O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


§. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tushunchasi va maqsadlari 306



Download 0,52 Mb.
bet5/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Jazo


§. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tushunchasi va maqsadlari 306

  • §. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari 310

  • §. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari 316

  • §. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash 320

  • §. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari muddatini uzaytirish, o‘zgartirish va bekor qilish 325

  • §. Alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash 330

    «Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari» mavzusi bo‘yicha yakuniy savollar 333
    Qo‘shimcha adabiyotlar 334
    O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar 334
    Ilmiy maqolalar 335
  • I BOB. JAZO TUSHUNCHASI VA UNI QO‘LLASH MAQSADLARI

    1. §. Jazo tushunchasi va uning belgilari


    Jazo – jinoyat huquqining markaziy institutlaridan biridir, chunki u jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning yetakchi shaklidir. Jinoiy javobgarlikni amalga oshirish vositasi sifatida nafaqat jazo choralari, balki boshqa xil jinoyat-huquqiy (tibbiy, tarbiyaviy yo‘sindagi majburiy choralar, shartli hukm va sh.k.) ta’sir choralari qo‘llanishi bois, jinoiy javobgarlik jazodan farqli o‘laroq, yanada kengroq va ixchamroq yuridik kategoriya ekanligini ta’kidlash lozim. Bir tarafdan jazo – shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishining mantiqiy oqibatidir, boshqa tarafdan esa, JK tomonidan himoya qilinayotgan ijtimoiy munosabatlarni tiklashning bir vositasidir ham. Aynan jinoyatlar uchun jazo tayinlanishi jinoyat qonunini ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish vositasiga, huquqiy normalarni shaxs, jamiyat va davlatni huquqqa xilof tajovuzlardan himoya qilishning amaliy vositasiga aylantiradi.
    Jinoiy javobgarlikning samaradorligi haqidagi masala jazoning samaradorligi masalasiga jiddiy ta’sir qiladi. «Jazoning samaradorligini ijtimoiy ongga va sudlangan shaxsga ta’sir etish oqibatida jazo maqsadlarini amaliy jihatdan yuzaga chiqarish (erishish darajasi) deb ta’riflash mumkin. Jinoyat, jinoyat-ijroiya, jinoyat-protsessual qonunchilik hamda mazkur qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashda qo‘llanish amaliyoti jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlariga va ijtimoiy munosabatlarning barcha yig‘indilariga eng yuqori darajada muvofiq kelgan taqdirda jazoni eng yuqori samaradorlikka erishilgan deb hisoblash mumkin».
    O‘z navbatida, jazo samaradorligi uni belgilash xususiyatlariga to‘g‘ri proportsional nisbatdadir, chunki jazo mohiyati va uning o‘rni qanchalik darajada aniqroq anglanilsa, jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan muvofiq ta’sir ko‘rsatish usullarini va uslublarini tanlash shunchalik muvofiq darajada yuqori samarali bo‘ladi va, demak, jinoyat qonunchiligining ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi ham ortib boradi.
    JK 42-moddasi jinoiy jazoning butun tizimi uchun jiddiy asoslovchi ahamiyatga egadir, chunki mazkur modda davlat tomonidan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishning tanlanadigan va jazo sifatida tan olinadigan usulni qonuniy tarzda ta’minlaydi. Jazolash tushunchasi va maqsadlarining qonun normasida ta’riflanishi nafaqat jinoyat qonunining qo‘llanishidagi bir xillikka, balki yuridik mahoratning mukammallashuviga va shu orqali jinoyat qonuni rivojlanishining tadrijiyligiga, tizimliligiga va ilgarilab borishiga ham sababchi bo‘ladi.
    Tarkib nuqtai nazaridan, JK 42-moddasi ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan birinchisida jazo tushunchasi keltirilgan, ikkinchisi esa uning maqsadlarini belgilaydi. Ko‘rib chiqilayotgan normani mana shunday yo‘sinda talqin etish ko‘rsatilgan unsurlarni aniq chegaralash uchun va shu orqali jazoning mohiyati va o‘rnini anglashda qiyinchiliklarga duchor bo‘lmaslik uchun imkon beradi.



    Download 0,52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish