O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining tuman moliya bo’limlari tashkiliy tuzilishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi



Download 0,62 Mb.
bet3/11
Sana09.11.2022
Hajmi0,62 Mb.
#862786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ilovalar

3-bob. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
9. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, banklardan, g‘aznachilik bo‘linmalaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish yuzasidan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rash va olish;
nazorat obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasi va axborot resurslaridan foydalanish;
boshqa davlat moliyaviy nazorat organlari, vazirlik va idoralarning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari bilan axborot almashish;
G‘aznachilik bo‘linmalaridan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklaridan budjet tizimi budjetlari, Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa jamg‘armalar mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumotlar so‘rash va olish;
yozma so‘rov asosida davlat moliyaviy nazorati sohasida Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bank va tijorat sirini tashkil etuvchi budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar haqidagi ma’lumotlarni olish;
O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiallaridan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga kelib tushgan pensiya badallari to‘g‘risida ma’lumotlarni so‘rash va olish;
davlat xaridlari bo‘yicha savdolarni o‘tkazuvchi tashkilot va muassasalarning maxsus axborot portalidan (yopiq qismidan) foydalanish;
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini ekspert sifatida jalb etish;
nazorat obyektining mansabdor va boshqa mas’ul shaxslardan moliyaviy nazorat tadbiri jarayonida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berishni talab qilish;
nazorat obyekti mansabdor va boshqa mas’ul shaxslarining tushuntirishlar berish va nazorat tadbiri natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari to‘g‘risidagi dalolatnomani tuzish;
zarur hollarda, kassa va kassa binolari, omborlar, arxivlar va boshqa binolarni muhrlash, qalbakilashtirish, soxtalashtirish va boshqa suiste’molliklar alomatlari aniqlangan taqdirda esa nazorat obyekti tegishli hujjatlarini olib qo‘yish, shuningdek nazorat obyekti mansabdor shaxslaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni xatlovdan o‘tkazilishini talab qilish;
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish jarayonida aniqlangan xato kamchiliklarni bartaraf etish, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni, pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklar kamomadini undirish, paxta xom-ashyosi va uning mahsulotlari miqdorini aniqlangan kamomadga asosan hisobotlardan chiqarib tashlash hamda nazorat obyekti aybdor shaxslarini javobgarlikka tortish yuzasidan majburiy tusga ega taqdimnomalar kiritish.
Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
10. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari quyidagilarga majbur:
o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni sifatli bajarish;
davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash;
davlat sirlarining hamda nazorat obyektlarining qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash;
hududiy boshqarmalar tomonidan aniqlangan xarakterli huquqbuzarliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh boshqarmani xabardor qilish.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish