Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
98-son
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
41-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
57-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
257-v-son
Davlat statistika qo‘mitasi raisi G. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
8-son
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,
Markaziy bank boshqaruvi,
Davlat statistika qo‘mitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(yangi tahriri)
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2001-y., 20-son, 142-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
1 §. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha birlashmalar, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi subyektlar) uchun taalluqlidir (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno).
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1411-1, 30.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 417-modda)
2. Mazkur Nizomda quyidagilar ko‘rilmaydi:
a) ta’sis hujjatlari va boshqalarda qayta hisoblash talab qilingan hollarda, so‘mda tuzilgan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini chet el valyutasiga qayta hisoblash;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan so‘mda moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishda foydalaniladigan chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymatini milliy valyutaga qayta hisoblash;
v) bosh jamiyat tomonidan tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shu’ba (qaram) xo‘jalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalarning chet el valyutasida ifodalangan moliyaviy hisobotlarini qayta hisoblash.
3. O‘zbekiston Respublikasida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar milliy valyutada — so‘mda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi shart, agarda qonunchilikda boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi bitimlar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi:
a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni) chet el valyutasiga sotib olish yoki sotish;
b) chet el valyutasiga ishlar, xizmatlar ko‘rsatish va ulardan foydalanish;
v) to‘lash yoki olish summasi chet el valyutasida belgilangan kreditlar va qarzlarni olish yoki berish;
g) chet el valyutasidagi majburiyatlarni o‘ziga qabul qilish yoki majburiyatlarni qoplash.
5. Chet el valyutasida ifodalangan xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va majburiyatlarni (ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha majburiyatlardan tashqari) so‘mga qayta hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursining (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank kursi) o‘zgarishiga qarab ijobiy yoki salbiy kurs farqi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |