Mashg’ulot metodi: analiz va sintez, “Hamkorlikda ishlash” mashqi, “Qanday tovush” ta’limiy o’yini.
Mashg’ulot jihozi: kitob maketi, turli ertak kitoblari, buyumlar tasvirlangan rasmlar, ish daftari, AKT.
Mashg’ulotning borishi:
I tashkiliy qism 10 daqiqa.
Tarbiyachi o’tgan mavzuni mustahkamlash uchun “ Hamkorlikda ishlash” mashqini o’tqazadi. Bu mashq uch bosqichda olib boriladi.
1-bosqich. Tarbiyalanuvchilar juftlikda berilgan rasmni ifodolovchi so’zni bo’g’inga bo’lib aytadilar. (olma, ol-ma, tarvuz, tar-vuz)
2- bosqich. Tarbiyalanuvchilar tarbiyachi bilan birgalikda, tarbiyachi ko’rsatkan rasmlarda ifodalangan so’zlarni jo’r bo’lib, bo’g’inga bo’ladilar.
3- bosqich. Tarbiyalanuvchilar doira bo’lib turib oladilar va navbat bilan qo’llaridagi rasmni o’rtoqlariga ko’rsatib, rasmlarda ifodalangan so’zlarni bo’g’inga bo’lib aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |