III Yakuniy qism.
Tarbiyachi bolalar bilan “Qanday tovush” ta’limiy o’yinini tashkil etadi. Unda tarbiyachi bir necha so’zni aytib uning birinchi tovushini ajratib talaffuz qiladi. ( masalan aaa-yiq, aaa-nor, aaa-ri). Bolalar birgalikda jo’r bo’lib qaytaradilar.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
O’rtoqlaringiz bo’g’inga bo’lgan qaysi so’zni eslab qoldingiz?
Tovush haida nimalarni bilib olganlaringizni o’roqlashing.
Laylakvoy bizga nimalarni o’rgatmoqchi?
Keyingi mashg’ulotlarimizda nimalrni bilishni xohlaysiz?
Xulosa
Xulosa qilib aytganda mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bogliq. Shu bois Vatanni, xalqni sevadigan istiqlol g’oyalariga sadoqatli, Mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni yetishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Shuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini taminlash mazkur yo’nalishning dolzarb muomolaridan biri bo’lib, bu haqda O’zbekiston Respublikasining “ Ta’lim to’g’risida”gi Qonunini va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lom tizimini tubdan isloh qilish ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga muolik muhim vazifalardan biri ekanligi ko’rsatilgan. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, savodxonlikka o’rgatish o’ta ma’suliyatli jarayon bo’lib, mashg’ulotlar bolalarning faol ishtirokini ta’minlaydigan ta’limiy o’yinlar, interfaol metodlar va AKTdan foydalangan holda tashkil etilishiga erishish lozim.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni savodga o’rgatish metodikasi maktabgacha ta’lim mutaxasislarini etkazib beruvchi institutlarda ham, kollejlarda ham chuqur o’rgatilmayapti. Ular bolalarga yozishni o’rgatishda qator metodik xatolarga yo’l qo’yishi inobatga olgan holda tashkilotlaramizda ishlayotgan tarbiyachilar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish lozimligi k’orinmoqda. Taqdim etilayotgan uslubiy k’orsatma maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisiga maktabga tayyorlov guruh bolalarini savodga o’rgatishda hizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodxonlikka o’rgatish. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiytachilari va ota-onalar uchun metodik qo’llanma. Toshkent-2018 yil. M.R. Is’hoqova, M.Z. Fayzullayeva, J.R. Kucharov, N.Q. Azizova. N.M. Sultanova.
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent-2007 yil.
D.R. Babayeva “Nutq o’stirish metodikasi” “Fan va texnologiya” Toshkent-2009 yil.
F.R. Qodirova “Nutq o’stirish metodikasi” O’UMT.;2012 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |