Axmedova Ziyoda
- Toshkent shahar Sergeli tumani, 599-maktabgacha ta’lim muassasasi
456
tarbiyalanuvchi bolalarga qanday qilib vatanparvarlik tuyg’ularini singdirish
mumkin. Bizga ma’lumki, 2018 yil 23 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Kontseptsiyasi” ishlab chiqilib, unda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash masalasiga jismonan va ma’nan sog’lom avlodni tarbiyalashga oid yaxlit
ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas bir qismi sifatida qaraldi hamda unda
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari to’rt bosqichda amalga
oshirilishi belgilab qo’yildi.
Birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki
tasavvurlar paydo bo’ladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha ta’lim
muassasalarida bolalarga turli she’rlar, kuy va qo’shiqlar o’rgatish, multfilm va turli
o’yinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari
(bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona yurtga muhabbatni
shakllantirishni o’z ichiga oladi.
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining asosiy
faoliyat turi o’yin hisoblanadi. O’yin jarayonida bola shaxsi va dunyoqarashi
shakllana boshlaydi. Agarda tarbiyachi pedagogik nuqtai nazardan o’yinni to’g’ri
tashkil eta olsa, ushbu o’yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish
bilan birga, unda aqliy tafakkurni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
O’yinlar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi o’yinlarga ajratilib, ushbu
o’yinlarda bolada vatanparvarlikni shakllantirishda ota-ona, yashash manzili, oila
a’zolari, O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi, O’zbekiston
Respublikasining davlat bayrog’idagi ranglari, kelajakda egallamoqchi bo’lgan kasbi,
televidenie haqida savol-javoblar o’tkazilishi mumkin.
Bola savollarga javob berish jarayonida fikrlaydi va fikrini ravon ifodalashga
odatlanib boradi. O’yinlar asosida bolalarning tafakkur doirasini kengayib boradi,
ularning fikrlashi takomillashadi, hamda tasavvurlarning rivojlanishiga ta’sir etadi.
Birgalikda o’tkazilgan aqliy o’yinlar bolalar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlashga
xizmat qiladi. Shuning uchun aqliy o’yinlarning mazmuni xilma-xil bo’lib, unda
o’yin elementlari qancha ko’p bo’lsa, bolalarga u shuncha quvonch bag’ishlaydi.
457
Hozirgi kunda o’yinlar kattalarning kasbiga oid: o’qituvchilik, tarbiyachilik,
shifokorlik, musiqa xodimi, sotuvchilik, haydovchilik, Vatan posbonlari kabilar
tarbiyalanuvchilarning kasb tanlashiga, o’ylab mushohada yuritishiga undaydi.
“Kiyikni ovlash”, “Sholg’om tortish”, “Podachi bilan poda”, “Botir bolalar”,
“Quvnoq javob”, “Men Alpomishman”, “Hayvonlar qiroli”, “Samarqandga yetib
keldik” kabi aqliy o’yinlar bolalarni aqliy tafakkurlashga yo’naltiradi. Bunda
mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim.
Bolalarda Vatanni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo’shiqlar eshittirish ham
vatanparvarlik tuyg’usining shakllanishiga ijobiy ta’sir qiluvchi usullardan
hisoblanadi. Masalan:
Vatan – bizning uyimiz,
Vatan – bizning ko’chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Mazza qilib ichamiz
... degan she’rda bolalar uchun qanchalik ma’no bor.
Faqat shunisi muhimki, har bir tarbiyachi o’zi ham bolalarga xos bo’lgan his-hayajon,
tuyg’uni she’rda aks ettira olishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasi bolalariga “Alla” qo’shig’i orqali ta’sir
ko’rsatish mumkin. Chunki, alla bolalar uchun eng go’zal va shirin xayollarni
bag’ishlay oladi.
Ertaklar – vatanparvarlikni aks ettiruvchi muhim manbalardan biri. Bular ham
bolalarning qo’rqmas, botir bo’lib voyaga etishlarida xizmat qiladi.
Vatanparvarlik haqidagi maqollar ham bolalarda Vatan tuyg’usini
shakllanishiga yordam beradi. Masalan:
Baliq suv bilan tirik,
Odam – el bilan.
Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni.
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning – taxti.
Vataning tinch – sen tinch.
458
Vatanni sotgan er bo’lmas.
Bolalar o’rtasida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish borasida
o’tkaziladigan musobaqalar, tadbirlar bolalarning ruhiyatiga yaxshi ta’sir o’tkazadi.
Xulosa qiladigan bo’lsak, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiya jarayonini
takomillashtirish yo’lida xalqning o’tmishda yaratilgan ma’naviy-axloqiy merosi,
ta’lim-tarbiya sohasidagi tajribasi, ta’lim-tarbiya nazariyasiga oid qarashlarini ilmiy-
nazariy jihatdan o’rganish va ularni amaliyotga tatbiq etishning yo’l, vosita va
metodlarini belgilab olish muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |