O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligi o‘zbekiston respublikasi iqtisodiyot vazirligi o‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi o‘zbekiston respublikasi


§ 3. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning xarid qiymatini shakllantirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi



Download 45,17 Kb.
bet4/7
Sana14.07.2022
Hajmi45,17 Kb.
#799301
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligi o‘zbekiston respublika

§ 3. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning xarid qiymatini shakllantirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
14. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning (konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) xarid qiymati (keyingi o‘rinlarda — xarid qiymati) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S = Shq + T + Bx., bu yerda
S — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning xarid qiymati;
Shq — Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha hisoblangan chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning shartnoma qiymati;
T — bojxona to‘lovlari
QQS ni to‘lovchi korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qo‘shmaydi, balki umumiy belgilangan tartibda budjetga to‘lashi lozim bo‘lgan QQS ni aniqlashda chegirib boradi.
QQS ni to‘lovchi bo‘lmagan korxonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qo‘shadi.
O‘zining ehtiyojlari uchun chetdan keltirilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha QQS summasini qo‘shgan holda aks ettiriladi.
Bx — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1.1.12-bandiga, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.
(14-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
15. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni (konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) tovar-moddiy qiymatliklar va asosiy vositalar obyektlarini yuk bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha kirim (qabul) qilish:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti — qarzlarning joriy qismi yoki 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti — qarzlarning uzoq muddatli qismi;
b) bojxona to‘lovlari (import uchun QQS dan tashqari) va chetdan keltirishda vujudga keladigan va belgilangan tartibda xarid qilish qiymatiga qo‘shiladigan boshqa xarajatlar:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti;
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) QQS ni to‘lovchi korxonalar uchun chegirishga olib borilgan QQS summasiga:
debet 4410 “Budjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” schyoti;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti;
g) QQS ni to‘lamaydigan korxonalar uchun xarid qiymatiga qo‘shilgan QQS summasiga:
debet materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000) yoki tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti;
d) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shiladigan QQS summasiga:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti.
16. Konsignatsiya shartnomasiga asosan chetdan keltirilgan tovarlar bo‘yicha operatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha chetdan keltirilgan tovarlar konsignatorning buxgalteriya hisobida balansdan tashqari 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi;
b) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo‘yicha bojxona to‘lovlari, QQS qo‘shilgan holda hisoblanganda:
debet 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti;
v) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo‘yicha QQS va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzlar to‘langanda (qoplanganda):
debet 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) konsignatsiya tovarlari sotilganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti — shartnoma bahosi bo‘yicha sotilgan tovarlar summasiga hisoblangan QQS (QQS ni to‘lovchilar uchun) qo‘shilgan holda;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyotikomissiya mukofotlari (rag‘batlantirish) summasiga;
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) — tovar invoysi va BYuD bo‘yicha sotish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha konsignatsiya tovari qiymatiga;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti — komissiya mukofotidan kelib chiqib aniqlanadigan QQS summasiga (QQS ni to‘lovchilari uchun).
Bir vaqtning o‘zida, sotilgan konsignatsiya tovarlari qiymatini hisobdan chiqarish balansdan tashqari 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
d) sotilgan konsignatsiya tovarlarining ulushiga to‘g‘ri keladigan chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari bo‘yicha QQS qo‘shilgan holda bojxona to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni ushbu tovarlarni sotish paytida moliyaviy natijalarga olib borib hisobdan chiqarish:
debet davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400);
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti.
Konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha olingan tovarlar konsignantga qaytarilgan hollarda, 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotida aks ettirilgan bojxona to‘lovlari va QQS bo‘yicha konsignator xarajatlarining qaytarilgan tovarlar ulushiga to‘g‘ri keladigan qismi konsignatorlarning moliyaviy natijalariga (davr xarajatlariga) olib borib hisobdan chiqariladi;
e) xaridorlar va buyurtmachilardan pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
j) budjetga QQS bo‘yicha (QQS ni to‘lovchilar uchun) qarzlar to‘langanda (qoplanganda):
debet 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
z) konsignatorga qarzlar to‘langanda (qoplanganda):
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.

Download 45,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish