Ob'ektiv tomoni: mazkur huquqbuzarlik ham harakatda ham harakatsizlikda sodir etiladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz berish –bu harakat hisoblanadi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik-bu harakatsizlik hisoblanadi.
Bojxona nazorati -O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta'minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.
Tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas'ul shaxs;
Tovarning kuzatuv hujjatlari-Tijorat va transport hujjatlari tovarning kuzatuv hujjatlari hisoblanadi.Tijorat hujjatlari jumlasiga hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab jo‘natish va o‘rov varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va o‘zga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish bilan bog‘liq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar kiradi.Transport hujjatlari jumlasiga konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi borligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat kiradi.
Tovar - Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk ob'ektlari, transport vositasi tovar hisoblanadi, bundan tovarlarni va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan transport vositasi mustasno.
Transport vositasi- Tovarlarni va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita.
yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddati: Tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berishning eng ko‘p muddati quyidagi hisob-kitob bilan belgilanadigan muddatdan oshmasligi kerak:
Havo transporti uchun — uch kalendar kundan;
avtomobil va suv transporti uchun — o‘n kalendar kundan;
temir yo‘l transporti uchun — ikkiming kilometr uchun o‘ttiz kalendar kundan.
Tovar kelib tushadigan bojxona organi joylashgan yerlarga yoki jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan boshqa joylarga tovar yetkazib beriladi.
Tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda tovar yetkazib berilgan taqdirda, u bojxona nazorati zonasiga joylashtiriladi.
Tashuvchi tovar kelib tushadigan bojxona organini tovar yetkazib berilganligi to‘g‘risida quyidagilarni taqdim qilish orqali xabardor qiladi:
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatini;
Tovarning kuzatuv hujjatlarini;
yetkazib berilgan tovarlarni.
Tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati yordamida amalga oshiriladi.
Sub'ekti: Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda belgilangan yoshga to‘lgan bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas'ul bo‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar;
Sub'ektiv tomoni: bu huquqbuzarlik qasddan sodir etiladi.