O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Kamilov M.A. Saidboyev B.J.
 - O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti 


186 
yashaydi, ular uchun kurashadi. Vatanparvar shaxs o’z vatanini uning boyliklari yoki 
vatanining qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o’zi uning bir 
bo’lagi ekanligini tushunib etishi zarur.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan maqsad – biz pedagoglar 
ularni Vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlashga, har qanday holatlarda 
davlatimiz xavfsizligi uchun qo’rg’on bo’lishga va ularda bu boradagi malaka, 
ko’nikmalarni shakllantirishga birdek yondashmog’imiz darkor.
Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi 
ishlarni yanada kuchaytirish va sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, nodavlat 
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini bu sohaga keng 
jalb etish ko’zda tutilgan, O’zbekiston fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy ongi va 
dunyoqarashi, fuqarolik pozitsiyalarini vatanparvarlik asosida kamol toptirish 
maqsadida 2018 yilning 23 fevralida Vazirlar Ma
h
kamasining “Yoshlarni harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasi” to’g’risidagi 140-sonli qarori qabul 
qilindi.
Vatanimizni ko’z qorachig’idek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum 
etish bilan bog’liq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional ko’nikmalarni 
ilmu ma’rifat asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan boshlab 
singdirib borish va shu tariqa O’zbekistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini 
tarbiyalash Kontseptsiyaning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi. 
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Kontseptsiyasi – mamlakatda 
amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyil va ustuvor 
yo’nalishlari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir 
sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog’liq dolzarb 
vazifalar va ularni hal etish yo’llari, davlat va nodavlat tashkilotlar, oila, mahalla, 
ta’lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o’zaro hamkorligini 
milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi.
Mazkur Kontseptsiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 
masalasiga jismonan va ma’nan sog’lom avlodni tarbiyalashga oid yaxlit ta’lim-


187 
tarbiya tizimining uzviy va ajralmas bir qismi sifatida qaralib, 2017-2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi talablari asosida milliy va jahondagi ilg’or tajribalar, bugungi 
O’zbekiston hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan uyg’un ravishda 
takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari asosan to’rt
bosqichda amalga oshiriladi: 
Birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki 
tasavvurlar paydo bo’ladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha ta’lim 
muassasalarida bolalarga turli she’rlar, kuy va qo’shiqlar o’rgatish, multfilm va turli 
o’yinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari 
(bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona yurtga muhabbatni 
shakllantirishni o’z ichiga oladi. 
Ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagi bolalar) o’quvchilarning Vatanga muhabbati 
va sadoqatini mustahkamlash, harbiy xizmatga va ona yurt oldidagi farzandlik 
burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarishga bo’lgan havasini oshirish, ularda Qurolli 
Kuchlarimizga bo’lgan ijobiy fikrlarni yanada kuchaytirish, yoshlarning jismonan 
sog’lom, kuchli va irodali ma’naviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr 
yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga da’vat etiladi.
Uchinchi bosqich (16-18 yoshdagi o’smirlar) yoshlarda Vatanga va uning 
himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorligini ta’minlashga 
yo’naltiriladi.
To’rtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) yoshlarning jismoniy va ma’naviy 
qobiliyati, yetakchilik ko’nikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va 
professional malakasini oshirish, ularni o’z ustida muntazam ishlash, sog’lom hayot 
kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi. 
Kontseptsiyaning amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
vatanparvarlik tuyg’usini yuksaltirish, Vatanga fidoyilik va sodiqlik bilan xizmat 
qilishga bo’lgan mas’uliyatini oshirish, milliy armiya saflarini zamonaviy bilim va 


188 
professional malakaga, mustahkam iroda, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan 
yoshlar bilan to’ldirib borish imkonini beradi. 
Mazkur Kontseptsiya yoshlar o’rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining 
samaradorligini oshirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, fuqarolik 
pozitsiyasi, Vatanni sevish va uni ko’z qorachig’idek asrashga qaratilgan bilim va 
ko’nikmalarni oshirish uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Fikrimiz yakunida Birinchi Prezidentimizning ushbu so’zlarini keltirib o’tish 
o’rinlidir: “Harbiy xizmat jarayonida har bir yosh askar bilan alohida ish olib 
borishimiz, ularni avvalo Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk jasur 
ajdodlarimizni munosib vorislari, Ona vatanni haqiqiy himoyachilari etib 
tarbiyalashimiz darkordir”. Shunday ekan, yoshlarimiz kelajagining istiqboli uchun 
ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda quyidagi tadbirlarni amalga 
oshirishga ahamiyat qaratish maqsadga muvofiqdir: 
-
yoshlarimiz 
ishtirokida 
ilmiy-tadqiqot 
va 
innovatsion 
faoliyatni 
rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu 
jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g’oya va ishlanmalarini har tomonlama 
qo’llab-quvvatlash; 
-
yoshlarimizga xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, 
sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo’lishlariga keng imkoniyatlar yaratish; 
-
jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhitni o’rganish; 
-
urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar ishtirokchilari va fidoyilari
davlat va jamoat tashkilotlari, jamg’armalar vakillari bilan uchrashuvlar uyushtirish; 
-
harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kunida, mardlik saboqlari va ekskursiyalar 
tashkil etish kabi tadbirlarni amalga oshirilishi bizningcha o’ylagan ezgu 
maqsadlarimiz sari tashlangan odim qadam bo’ladi deb hisoblaymiz. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish