Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Savol-javob”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Savol-javob”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va qanday fasl, ob-havo, kun so‘raydi. Ular javob berib tarbiyachiga koptokni qaytaradilar. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga joylariga o‘tirishni taklif etadi.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda B tovushi bor Ba-liq rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi B tovushini takrorlab (b-b-b-ba-liq) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda B tovushini xo‘r bo‘lib aytadilar. U tovushi undosh tovush ekanligi, Btovushini cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmasligi tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |