Sub'ektiv tomoni Sub'ektiv tomondan huquqbuzarlik qasddan sodir etiladi. Shaxs transport vositasini bojxona organlari tomonidan belgilangan joyda to‘xtatmanligini anglab yetadi va o‘zining huquqbuzarlik bilan bog‘liq maqsadini amalga oshirishni hoxlaydi, shuningdek bila turib bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini to‘xtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz jo‘natib yuboradi.
2276-modda. Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib to‘xtash Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib to‘xtashi, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ob'ekti: Bojxona nazorati ostida bo‘lgan, transport vositalarining (Suv transporti, kema, qayiq va boshqa suzuvchi vositalar) shuningdek bojxona tartib-taomillari va rejimlari shartlariga muvofiq tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat hisoblanadi.
Ob'ektiv tomoni:Ushbu huquqbuzarlik faqat harakatda sodir etiladi. Ya'ni Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib to‘xtashi.
Sub'ekti: 16 yoshga to‘lgan aqli raso Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib to‘xtagan jismoniy shaxsdir.
Sub'ektiv tomoni: Bu huquqbuzarlik qasddan sodir etiladi. Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib to‘xtashi g‘ayriqonuniy ekanligini biladi lekin kelib to‘xtaydi.
2277-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, ya'ni bojxona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni o‘tkazish joyi, vaqti va taomili to‘g‘risidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ob'ekti- Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi.
Vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi lozim.
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi foydalanilayotgan transportning turlari, tovarlar va transport vositalarini olib o‘tayotgan jismoniy shaxslarning toifalari hisobga olingan holda, bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning turiga qarab qo‘llaniladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi tovarlarning ishlab chiqarilgan, jo‘natilgan va kelib tushgan mamlakatidan, bojxona chegarasi orqali olib o‘tish maqsadidan va bojxona hududida foydalanilishidan qat'i nazar amalga oshiriladi.
Boshqa davlatlarning bojxona nazorati uchun foydalaniladigan hujjatlari bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qo‘llanilishi mumkin. (BK 246m)