O‘ harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga O‘ kesma harfi yopishtiriladi.)
H arflarning uch xususiyati: yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Q uvnoq daqiqa.
Daraxtlar
Salom, ey, yashil o‘rmon,
Sen ertaklarga makon!
Chap va o‘ng qo‘llar kaftini barmoqlarni keng ochgan holda o‘ziga qaratib ko‘tariladi. Barmoqlar ochiq holda qo‘llar ikki yonga uzatilib, silkitiladi
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma O‘ harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta O‘harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga O‘ harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
O‘rgimchak inida yotdi,
10 daqiqada xurrak otdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |