Tarbiyachiga eslatma.
Qtovushini talaffuzida bolaga Q tovushini artikulyasion holatini egallash va shu holatda til o‘zagi tebranib, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi portillab, tebranib hosil qilinishi tushuntiriladi.
|
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Q undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Qtovushining talaffuzini o‘rgatadi.Q tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng Q harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda Q harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
Q harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga Q kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |