. Bosh boshqarmaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) o‘z faoliyatida bevosita Bosh boshqarmaga bo‘ysunadilar va hisobot beradilar.
6. Bosh boshqarmaning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |