6-7 yoshli bolalarda o‘quv motivlarini shakllantirish



Download 17,18 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi17,18 Kb.
#673006
Bog'liq
6-7 YOSHLI BOLALARDA O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISH

6-7 YOSHLI BOLALARDA O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISH


Samatova Dilafro‘z Rustamovna,
Navoiy viloyat Karmana tuman 10-umumta’lim maktab
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Bolalarni maktabga tayyorlash ularda maktabga nisbatan ijobiy munosabat va o‘quv motivlarini shakllantirish ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasasi pedagoglari oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining faoliyati bolada maktabga qiziqishni oshirish uchun quyidagi asosiy vazifani bajarishga yo‘naltiriladi. bolalarda o‘qish va maktab haqidagi tasavvurni to‘g‘ri shakllantirish. Maktabda o‘qishga nisbatan ijobiy emotsional munosabatni shakllantirish. O‘quv faoliyati tajribasini shakllantirish. Yuqoridagi vazifalarni bajarishda turli usul va shakllardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bolalar bilan maktabga saѐhat uyushtirish, maktab haqida suhbatlashish, maktab hayotiga doir hikoya va she’rlarni aytib berish va yod oldirish samarali usullardan hisoblanadi. Maktab hayoti va faoliyati aks ettirilgan rasmni tomosha qilish va ular haqida suhbat uyushtirish, maktab rasmini chizish ham bolalarni o‘quv faoliyatiga kirishishlariga turtki bo‘ladi. bolalarga aytib beriladigan maktab haqidagi hikoya va she’rlar shunday tanlanishi lozimki, unda maktab hayotining hamma jabhalari yoritilishi hamda ko‘rsatilishi kerak. (Masalan: maktabga borayotgan bolaning xursandligi; maktabda olinadigan bilimning muhimligi va ahamiyati; maktab ta’limining mazmuni; maktabda o‘rtoqlik va do‘stlik hurmatini yuqoriligi; sinfdosh va maktabdoshlarga yordam berish zarurligi; dars va maktabda xulq-odobga rioya qilish qoidalari). bunda bolalarga ―yaxshi o‘quvchi va ―yomon o‘quvchi obrazini ko‘rsatish mumkin. bolalar bilan ijobiy va salbiy odob-axloq me’yorlarini solishtirishga doir mavzularda suhbatlar o‘tkazish kerak. katta va maktabga tayyorlov guruh bolalari mazmunan qiziqarli, kulgili hikoyalarni ishtiyoq bilan tinglaydilar. Maktabga uyushtirilgan ekskursiyadan so‘ng hosil bo‘lgan tasavvurni mustahkamlash, maktabga hissiy munosabatni shakllantirish uchun turli xil o‘yinlar tashkil etish, o‘yin mazmunini ―bilmasvoy roli orqali ifodalash mumkin. bunda ―bilmasvoy‖ o‘qishni xohlamaydigan, hammaga halal beradigan, belgilangan qoidalarga rioya qilmaydigan holatlarni tasvirlab beradi. O‘yin yakunida tarbiyachi bolalar bilan o‘yin jarayonini tahlil qiladi va xulosalar chiqaradi.
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarda o‘quv motivlarini shakllantirish oilada yaratilgan sharoitga bevosita bog‘liqdir. Yangi bilim olishga intilish; kitoblar va turli xil mazmundagi jurnallarga qiziqish ko‘nikmasi; maktabda o‘qishning ahamiyatini anglash; o‘zining ―istayman‖, ―kerak so‘zlariga bo‘ysuna olishi; boshlagan ishning oxiriga etkazish va mehnat qilish istagini hosil bo‘lishi; o‘zining ishidan qoniqish, ish natijasini taqqoslay olish ko‘nikmasi; xatolarini ko‘ra olish; muvaffaqiyatga erishishga harakat qilish va o‘zini adekvat baholash-bularning barchasi maktabda o‘qishning asosiy motivlari hisoblanadi. keltirilgan omillarning barchasi oila degan muhim yacheykada tashkil etilgan tarbiya va e’tibor orqali amalga oshiriladi. Agar oiladagi tarbiya noto‘g‘ri tashkil qilinsa, maktabgacha ta’lim muassasasida erishilgan barcha ijobiy natijalarning o‘zi kifoya qilmaydi. bolalarga beriladigan o‘quv topshiriqlari bola uchun ―shaxsiy fikr‖ni yuzaga keltirishi lozim. buning uchun bola faoliyatga kirishish, yutuqlarga erishishni o‘zi aniqlashi kerak. Tarbiyachi bolani topshiriqni to‘g‘ri va xatosiz bajarishga harakat qilishiga undashi lozim. bolalarda o‘quv vazifalarini bajarishda ikki xil vaziyat yuzaga keladi: 1. Tarbiyachi ko‘rsatmasiga ko‘ra berilgan topshiriqni bajarish istagi. o‘zi uchun ya’ni shaxsiy sifatlarni tahlil qilish, topshiriqni yaxshi tushunish va nima qilish kerakligi, vazifani bajargandan so‘ng qanday natijaga erishish mumkinligini anglash. bunday vaziyatlarning asosiy sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin. - bola vazifani qabul qiladi va tushunadi (topshiriqni bajarishni xoxlaydi va tushunadi, nima qilish kerakligini biladi). - bola vazifani qabul qiladi, lekin tushunmaydi (topshiriqni bajarishni istaydi, biroq nima qilish kerakligini tushunmaydi). - Bola vazifani qabul qilmaydi, lekin tushunadi ( vazifani qanday bajarish lozimligini biladi, biroq bajarishni xoxlamaydi). - bola vazifani bajarishni xoxlamaydi, nima qilish kerakligini tushunmaydi. bolalarda o‘quv vazifalarini bajarish istagini yuzaga kelmaslik sabablarini aniqlash uchun o‘quv motivlarini paydo bo‘lganligiga e’tibor qaratish kerak. bolaga topshiriq berishda aniq vazifalarni belgilab berish kerak.

  1. Nima qilish kerak? (maqsadni to‘g‘ri qo‘yish).

  2. Qanday qilish kerak? ( bajarish uchun ko‘rsatma beriladi ).

  3. Nimaga erishish zarur? (natijaga erishish mezonlari beriladi).

Topshiriqni bajarib bo‘lgandan so‘ng bola bilan birgalikda olingan natija berilgan vazifa etaloniga mos tushganligi, kattalar bergan ko‘rsatmadan foydalanilganligi va bajarilgan ishga umumiy baho beriladi. kattalar bergan vazifa bolaning faoliyatini boshqarishga ѐrdam berishi, harakatlarini nazorat qilish va o‘zini olingan natijaga ko‘ra to‘g‘ri baholashga yo‘naltirishi lozim. Bolalarni muvaffaqiyatli ta’lim olishlari ularda o‘quv elementlarini anglashlari va o‘quv faoliyatini to‘g‘ri bajarishlariga bog‘liq. 6-7 ѐshdagi bolalarda quyida o‘quv elementlarini yuzaga keltirish kerak.

  1. bolalarda og‘zaki so‘zlashish, harflarni bilish va o‘qiy olish, so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish, gap tuza olish, so‘z boyligi va to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikma va malakasini shakllantirish.

  2. Matematik bilim va tasavvurlar: - 10 gacha to‘g‘ri va teskari sanash; - Sonlar xosil qilish, matematik masalalarni echish; - Geometrik shakllarni farqlash (kvadrat, aylana, uchburchak, to‘g‘rito‘rtburchak, oval); - fazoni idrok qila olish ( yuqori, past, o‘ng va chap).

  3. O‘quv faoliyati ko‘nikmasi: - Partada to‘g‘ri o‘tirish; - Yozuv malakasi; - O‘qituvchi topshirig‘ini tinglay olish va bajarish ko‘nikmasi; - darsda o‘quvchi qoidasiga rioya etish odobi. Yuqoridagi o‘quv motivlari bolalarda shakllanmasa o‘qishning birinchi kunidanoq qiyinchilik yuzaga keladi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulot jaraѐnida bolalarni muntazam ravishda kuzatib borish talab etiladi. Tarbiyachilar ota-onalar bilan hamkorlikda bolalarda xulq-atvor sifatlarini rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Ya’ni bolalarni kattalarni diqqat bilan tinglashga, berilgan topshiriqni oxirigacha eshitib keyin bajarishga o‘rgatish. kattalar ko‘rsatmasiga ko‘ra aniq harakat qilish, vazifani bajarish vaqtida tushunmagan ѐki ѐdidan chiqqan narsalarni so‘rash, kattalar bilan ijobiy kayfiyatda muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1.L.S. Metlina “bolalar bog‘chasida matematika” Toshkent. «O‘qituvchi». Qo‘llanma-1981
2.Sh.boltayeva.“O‘ynaymiz, o‘ylaymiz, aqlimizni charxlaymiz” UIcc «Uzincomcenter» MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya Toshkent- 2002 yil.
Download 17,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish