Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Bolajonlar, bormisiz”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Bolajonlar, bormisiz”
Tarbiyachi: Bolajonlar, barchangiz bormisiz
Mashg‘ulot uchun tayyormisiz.
Bolalar: Mana bizlar hamamiz,
Zukko o‘g‘il qizlarmiz.
Mashg‘ulotga tayyormiz
So‘ngra tarbiyachi bolalardan o‘z joylarini egallab olishlarini so‘raydi.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda O‘ tovushi bor o‘rdak rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi O‘ tovushini cho`zib (o‘-o‘-o‘-o‘r-dak) so`zini aytadi va qaysi tovushga cho`zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
Tarbiyachi O‘ tovushini talaffuzini tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |