O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi navoiy shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi


Sog’lomlashtirish - chiniqtirish tadbirlar rejasi



Download 3,24 Mb.
bet15/27
Sana30.03.2022
Hajmi3,24 Mb.
#519531
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
1 (8)

Sog’lomlashtirish - chiniqtirish tadbirlar rejasi


Tadbirlar

Muddati

Mas’ul

Bolalarning ko’proq ochiq havoda bo’lishi (ertalabki qabul, gimnastika, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, sayr va ko’ngilochar soatlar)

Iyun



Tarbiyachilar

Bolalarni faol harakatlanishiga yordam beradigan jihozlarni qo’paytirish

Iyun

Deriktor,
xo’jalik mudiri,
uslubchi

Chiniqtirishning har xil turlaridan foydalanish (suv, havo va quyosh vannalari)

Iyun

Katta hamshira,
tarbiyachilar

Asosiy harakat turlarini rivojlan-tirish uchun sayrda bolalar bilan yakka va kichik guruhlarda ish olib borish

Iyun

Tarbiyachilar

Taomnomaga yangi sabzavotlar, mevalar va sharbatlarni doimiy kiritib borish

Iyun

Hamshira


Ochiq havoda o’tkaziladigan tadbirlar




Bajariladigan ishlar

Muddati

Mas’ul

1

Musiqa va jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish

Muntazam

Musiqa rahbari,
jismoniy tarbiya yo’riqchisi

2

O’zbek xalq o’yinlarni tashkil etish
O’yin maydonchasida suv o’yinlarini tashkil qilish

Muntazam

Tarbiyachilar

3

Ko’ngilochar soatlarini tashkil etish (haftasiga bir marta )

Muntazam

Tarbiyachilar

4

Ekologik tarbiya: suhbat, sayr, kuzatish, jonli va jonsiz tabiatda tajriba olib borish, ajratilagan gulzorda ko’kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish



Muntazam

Musiqa rahbari,
tarbiyachilar



Ko’ngil ochar tadbirlar rejasi


Oy

Muddati

Tadbirlar

O’tkazish shakli



Iyun




«1─ iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni»

Ochiq eshiklar kuni




« Gerbarilar yig’ish

Bo’sh vaqtlarda




“Ertaklar─ezgulikka yetaklar” ertaklar kuni

Ko’ngil ochar soati




«Xalqaro do’stlik kuni»
- tabiiy materiallardan va qog’ozdan o’z do’stlari uchun o’yinchoqlar yasash
- «Do’st uchun eng yaxshi tabrik» tanlovi

«Qog’oz va tabiiy materiallardan o’yinchoq yasash», ixtiyoriy




- «Issiq yoz», «Yoz ─ bu quvonch, sevinch, xordiq va sog’liq» mavzularida rasmlar tanlovi
-

Tanlov




«Biz O’zbekistonning kichik fuqarolarimiz!»

Bo’sh vaqtlarda suhbat




Maxallaga sayir.

Ekskursiya 




“Sport - bu sog’liq garovi”

«Otam, onam va men sportchilar oilasi!» (oilaviy musobaqa)



Sport musobaqasi




Multfilimlar tomoshasi

Musiqa zali




“Ehtiyotkor piyoda” haftaligi
-«Yo’l belgilari mamlakatiga sayohat»;
- “Chorrahaga ekskursiya”;
- «Bizning shahar va uning transportlari»;

- Bolalarga yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida she’r va hikoyalar o’qib berish.



Ko’ngilochar o’yinlar





- «Mening ona Vatanim» mavzusida fotosuratlar ko’rgazmasi;
- «Eng yaxshi o’yin maydonchasi»;
- « Qumdan shahar quramiz » tanlov

Ko’rgazma


Iyul




«Iyul-yozning chilla davri»

Bo’sh vaqtlarda suhbat




«Sinchkov bola» mavzusida tadqiqotchilar kuni



Bo’sh vaqtlarda tashkil etish




Asfaltga rasm chizish
(bo’r yoki suv bilan)

Tanlov  




«Alpomish va Barchinoy izdoshlarimiz!» mavzusida musiqaviy - sport tadbiri

Musiqaviy sport o’yinlari




“Gullar kuni” (Dmtt hududidagi o’simliklarning ekologik pasporti)

Bo’sh vaqtlarda tashkil etish




“Yoz bayrami” (yoz va tabiat to’g’risidagi hikoya, she’r va qo’shiqlar kuylash)

Hikoya, qo’shiq she’r




«Yosh sayohatchilar kuni»

Sayr


Avgust




«Avgust yozning so’ngi oyi »

Ko’ngil ocharsoatlar




“Quyoshsevar olmaxonlar kuni”

Ko’ngil ocharsoatlar




“Yo’lchiroq kuni”

Ko’ngil ocharsoatlar




“Sovunli ko’pikchalar kuni”

Ko’ngil ocharsoatlar




“Shamol kuni” (pirpirak va aylanmalar yasash va ular bilan o’yinlar)

Ko’ngil ocharsoatlar




«Sevimli ertaklar» rolarga kirib bajarish.

Ko’ngil ocharsoatlar




O’yin marafonlari

Ko’ngil ocharsoatlar



NAVOIY SHAHAR MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI TASARRUFIDAGI
17- SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA


JISMONIY TARBIYA YO’RIQCHISINING
YOZGI SOG’LOMLASHTIRISH
ISHLARNI TASHKIL ETISH REJASI ASOSIDA O’TKAZILADIGAN MASHG’ULOTLAR, SPORT TADBIRLAR VA MUSOBAQALAR
REJASI




YOZGI

SOG’LOMLASHTIRISH
ISHLARNI TASHKIL ETISHDA
O’ZBEK MILLIY
O’YINLARI


Mundaraja






O’zbek milliy o’yinlar nomi



1

Chillak” o’yini



2

Kesak qo’ydi” o’yini



3

Qirq tosh” o’yini



4

Qarmoqcha” o’yini



5

Bo’ri zovurda” o’yini



6

Bekinmachoq” o’yini



7

Quvlashmachoq” o’yini



8

Boshdan do’ppini olish” o’yini



9

Uchinchi ortiqcha” o’yin



10

Qo’lingni ber” o’yini



11

Nomini eslab qol” o’yini



12

Sopalak” o’iini



13

Ko’z bog’lash” o’yini



14

Oqterak, Ko’kterak” o’yini



15

Arqon tashlash” o’yini



16

G’ozlar-g’ozlar” o’yini



17

Oydin lola g’oz bo’ldi”



18

Bo’ri va quyonchalar”



19

Jambil”



20

Mushuk uyquda”


Chillak” o’yini



Maqsad: Bolalarni jismonan chiniqtirish, cho’plarni uzoqroq otishga o’rgatish, ularni
ko’z qiri bilan qancha chamalashga (masofa necha qadam chiqishini) va ularni ravon sanashga o’rgatish hamda nafas rostlab yugurishni rivojlantirish.

Kerakli jixozlar: Bolalarga bu o’yinni o’ynash uchun 2 dona g’isht va tol daraxtidan
qilingan 2 dona cho’p kerak bo’ladi.

O’yinning borishi: Birinchi bolalar qur’a tashlab kim birinchi boshlashini kelishib
oladilar. Keyin 2 dona g’ishtning orasini 20 santimetr uzoqlikda qo’yib o’yin boshlanadi.
Birinchi bola 1 ta cho’pni g’isht ustiga qo’yib ikkinchi cho’p bilan pastdagi cho’pni ozgina yuqori ko’tarib uzoqqa otadi. Cho’p tushgan joy chizib belgilanadi. O’yin boshlagan bola g’ishtdan cho’p tushgan joygacha necha tayoq chiqishini chamalab aytish lozim. Agar cho’p tushgan joy bola aytganidek 20 yoki 30 ta tayoq chiqsa, bola shuncha ochko to’plagan bo’ladi. Agar tayoq tushgan joy 20 yoki 30 ta chiqmasa bola yutqazadi va o’yinni keyingi bolaga beradi. Bu o’yinni uch kishi yoki to’rt kishi o’ynashi mumkin. Eng kam ochko to’plagan bola masalan 200, 300 yoki 1000, ochko to’plagan bo’lsa shuncha joyni belgilab, chillik g’ishti turgan joydan 1000 cho’p chiqadigan joygacha “zuv” so’zini bir nafasda to’xtamasdan aytib borishi kerak va cho’pni o’sha joyga quyishi kerak.

Kesak qo’ydi” o’yini



Maqsad: Bolalarning xotira, eslab qolish kabi hislatlarini shakllantirishga qaratilgan.

Kerakli jihozlar: Turli hajmdagi o’yinchoqlar, o’yinchi ko’zini bog’lash uchun ro’mol.

O’yinning borishi: O’yinda barcha bolalar qatnashishlari mumkin. O’rtada yerga bir qancha
predmetlar qo’yilgan bo’lib, bolalar diqqat bilan predmetlarni ko’rib oladilar va 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ketdi deb sanaydilar. “Ketdi” so’zi kimga taqalsa shu qatnashuvchi ko’zini yumib turadi.Onaboshi o’rtadagi biror predmetdan yonidagi bolalar etagigami, stul orqasigami yashirib qo’yadi. Ko’zi yumilgan bola ana shu yashirilgan predmetning nomini qaysi bolada ekanligini topishi kerak. Topa olmasa o’ynovchilarning talablariga binoan she’r, topishmoq aytib beradi. O’yin yana boshqa o’ynovchining ko’zini yumishi bilan boshlanadi.O’yin shu tariqa davom etadi.

Qirq tosh” o’yini



Maqsad: bolalarni masofani mo’ljal olishga va diqqatni jamlash o’rgatish.

Kerakli jihozlar:sport maydonchasi, koptoklar, toshchalar.

O’yinning borishi: O’yinni maysazorda, sport zalida yoki maydonchalarda o’tkazish
mumkin. Start chizig’i boshlab har qaysi bola uchun bir xil oraliqda doiralar belgilanadi. Har bir bola tosh yoki bittadan latta koptokchani qo’lida o’ynab tayyorlanib turadi. Tarbiyachining buyrug’i bo’yicha har qaysi bola belgilangan doirada yugurib borib toshni yoki koptokni qo’yib o’z joyiga qaytib keladi. Oxirgi o’yinchi toshni borib qo’yib qaytgandan keyin bolalar tartib bilan yugurib borib o’z toshlarini qaytarib olib ketadi. Qaysi guruh birinchi bo’lib o’z toshlarini terib olib kelsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi.

“Qarmoqcha” o’yini

Maqsad: Bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish, diqqatni jamlab o’ynashga
o’rgatish.

Kerakli jihozlar: O’yin uchun 3-4 ta arqon kerak bo’ladi. Arqonning bir tomonida
qum yoki kepak solingan xaltacha bog’lab qo’yiladi.

O’yinning borishi: Hamma bolalar doira hosil qilib turadilar, boshlovchi doira o’rtasida
turib arqonchani o’z atrofida aylantira boshlaydi. Arqonni aylantirganda xaltacha baland
ko’tarilmasligi lozim. O’yinchining oyoqlariga xaltacha tegib ketmasligi uchun sakrab turadi.Arqon uchida bog’langan xaltacha o’yinchining oyoq uchi tegsa u qarmoqqa ilingan hisoblanadi.U doira o’rtasiga chiqadi va arqonni boshlovchi sifatida aylantiradi. O’yin oddiy qiziqarli bo’lganligi uchun bolalar o’z mahoratlarini namoyish qila oladilar. O’rtadagi o’yinchilar bu o’yinda uzoq turib qolmasligi uchun o’yinchini tezroq qarmoqqa ilintirib olishga harakat qilinadi. Arqonni aylantirish tezlatiladi yoki pasaytiriladi. Bu o’yin 5-6 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan.

Bo’ri zovurda” o’yini



Maqsad: Bolalarni chaqqon harakat qilishga o’rgatish, tezkorlik malakalarini
shakllantirish.
Kerakli jihozlar: O’yin maydoncha, echki niqoblari, rangli bo’rlar.


O’yinning borishi: O’yin ochiq maydonchada 6-7 yoshli bolalar bilan olib boriladi.
Hovlida oralig’i 10-15 sm bo’lgan ikki paralel chiziq chizib qo’yiladi. Bu chiziq “Zovur”
hisoblanadi. “Zovur”dan 2-3 qadam narida, maydoncha chetiga “Echkilar” uchun uycha chiziladi.
Ishtirokchilardan biri-bo’ri, qolganlari esa echkilar rolini bajaradilar. Onaboshining
“Bo’ri zovurda” degan chaqirig’iga, echkilar uylaridan chiqib zovurga sakraydilar. Echkilar sakrab o’tayotganda bo’ri ularni ushlab olishga harakat qiladi. Ushlangan echkilar zovurda turadi. O’yin 3-4 marta takrorlanadi. Ushlanmagan echkilarni bo’ri zovurdan chiqib quvlaydi.
Bekinmachoq” o’yini



Maqsad: Bolalarni hamjixatlikda harakat qilishga odatlantirish.

Kerakli jihozlar: o’yin maydoncha va o’tirgichlar

O’yinning borishi: O’yin qatnashchilari ikki guruhga bo’lingan holda maydonda o’yin olib boradilar. Birinchi guruh bolalari o’yin boshlangan joyda qoladi. Ikkinchi guruh bolalari esa maydondan uzoqroq joyga (o’tirgichlar orqasiga) berkinadilar. Birinchi guruh bolalari ularni izlaydilar. Agar ularni topsalar yana o’yin boshlangan joyga qaytib keladilar. Yashiringan bolalarni topa olmasalar: “Engildik, chiqinglar” deb aytadilar. Yutgan guruh o’yinni davomettiradi Ya’ni boshqatdan berkinadi. .

Quvlashmachoq” o’yini

Maqsad: Bolalarni chaqqon harakat qilishga va tezlik bilan yugurishga, masofani chamalashga
o’rgatish.

Kerakli jihozlar: O’yin maydoncha.
O’yinning borishi: o’yinchilar juft-juft bo’lib qatorga saflanadilar, qator oldida
ikki - uch metr narida tutuvchi qilib saylangan bola oldinga qarab turadi. Boshlovchi bir,ikki, uch degandan keyin bolalar qator oxiridan boshlab qo’llarini qo’yib yuboradilar va oldinga yugurib ketadilar. Biri chap tomondan, ikkinchisi o’ng tomondan yuguradilar. Ular qator oldiga yugurib chiqadilar va yana qo’l ushlashib tutuvchining oldiga turib olishga harakat qiladilar. Tutuvchi bolalar qo’l ushlashib olishdan avval ulardan birini tutib olishga harakat qiladi. Agar u buning uddasidan chiqsa, o’zi tutgan bola bilan juft bo’lib olib qator oldiga borib turadi. Sheriksiz qolgan bola tutuvchi bo’ladi. Agar tutuvchi bola xech kimni tuta olmasa yana bir marta harakat qiladi. O’yin shu tariqa davom etadi. O’yin barcha bolalar yugurib chiqgandan so’ng tugaydi. Shundan keyin yangi tutuvchi saylanadi .

Boshdan do’ppini olish” o’yini



Maqsad: Bolalarni jismonan rivojlantirish, epchil va chaqqon harakat qilishga
o’rgatish.
Kerakli jixozlar: o’yin maydoncha, do’ppilar

O’yinning borishi: O’yin boshlanishi oddidan bolalardan bir ikkita bola boshiga do’ppi
kiyib oladi. Uni qo’l bilan ushlab yugurishga ruxsat berilmaydi. Bolalar signaldan keyin do’ppini olishga xarakat qiladi, ya’ni do’ppi kiygan bolalarni quvlab boshidagi do’ppini olib kiyishga harakat qiladilar. Do’ppini boshiga kiygan bolalar do’ppini boshqalarga oldirmaslikka harakat qiladi. Do’ppini olgan bola do’ppini oldirgan bola bilan joyini almashadi. O’yin shu tariqa davom etadi

Uchinchi ortiqcha” o’yin

Maqsad: Bolalarni hamjixat bo’lib o’ynashga va intizomli bo’lishga o’rgatish.

Kerakli jihozlar: o’yin maydoncha va lentalar tortilgan marra

O’yinning borishi: O’yinda bolalar juft-juft bo’lib sayr qiladi, qo’l ushlashib davra
bo’ylab ikki kishi o’yinboshi bo’ladi. Birinchisi qochuvchi, ikkinchisi tutuvchi bo’ladi. Qochuvchi tutuvchidan qutilish maqsadida juftlashib turganlardan birining qo’lidan ushlaydi.
Qochuvchi qo’lini ushlagan o’yinchi ortiqcha bo’lib qoladi va qochadi. Agar tutuvchi quvlayotgan o’yinchini tuta olmasa joyi almashtiriladi. Uyin shu tariqa davom ettiriladi.

Qo’lingni ber” o’yini





Maqsad: Bolalarni chaqqonlikka, ziyraklikka, epchillikka o’rgatish. Qo’l harakatlarini
rivojlantirish.
Kerakli jixozlar: O’yin maydoncha. Maydoncha har tarafdan chiziqlar bilan chegaralanadi.
O’yinning borishi: Bir o’yinchi quvlovchi qilib tayinlanadi. U esa maydoncha o’rtasida
turadi. Qolgan o’yinchilar uning atrofida to’planadilar. Quvlovchi bor ovozi bilan “men
quvlovchiman” degandan keyin bolalar har tomonga yugurib ketadi. Quvlovchi ularni ushlash
payiga tushadi. Orqasidan quvlovchi kelayotganini sezgan o’yinchi o’rtog’idan “qo’lingni ber” deb yordam so’rashi mumkin. Qo’l ushlagan o’yinchilarni ushlab bo’lmaydi. Agar quvlovchi biror o’yinchining qo’lini ushlamasdan oldinroq uni ushlab olsa, o’yinchi quvlovchi bilan joy almashadi. Agar o’yinchilardan birortasini tuta olmasa quvlovchining o’rniga boshqa quvlovchi saylanadi. O’yin shu tariqa davom etadi.

Nomini eslab qol” o’yini





Maqsad: Bolalardagi xotira diqqat va eslab qolish qobiliyatlarini rivojlantirish,
hamda tabiat xaqidagi bilimlarini mustahkamlash.

Kerakli jihozlar: O’yin maydoncha

O’yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Onaboshi har-bir bolani qulog’iga
hayvonlar, o’simliklar, sabzavotlar va mevalarning nomini sekin shivirlab aytadi. (olma,
anor, uzum, tulki, quyon kabi). Onaboshining qo’lida koptok bo’ladi. Shundan so’ng o’rtaga kelibkoptokni “Uzum ilib ol” deydi. Uzum deb nomlangan bola koptokni ilib olishi kerak. garpredmet nomi bilan atalgan bola nomini eslab qolmasa she’r, ashula aytib raqsga tushibberadi.
Sopalak” o’yini

Maqsad: bolalarni muvozanat ushlab bir oyoqlab yurishga va masofani chamalay olishga o’rgatish.

Kerakli jihozlar: o’yin maydoncha va silliq toshchalar

O’yinning borishi: O’yindan avval 5 juft katak 2 qator qilib chiziladi. SHundan so’ng
sanash yo’li bilan o’yinchilar ketma-ketligi aniqlanadi. Boshlovchi kichkinaroq yassitoshni tanlaydi. So’ngra o’yinchi bir oyoqda chiziq boshidan sakrab, sopalakni katakka tepib, chiziqlarga tushirmasdan olib o’tadi. Kim oldin sopalakni hamma kataklariga ketma-ket oyoq bilan tepib, olib o’tsa o’sha g’olib chiqadi.


Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish