BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA
TARBIYALASHNING USLUBIY ASOSLARI
126
Vatan, yurt, mamlakat, oila – muqaddas tushunchalar hisoblanadi. Ushbu
maqaddas tushunchalarni esa bolaga ilk yoshdanoq o’rgatish, ularning qalbida
vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularini kuchaytirish, Vatanga sadoqatli barkamol
shaxslar qilib tarbiyalash bugungi kunning talabidir. O’zbekiston bu borada
mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki yillardan boshlab sa’y-harakatlarini boshladi,
ya’ni eng katta e’tiborni yoshlarning jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol bo’lib
voyaga yetkazishga qaratdi. Bunday sharafli mas’uliyatni uzluksiz ta’lim-tarbiya
sohasi o’z zimmasiga oldi.
Qonun va qonun osti hujjatlari, ommaviy axborot vositalari, ta’lim
muassasalarida olib boriladigan o’quv va tarbiyaviy jarayonlarda shu yurtning
haqiqiy egasi, Vatan taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladigan
kuchli insonlar bo’lib voyaga yetkazish, ayni shunday yoshlarni tarbiyalash dolzarb
masala ekanligi ta’kidlab kelinmoqda.
Qadimdan “Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqshdir” degan hikmatli
so’zga amal qilgan holda, bolalarda ilk yoshlardanoq vatanparvarlik tuyg’ularini
singdirib, Vatanga muhabbat, mehr-oqibat, insonparvarlikka o’rgatib borilsa,
kelajakda barkamol insonlar bo’lib voyaga etishishlariga imkoniyat yaratiladi.
126
Hamroyeva Oqila G’ulomjonovna
- Buxoro viloyati, Olot tumani 5-maktab
459
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yosh bola har bir ko’rgan va eshitgan narsasini
tez ilg’ab oladi. Ilk maktab yoshini 6-7 yosh orasidagi bolalar tashkil qiladi. Bu
yoshda
atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo’ladigan bosqich
hisoblanib, unda bolalarga ko’proq rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat
ramzlari (bayroq, gerb, madhiya)ni yanada mukammalroq o’rganish asosida ona
yurtga muhabbatni shakllantirish mumkin. Bunday yoshdagi bolalarga oila va
maktablarda Vatanni madh etuvchi turli she’rlar, kuy va qo’shiqlar o’rgatish,
multfilm va turli o’yinlar namoyish etish, ertaklar aytib berish orqali vatanparvarlik
g’oyalari singdiriladi.
Bundan tashqari, bola taqlid qilishni yaxshi ko’radi. Oilada Vatan, oila,
mahalla haqida kattalardan qanday gap eshitsa yoki ularga bo’lgan munosabatni
ko’rsa, bola ham taqlid qiladi. Shuning uchun, vatanparvarlik tarbiyasi avvalo oilada
boshlanib, bog’cha maktab, oliy bilim yurti, mehnat jamoasida takomillashadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining “Alifbe” hamda “O’qish kitobi”da Vatan
haqida, vatanparvarlik hamda insonparvarlikni madh etuvchi she’rlar, ertaklar,
maqollar va hikoyalar berilgan bo’lib, ular mazmunan boy, rang-barangligi bilan
bolalar qalbidan o’rin egallaydi. E’tibor beradigan bo’lsak, 1-2-sinf o’quvchilari
O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini kuylayotganda yoki bayroq, gerb,
Humo qushi haqida gapirganda o’zgacha shukuh va hayajonda bo’lishadi. Ta’lim
beruvchi, ya’ni o’qituvchi Vatan haqida bolalarga qanchalik mehr-muhabbat, sevgi
bilan gapirsa, bolalarga ham o’sha kayfiyat o’z ta’sirini o’tkazadi. O’qituvchi bu
borada katta mahoratga ega bo’lishi lozim.
Frantsuz adibi F.Volter vatanparvarlik haqida shunday degan edi: “Vatanga
bo’lgan muhabbat meni ajnabiylar yutug’idan ko’z yumishga majbur qilmaydi.
Aksincha, Vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo’lsa, Vatanimni jahondagi
boshqa xalqlarning yutuqlari bilan shuncha boyitgim keladi”.
Demak, ilk maktab yoshidagi o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini
shakllantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni olib borish lozim:
460
1. Har bir pedagog-o’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari bilan birgalikda
vatanparvarlik bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borishi, ya’ni, “Oilam – ilk Vatanim”,
“Vatan – ostonadan boshlanadi” kabi mavzularda hamkorlikda tadbirlar o’tkazilishi;
2. O’quvchilarga tarixiy xotira, ajdodlar merosi bo’yicha sahna ko’rinishlarini
tashkil qilishi;
3. “Vatanni asrash – oliy saodat”, “Vataning tinch – sen tinch” mavzularida
ochiq darslarga harbiylar, faxriylar taklif qilinishi;
4. O’quvchilarni diqqatga sazovor qadamjolar va muzeylarga tashrifini
uyushtirish.
Xulosa o’rnida, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik
ruhida tarbiyalash, milliy g’urur tuyg’usini kuchaytirish, halollik, poklik,
mehnatsevarlik kabi insoniy xislatlarni shakllantirish, mustaqil fikr yurita oladigan,
o’z manfaatidan Vatan manfaatini ustun qo’yadigan fidoyi insonlar qilib tarbiyalash
bugungi kunda har qachongidan ham zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |