O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining tuman moliya bo’limlari tashkiliy tuzilishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari



Download 0,62 Mb.
bet2/11
Sana09.11.2022
Hajmi0,62 Mb.
#862786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ilovalar

2-bob. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi:
budjet tashkilotlarida budjet mablag‘larini boshqarish va budjet hisobini yuritish bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar vositasida budjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish;
budjet qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha budjet tashkilotlari bilan tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish;
budjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni talon-taroj qilish, kamomadlarga yo‘l qo‘yish, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish va budjet qonunchiligini boshqacha tarzda buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish obyektlari va maqsadlarini aniqlash yo‘li bilan kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda budjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanishda budjet qonunchiligiga hamda budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan), shuningdek insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
davlat maqsadli va boshqa jamg‘armalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi boshqa jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning haqqoniyligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
moliya inspektori lavozimi joriy etilgan tashkilotlarda aksiz solig‘ini to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan nazorat o‘rnatish.
8. Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) budjet tashkilotlarida budjet mablag‘larini boshqarish va budjet hisobini yuritish bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar vositasida budjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish sohasida:
xarajatlar smetasiga kiritilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni haqqoniyligi va ularni amaldagi normativlarga muvofiqligi yuzasidan dastlabki nazoratni o‘tkazish;
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qo‘shimchalar va boshqa to‘lovlar miqdorlariga rioya etilishi ustidan dastlabki nazoratni amalga oshirish;
xodimlarning belgilab qo‘yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etilishi yuzasidan dastlabki nazoratni amalga oshirish;
tarifikatsiya ro‘yxatlarini tuzishning qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibi va normativlariga rioya etilishi yuzasidan dastlabki nazoratni o‘tkazish;
b) budjet qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha budjet tashkilotlari bilan tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish sohasida:
budjet tizimi budjetlari xarajatlarini rejalashtirish davrida profilaktika ishlarini kuchaytirish va uning samaradorligini oshirish;
elektron tarzda budjet tizimi budjetlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘larining harakati to‘g‘risida tegishli manbalardan olinadigan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida moliyaviy huquqbuzarliklarni sodir etilishi xavfi mavjud bo‘lgan moliyaviy nazorat obyektida profilaktika ishlarini olib borish;
hududiy moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalarida budjet qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan profilaktika ishlarini olib borish;
v) budjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni talon-taroj qilish, kamomadlarga yo‘l qo‘yish, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish va budjet qonunchiligini boshqacha tarzda buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish sohasida:
moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish, umumlashtirish va hisobini yuritish;
budjet tizimi budjetlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishda masofadan kuzatish tizimini va kameral nazoratni joriy etish orqali tekshirishlar samaradorligini oshirish;
moliyaviy nazorat va huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari hamda usullarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
aniqlanayotgan tizimli va xarakterli moliyaviy huquqbuzarliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tegishli takliflar kiritish;
g) masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish obyektlari va maqsadlarini aniqlash yo‘li bilan kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda budjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish sohasida:
bir hudud yoki sohada aniqlangan xarakterli moliyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan respublika hududidagi nazorat obyektlarida tizimli tekshirishlarni o‘tkazish;
moliyaviy huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha moliyaviy nazorat obyektlariga taqdimnomalar kiritish;
budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va maqbullashtirish bo‘yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish hamda tegishli takliflar ishlab chiqish;
d) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanishda budjet qonunchiligiga hamda budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishida budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashgan manbalardan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlari uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
budjet ssudalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;
davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirishlarni tashkil etish;
davlat nazorati hujjatlarini umumlashtirish, ular yuzasidan tegishli axborotlar va takliflar tayyorlash;
davlat moliyaviy nazorati natijalarida aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni, pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklar kamomadini undirish, nazorat obyekti aybdor shaxslarini javobgarlikka tortish yuzasidan taqdimnomalar tayyorlash;
nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta’minlash;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, qonunda ko‘zda tutilgan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etilishini tashkillashtirish;
davlat moliyaviy nazorati natijalari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan materiallar harakatini monitoring qilish;
e) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan), shuningdek insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
investitsiya loyihalari uchun budjet tizimi budjetlari hamda grant mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, loyiha-smeta hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;
j) davlat maqsadli va boshqa jamg‘armalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
davlat maqsadli jamg‘armalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va uning tarkibidagi tashkilotlarni saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘laridan maqsadli foydalanishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan buyurtmachi-tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan yo‘l va boshqa obyektlarda bajarilgan qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va ekspluatatsiya (joriy ta’mirlash, saqlash, qish mavsumida saqlash va ko‘kalamzorlashtirish) ishlari hajmlari hisobotlarda va haqiqiy xarajatlar buxgalteriya hujjatlarida to‘g‘ri aks ettirilganligi, shuningdek xomashyo va boshqa materiallarni amaldagi normativlarga asosan hisobdan chiqarilishini tekshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasidan buyurtmachi-tashkilotni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
meliorativ dastur doirasida sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘larni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlariga maqsadli sarflanishi hamda bajarilgan ishlar hajmlarini hisobotlarda va haqiqiy xarajatlarini buxgalteriya hujjatlarida to‘g‘ri aks ettirilganligi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining meliorativ texnikasini sotib olish uchun ajratilgan (uzoq muddatli imtiyozli lizing, qarz) mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tekshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni to‘g‘ri tayinlanishi, hisoblanishi, o‘z vaqtida moliyalashtirilishi va to‘lanishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlardagi fuqarolarning pensiya yig‘majildlarida mavjud bo‘lgan ish stajini tasdiqlovchi va ish haqi to‘g‘risidagi hujjatlar to‘g‘riligi va haqqoniyligini tekshirish;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmati faoliyatini nazorat qilish;
shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi, o‘z vaqtida to‘lanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki va uning filiallarida fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi hamda foizlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larining hisob-kitoblarga asoslangan holda to‘liq va o‘z vaqtida o‘tishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi, Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi, “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa jamg‘armalar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
j1) paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning haqqoniyligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirilishini ta’minlash sohasida:
paxta xomashyosini qabul qilish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish jarayonlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali monitoring qilish va profilaktika tadbirlarini tashkillashtirish;
paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan tayyor mahsulotlar haqiqiy miqdorini hamda ishlab chiqarish kuyindilarining tasdiqlangan normativlarga muvofiqligini tekshirish;
qabul qilingan paxta xom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan tayyor mahsulotlar harakati hisobi va hisobotlari haqqoniyligini nazorat qilish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilingan paxta xomashyosi uchun amalga oshirilgan yakuniy hisob-kitoblarning to‘g‘riligi yuzasidan nazorat olib borish;
tayyorlangan urug‘lik chigitlarning texnik talablar hamda navlarni joylashtirishning belgilangan topshiriqlarga muvofiqligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
ma’lumotlar bazasini shakllantirish, umumlashtirish va hisobini yuritish orqali qonun buzilishi holatlari oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish;
z) o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek moliyaviy nazorat obyektlarining (davlat moliyaviy nazorati natijalari bo‘yicha e’tirozlar) murojaatlarini ko‘rib chiqish (o‘rganish va tekshirish);
kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan (o‘rganilgan, tekshirilgan) murojaatlarini umumlashtirish, tahlil qilish va ularning natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
i) moliya inspektori lavozimi joriy etilgan korxonalarda aksiz solig‘ini to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan nazorat o‘rnatish sohasida:
moliya inspektorlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan korxonalarda alohida mahsulot turlari bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;
aksiz solig‘i to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarning aksiz markalari bilan to‘liq markalanishi va olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga muvofiqligini taqqoslab borish;
aksiz solig‘i solinadigan ayrim turdagi mahsulotlarni sotilishi bo‘yicha belgilangan tartiblarga amal qilinishi yuzasidan nazorat o‘rnatish;
har oyda aksiz markalarining haqiqatda mavjudligini xatlash, shikastlangan aksiz markalarini yo‘qotishga topshirishdan oldin ularni sonini buxgalteriya hisobotlariga muvofiqligini o‘rganish;
haqi oldindan to‘lanmagan mahsulotni iste’molchiga yuklab jo‘natilishi, aksiz solig‘i bo‘yicha hisobot buzib ko‘rsatilishi, aksiz solig‘i hisoblanishi va to‘lanishi hamda aksiz markalari bilan markalash tartibini buzilishi, o‘simlik yog‘i korxonalarida tayyor mahsulot chiqishining belgilangan normativlari bajarilmasligi hollari to‘g‘risida tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun vakolatli organlarni tezkor xabardor qilish.
Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish