O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

105
 
Omonov H.T. 
– pedagogika fanlari doktori, professor, Toshkent moliya instituti
 


383 
xususiy, ijtimoiy, antropologik va boshqalar) odamzotga faqat to’liq bo’lmagan 
tasavvurlarni bera oldi, xolos. Shu sababli olamning umumiy (tugal) ilmiy 
manzarasini yaratish zarurati tug’ildi. Uni shakllantirish, nafaqat integrativ 
xarakterdagi fanlararo uzviy hamkorlikni, balki uni shakllantirishda ishtirok etuvchi 
fanlarning bag’rida paydo bo’lgan yangi va tor ko’lamdagi, xususiy va chuqur 
tadqiqotlar olib borayotgan differentsial tarmoqlarning ham ishtirokini taqozo etdi. 
Moddiy va ma’naviy olamni tadqiq qiluvchi turli fanlarning o’zaro hamkorlik 
qilishlari tabiiy jarayondir. Shuning bilan bir qatorda, tadqiqot ko’lamining tor 
doiraga ko’chishi evaziga bu fanlarning har birida nozik ixtisoslashuv ham muqarrar 
ravishda ro’y beradi. Fanlar integratsiyasi evaziga tsivilizatsiyaning eng noyob 
yutuqlari qo’lga kiritilmoqda. Insonning tashqi dunyoni va o’zligini anglashi, odam 
va jamiyat munosabatlarining yangi qonuniyatlarini bilib olishi sodir bo’lmoqda. 
Anna shunday dialektik jarayonda ishlab chiqarishdek inson aql-zakovati bilan yo’lga 
qo’yilgan iqtisodiy hodisa yetakchi pozitsiyaga ko’tarilmoqda. Barcha sa’y-harakatlar 
insonning salomatligi, to’qligi va usti butligiga xizmat qilishi nazarda tutilsa, ishlab 
chiqarishdek keng ko’lamli hayotiy fenomenning mohiyati ravshanlashadi. Yashash 
va ko’payish, qurish va yaratish, fan va siyosat bilan shug’ullanish uchun ham ishlab 
chiqarish, dehqonchilik va chorvachilikni yo’lga qo’yish lozimdir. 
Sivilizatsiyani inson o’z ehtiyojlariga ko’ra shakllantirgan. Uning beshigini esa 
aql-idrokli, yetuk va salohiyatli kadrlar tebratgan. Bugungi globallashuv sharoitidagi 
chigal ijtimoiy muammolarning aksariyat yechimi ham aynan kadrlar evaziga 
topiladi. 
Malakali kadrlar qudratli kuch bo’lib, ular insoniyatning eng faol va avangard 
otryadidir. Ulardagi jo’shqinlik, romantizm va fidoyilik ko’p narsalarga qodir. 
Ayniqsa, yoshlarning tsivilizatsiya yutuqlariga qo’shgan hissalari cheksizdir. 
Odamzot o’z mushkullarini yengillatish uchun tinmay kurashib kelgan va 
kurashmoqda. Shu jabhada yoshlar harakatlantiruvchi kuch sifatida maydonga 
chiqqanlar. Bunga ko’hna tarixning o’zi shohidlik beradi. Yoshlar tufayli ijtimoiy 
hayotdagi dinamizm va jo’shqinlik davom etadi. 


384 
Kadrlar tayyorlashdek murakkab va ko’p qirrali jarayonda ixtisoslik va 
umumkasbiy fanlarning o’zaro aloqadorligisiz sifat va samaradorlikni ta’minlash 
qiyin kechadi, albatta. Masalan, mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor sohasini 
xo’jalik yuritishning agrar yo’nalishi tashkil etishini hisobga olsak, bu borada 
malakali mutaxassislarni etishtirish uchun botanika, zoologiya, o’simliklar va 
hayvonlar fiziologiyasi, mikrobiologiya, agronomiya, selektsiya va urug’chilik, 
genetika, biotexnologiya, tuproqshunoslik, anorganik va organik kimyo, biologik 
kimyo (biokimyo), biologik fizika (biofizika), kasb ta’limi pedagogikasi, kasbiy 
pedagogika va psixologiya, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, pedagogika va 
psixologiya kabi fanlar orasida uzviylik ta’minlanishi lozim. Amaldagi davlat ta’lim 
standartlari tarkibiga juz’iy o’zgarishlar kiritilishi hamda predmetlararo aloqadorlik 
o’rnatilgan taqdirda agrar soha bo’yicha kasb ta’limi mutaxassislarini talab darajasida 
tayyorlashga erishiladi. 
Moddiy olamning jonli va jonsiz ob’ektlari yakka negizga ekanligini nazarda 
tutgan holda o’sish, rivojlanish, ko’payish, irsiyat va o’zgaruvchanlik, biomassa, 
biosfera, modda va energiya almashuvi, biogen elementlar, bioanorganik va 
bioorganik tuzilmalar, tuproq va suv, havo va mineral moddalar, organik va 
anorganik migratsiya, kimyoviy va biologik evolyutsiya, aerob va anaerob 
jarayonlarga yangicha nazar tashlanishini ta’minlash zarur.
Tabiat va sanoat, qishloq xo’jaligi va qurilish, dehqonchilik va chorvachilik, 
biotexnologiya va mikrobiologik sintez, xomashyo va mahsulotlarni saqlash va 
himoyalash hamda ularni qayta ishlash bilan bog’liq hodisalarni nazariy va amaliy 
jihatdan to’g’ri talqin qilish va tabiatshunoslikning zamonaviy kontseptsiyasini 
to’laqonli idrok etish uchun ham olamning umumiy ilmiy manzarasini yaratish lozim. 
Bunday metodologik muammoning ijobiy yechimi esa barcha rukndagi fanlarning 
ijodiy hamkorligi tufayli predmetlararo aloqalardan keng foydalanish zarur. 
Insonning tashqi dunyoni va o’zligini anglashi, odam va jamiyat munosabatlarining 
yangi qonuniyatlarini bilib olishi sodir bo’lmoqda. Ana shunday dialektik jarayonda 
ishlab chiqarishdek inson aql-zakovati bilan yo’lga qo’yilgan iqtisodiy hodisa 
yetakchi pozitsiyaga ko’tarilmoqda. Barcha sa’y-harakatlar insonning salomatligi


385 
to’qligi va usti butligiga xizmat qilishi nazarda tutilsa, ishlab chiqarishdek keng 
ko’lamli hayotiy fenomenning mohiyati yanada ravshanlashadi. Yashash va 
ko’payish, qurish va yaratish, fan va siyosat bilan shug’ullanish uchun ham ishlab 
chiqarish, dehqonchilik va chorvachilikni yo’lga qo’yish, ya’ni iqtisodiy zamin 
tayyorlash lozimdir. Ma’lumki, insonga ilm-fan, siyosat va madaniyat, san’at va 
adabiyot masalalari bilan shug’ullanishdan oldin unga oziq-ovqat, uy-joy va kiyim-
kechak kerak bo’ladi. Shu asnoda donishmand xalq “oldin-iqtisod, keyin-siyosat” 
degan aqidani kun tartibiga kiritgan. Mustabidlik yillarida, ayniqsa, paxta 
yakkahokimligi, odamning qadri hech vaqoga arzimaydigan davrdagi qiyinchiliklar
kontekstida bugungi yaratuvchanlik, ijodkorlik hamda bunyodkorlik faoliyati 
yuksalayotgan, xalqning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari dolzarb masala darajasiga 
ko’tarilgan kunlarda ushbu postulatning naqadar ulkan hayotiy qimmatga ega 
ekanligini ta’kidlash lozim.
Prezidentimiz xalqning kam ta’minlangan va muhtoj qatlami vakillariga arzon 
va shinam, qulay va infratuzilmasi mukammal uy-joy qurishga berayotgan katta 
e’tiborini to’g’ri tan olmaq kerak. Xalq rozi bo’lsagina ishimizda unum va baraka 
bo’lishini ta’kidlagan Yurtboshimiz “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz 
bilan birgalikda quramiz”, shiorini xalqning potentsialiga ishongan holda hayotga 
tatbiq qilmoqda. Yangi va zamonaviy loyiha asosida qurilayotgan uy-joylar, yo’llar 
va ko’priklar, ulkan inshootlar, metropolitenning tezkorlikda bunyod etilayotgan 
yangi liniyasi bu fikrni tasdiqlaydi. Respublikamizda qurilish, arxitektura, transport 
va agrar sohaga, ayniqsa, xususiy tadbirkorlik, kichik hamda katta biznesga, umuman 
xususiy sektorni rivojlantirishga berilayotgan katta e’tibor quvonarli holdir. Bu 
jarayonlarning hal qiluvchi kuchi esa kadrlardir. Kadrlarning ma’naviy yetukligi va 
axloqiy pokligi bunday vaziyatda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Inson omili asosiy 
omixta kategoriya sifatida kun tartibida turar ekan, kadrlarning ijtimoiy mavqei hech 
qachon pasaymaydi. Inson o’zining hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun fikrlashi, 
izlanishi, maqsadga muvofiq harakatlanishi, yaratishi, topgani va bor narsalarini 
avaylab-asrashi shart. Bunda uning ishlab chiqarish va iste’mol mutanosibligini 
saqlashga majburligi yetakchi o’rin egallaydi. Hayotiy jarayonlarning muntazam 


386 
davom etadigan kurashlardan iborat ekanligi nazarda tutilsa, odamlarning ongli 
mavjudot bo’lganliklari asqotadi. Ular butun umrlari davomida katta-kichik hayotiy 
muammolarni sobitqadamlik bilan engib o’tishlariga to’g’ri keladi. Insoniyat fan
madaniyat, siyosat, ma’rifat, ma’naviyat masalalari bilan shug’ullanishdan oldin 
yashash uchun eyishi, atrof-muhit va ob-havo noqulayliklaridan o’zini muhofaza 
qilishi uchun kiyim-kechakka ega bo’lishi, jonli individ tarzida butun umri davomida 
o’sishi va rivojlanishi, biologik tur sifatida yo’qolib ketmasligi uchun nasl qoldirishi 
hamda bunday jamg’armani saqlab qolish uchun boshpana, ya’ni uy-joyga ega 
bo’lmog’i lozim. Bir so’z bilan aytilganda, odam o’zining olam gultoji ekanligini har 
qadamda isbotlamog’i zarur bo’ladi. Globallashuv sharoitida davlatlar va 
mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiq, bordi-keldi tarzidagi siyosiy va madaniy 
munosabatlar shakllanishi tabiiydir. Bunda tovarlar ayirboshlanishi alohida ahamiyat 
kasb etadi. albatta. Dunyo statistikasi ma’lumotlariga ko’ra, jahon miqyosida 
etishtirilgan jami hosilning chorak qismi (ba’zan undan ham ko’proq) nobud 
bo’larkan. Bu ko’rsatkichlar ichida hosilning zararkunandalari va mexanik ta’sirlar 
evaziga ko’riladigan talofat, yig’im-terimdagi yo’qotishlar, tabiiy va iqlim 
sharoitlarining salbiy ta’siri, tashish va saqlash jarayonidagi nomukammalliklar, idish 
va konteynerlarning kamchiliklari salmoqli o’rin tutadi. Bunday murakkab va chigal 
vaziyatda odamlarning komillik darajasi, ma’naviy kamoloti va axloqiy shaffofligi 
hal qiluvchi rol o’ynaydi, albatta. Inson o’zining aql-idroki yordamida barpo etgan 
himoya potentsialining barqarorlik darajasi, aynan odamning o’z uquvi, ko’nikma, 
malaka, tajriba, ijodiy va yaratuvchanlik imkoniyatlari bilan belgilanishi ma’lum 
bo’lganidek, uning keyingi yashash istiqboli ham faqat uning o’zigagina bog’liq 
bo’lib qolaveradi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish