2275-modda. Transport vositasini to‘xtatmaslik yoki bojxona organining ruxsatisiz jo‘natib yuborish O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan transport vositasini bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda to‘xtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini to‘xtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz jo‘natib yuborish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ob'ekti O‘zbekiston respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazilishining belgilangan tartibi.
Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining bojxona nazorati zonalari chegaralarini kesib o‘tishdagi va mazkur zonalar doiralarida harakatlanishdagi majburiyatlari belgilangan.
Unga ko‘ra Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib o‘tayotganda va uning doiralarida harakatlanayotganda vakolatli shaxs yoki tashuvchi:
bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda to‘xtashi va harakatni davom ettirishi;
tovarlarni va transport vositalarini faqat belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha olib o‘tishi;
bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga ko‘ra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etishi shart.
Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib o‘tayotganda va uning doirasida harakatlanayotganda vakolatli shaxsning yoki tashuvchining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. (BK 181-m)
Bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda to‘xtashga majbur. To‘xtamasdan o‘tib ketish – bu harakatsizlikdir.
Bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga ko‘ra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlari taqdim etishi shart. Bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlari taqdim etmaslik – bu harakatsizlikdir.
Bojxona organlarining ruxsati bilan harakatni davom ettirishga majbur. Bojxona organlarining ruxsatisiz harakatni davom ettirishi – bu harakatdir.
Obektiv tomoni Ushbu huquqbuzarlik ham harakatda ham harakatsizlikda sodir etilishi mumkin.
Bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda to‘xtashga majbur. To‘xtamasdan o‘tib ketish – bu harakatsizlikdir.
Bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga ko‘ra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlari taqdim etishi shart. Bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlari taqdim etmaslik – bu harakatsizlikdir.
Bojxona organlarining ruxsati bilan harakatni davom ettirishga majbur. Bojxona organlarining ruxsatisiz harakatni davom ettirishi – bu harakatdir.
Sub'ekti transport vositasini boshqarish huquqiga ega, tovarlarni va transport vositalarini tashish uchun javobgar yoki yuk egasi bo‘lgan 16 yoshga to‘lgan har qanday jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.