Quvnoq daqiqa
Bolalarga “Qo‘ngizlar”o‘yini taklif etiladi.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma J harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta J harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga J harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
-Soyabonning bandini
Kim sindirdi, ayt tezroq?
-Yo‘q, sira unday emas,
“J” bu-eslab qol, o‘rtoq
Amaliy masq.
Tarbiyachi J undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (jo’-ja, jib-la-ji-bon, ja-la, joy, jiy-da, baq-la-jon, jaj-ji, jo’-ja-xo’-roz) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda J undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa J harfni baland ko‘taradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |