O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalaridagi qo’rquvni bartaraf etish uchun psixologik tavsiyalar



Download 3,84 Mb.
bet8/20
Sana21.03.2022
Hajmi3,84 Mb.
#505289
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
QO\'RQUV TAVSIYANOMA

Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalaridagi qo’rquvni bartaraf etish uchun psixologik tavsiyalar

  1. Qo’rquv holatini bartaraf etishda birinchi usul.

Avvalo, qo’rqmang. Farzandingizga yordam bermoqchi bo’lsangiz , umuman qo’rqmang. Bolangiz qo’rquvini yengishi uchun, birinchi navbatda siz qo’rqmasligingiz kerak.
Bolangiz qo’rqib hatto gapira olmayotgan bo’lishi mumkin. Uni nimadan qo’rqayotganini surishtirib shapaloq urmang.
Biling! Siz bolangizning yagona umidisiz. Unga sizdan ham qiyinroq. Bolangiz sizga suyanishdan boshqa najot topa olmayapti.
Farzandingizni mahkam quchoqlab , bir muddat jim nafas oling
Farzandingiz nega qo’rqayotganini aniqlash uchun tanasini tekshiring.
Farzandingizga uning yonida ekanligingizni ayting, hech narsadan qo’rqishga sabab yo’qligini keskin tushuntiring va ishonchli ovoz bilan ayting.
“Men sening yoningdaman, hammasi yaxshi bo’ladi, Sen mening himoyamdasan” – deb ayting.
Bola biroz tinchlangach, uni biroz yolg’iz qoldirishingiz va shakarli yoki novvotli iliqroq choy qilib berishingiz lozim. Endi bu qo’rquv qayerdan kelayotganini so’rab surishtirsangiz bo’ladi. So’ngra “qo’y bolam unutgin, aytma , eslatma,” demang! Titrayotgan qo’lchasini mahkam ushlang va uning yonida ekanligingizni ayting. Boshingizni sarak – sarak qilib , ko’ziga boqing va unga dalda bering,
“Hayotda hamma inson qo’rqishi mukin, sening hayotingda ham bunday holat takrorlanmaydi deb aytish yolg’on. Ammo sen qo’rquvingni yenga olishing rost”.
Har bir ota-ona farzandidagi ichki kechinmalarni doimo ko’rib, sezib turadi. Ko’pincha bolalardagi tushunib bo’lmas o’jarlik orqasida bola ota-onasidan berkitayotgan qo’rquv yotadi. Ayrim onalar farzandining “Oyi qo’rqayapman” degan gapiga e’tiborsizlik qiladi yoki “O’g’il bola ham qo’rqadimi” deb uni uyaltiradi.
Qo’rquvi bor bolalarning ota-onalari uchun tavsiyalar
1. Esingizda bo’lsin,bolalik qo’rquvlari jiddiy muammo bo’lib, ularni faqat yoshiga bog’liq qiyinchiliklar sifatida qabul qilmaslik kerak
2. Aslo rad etmang ,bola himoya kutadigan hech kim yo’qligini tushunsa ,o’z qobig’ga yashirinib oladi;
3. Bolani qo’rqitmang: “Uxlamasang- bo’rini chaqiraman” va boshqalar;
4. Farzandingizni ko’proq rag’batlantiring , maqtang, ma’qullang va ma’naviy qo’llab quvvatlang;
5. Birga o’ylab topilgan qo’rquv ustidan kuling. Bu usul sizning fantaziyaga boyligingizni ko’rsatadi;
6. Rolli o’yinlar o’ynang, ular bolada tashvish tug’diradigan deyarli har qanday vaziyatni muammosiz hal qilishga imkon beradi.
7. Qo’rquvni “davolash’’ uchun juda foydali usul-bu ertak. Ertak terapiyasi- qo’rquvni yengishning samarali usuli.

  • Bolani qorong’ulikdan qo’rqmaslik uchun xonasiga tungi chiroq yoqib qo’yish kerak;

  • Stressdan himoya qilish. Oilada sokin va tinch muhit yaratish , bolaga ortiqcha tanbeh berishdan saqlanish kerak;

  • Bolani urishishdan saqlanish kerak. Bolani urishib muammoni hal qilib bo’lmaydi;

  • Bola bilan qo’rquvni va u qo’rqadigan hamma narsani chizish. Rasmni yirtib tashlash yoki yoqib yuborishni taklif qilishingiz mumkin;

  • Bolani qo’rqqani uchun uyaltirish ,uning ustidan kulish bolaning o’ziga bo’lgan ishonchining yoqolishiga olib keladi;

  • Tez natija kutmang ,qo’rquv darhol yo’qolmaydi;

  • Eng muhimi- bolaga “ qo’rqoq” taxallusini bermang.

Telvizor – dahshatli film tomosha qilishni xohlagan kattalar buni bolalar ishtirokisiz ko’rishlari shart. Chunki kattalar uchun unchalik qo’rqinchilik bo’lib tuyulmagan manzaralar bolada qo’rquv uyg’otib, salbiy tassurot qoldiradi va mixlanib xotirasiga qoladi.
“Tarbiyaviy ‘’ usullar – ko’pincha bolaga aytganni qildirish uchun ularni yalmog’iz kampir, bo’ri va shunga o’xshagan narsalar bilan qo’rqitishadi. Bunday “tarbiya’’dan keyin bola yolg’iz qolishdan va ayniqsa,qorong’ida qolishdan qo’rqadigan bo’lib qoladi.
Psixologik muhit – bolalar psixologlari ta’kidlashicha, bolada qo’rqish paydo bo’lishiga olib keladigan asosiy sabab oiladagi psixologik muhitning nosog’lomligidir. Bolalar oiladagi psixologik muhitning qandayligini xuddi barometr kabi aniq sezib turishadi. Bu muhitning salbiy tomonga o’zgarishi bolada psixologik javob reaksiyasini keltirib chiqaradi. Bunday reaksiyalarning bir ko’rinishi qorong’ilikdan qo’rqishdir.
Vaholanki, nafaqat maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar balki, maktab yoshidagilar ham qo’rqishi mumkin. Bu o’rinda ota-onaning vazifasi uni tinchlantirish, zarur holda psixolog va nevropotolog ko’rigiga olib borish sanaladi. Aks holda boladagi qo’rquv unga bir umrlik hamroh bo’lishi, oxir oqibatda uning ruhiy holatini muvozanatdan chiqarishi mumkin. “Seni bobovga bervoraman”, “Yana kaltak yeging keldimi” kabi qo’rqituvchi gaplar xam, afsuski onalar tomonidan ko’p aytiladi va bola qo’rquvi uchun zamin yaratadi.
Vaholanki, aynan qo’rquv tungi enurez, o’jarlik, hattoki duduqlanishga ham sabab bo’lishi mumkinligini ota-onalarining hammasi ham bilavermaydi. Yana bola tabiatan qizizquvchan va u yangiliklarni o’rganishda o’zicha tajribalar qilib ko’radi. Ona bolaning bu harakatlarini tarbiyasizlik deb belgilashi esa oilda ko’pgina tushunmovchiliklarga sababchi bo’ladi. Aslida esa bola bilan kelishish lozim. Agar siz ota-ona, sifatida bolangiz bilan kelisha olsangiz bu farzand hayotida hamma bilan kelisha oladigan omadli insonga aylanadi. Amaliy psixologlarga ko’pincha bolalar qo’rquvlari haqida murojaat qilishadi. Qo’rquv bu odamlarning xavfli vaziyatlarga bo’lgan odatiy reaktsiyasidir, lekin ba’zida qo’rquv nevrotik shaklga o’tishi ham mumkin. Bunday holda nafaqat, psixologik yordam, balki ma’lum bir davolash dasturi ham kerak bo’ladi. Ammo, agar bolaning reaksiyasiga o’z vaqtida e’tibor berilsa, bu holatning oldini olish mumkin. Ko’pincha shunday holatga duch kelinadiki, uch yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarning ota-onalari ularning bolaligiga qandaydir qo’rquvlarni qanday yengish mumkin degan savolga javob izlaydi. Umuman, bolalar qo’rqishi muammosi ancha dolzarb bo’lib, bolalar psixologlari doirasida keng muhokama qilinadi. Gap shundaki, agar vaqtida mos keluvchi choralar ko’rilmasa, oddiy bolalar qo’rquvi havotirlik yoki qanchalik mantiqqa zid yangramasin, tajovuzkorlik kabi xarakter jixatlariga aylanadi. Hech qachon qo’rquvni boshdan kechirmagan odamni topish qiyin. Xavotirlanuvchanlik, qo’rquv-bu psixologik hayotimizning huddi quvonch, hayrat, g’azab, ajablanish, qayg’u kabi ajralmas hissiy ko’rinishidir.
Qo’rquv tuyg’usi tahdid soluvchi harakatga javoban paydo bo’ladi va har qanday real yoki tassavur qilingan xavfni nazarda tutadi. Yosh bilan bog’liq qo’rquv; 3-6 yoshli bolalarda hayvonlarda qo’rqish, film qahramonlari, ertaklar, uydagi janjallar, yoki kattalar tomonidan “tarbiyaviy qo’rqitish’’ uchun o’ylab topilgan xayoliy tasvirlar ustunlik qiladi. 6-8 yoshida qorong’ilik, yolg’izlik, qarindoshlardan ajralish qo’rquvi ustunlik qiladi. “Maktab n evrozlari’’ boshlang’ich maktab yoshidagi bolalar orasida keng tarqalgan. Qo’rquvning namoyon bo’lishi tashvishli kayfiyat, titroq, qaltirash, somatik alomatlardir.Biroq bolaning e’tiborini bunga qaratmaslik kerak! Qo’rquvni yengish va nevrozning oldini olish uchun bolani qo’rquv bilan yolg’iz qoldirmang va ularni holsizlik va vaziyatga dosh bera olmaslikda ayblamang. Farzandingizga yordam beradigan usullarni toping, psixolog bilan maslahatlashing. Ertak terapiya- qo’rquvni yengishning samarali usuli. Qo’rquvni davolash uchun foydali usul-bu ertak. Ertak terapiyasi- qo’rquvni yengishning samarali usuli. Axir, bu ertak bola hayotidagi bolaligidan kirib, maktabgacha bolalik davrida unga hamroh bo’ladi va umr bo’yi u bilan qoladi. Bola qorong’ilikdan qo’rqadigan vaziyatni ko’rib chiqamiz. Bu yerda asosiy e’tibor shunga qaratiladiki, bola qorong’ulikning o’zidan emas, balki balki u yashirishi mumkin bo’lgan narsalardan qo’rqadi. Shu sababli bu qorog’ulikni bola qo’rqmaydiagan ijobiy hissisyotlar uyg’otadigan biror narsa bilan to’dirish lozim. Misol uchun, bolangiz uning karavoti ostida nimadir o’tirgani va uni albatta uni ushlab olishdan qo’rqadi. Bolani uning karavoti ostida xech qanday “bobov’’ yo’qligini aytib ishontirish befoyda. Bunday vaziyatlarda bir necha strategiyalardan foydalanish mumkin. Birinchi strategiya shundan iboratki, agar karavot o’lchamlari imkon beradigan bo’lsa, bola bilan birga karavotning tagiga kirish va u yerda bir muddat birga o’tirish kerak. Bola o’z misolida u yerda hech qanday qo’rqinchli narsa yo’qligiga ishonch hosil qiladi. Agar bu taomil ko’ngildagidek natija bermasa, quyidagi qilish mumkin va lozim; ‘’ Mana ko’rdingmi, karavotning ostida ayiqchang yashaydi’’. Hamma gap shundaki, bungacha noma’lum bir shaklda bo’lgan qo’rquv, endi ma’lum bir shaklga ega bo’ladi. Odatda bolalar quyidagicha o’ylaydi; ‘’Ayiqcha qo’rqmayaptimi, demak men ham qo’rqmayman’’. Qo’rquvlarning katta qismi bitta yoki yosh xususiyatlariga ko’ra har xil darajada va vaqtinchalik xarakterga ega. Kichkintoy qo’rquvi, agar siz ularga to’g’ri munosabatda bo’lsangiz, ularning paydo bo’lish sabablarini tushunsangiz, ko’pincha issiz yo’qoladi. Agar ular og’riqli yoki yoki uzoq vaqt tursa, bu muammo belgisi bo’lib, bolaning asabiy zaifligi, notog’ri xatti-harakati haqida gapiradi,ota-onalar bolaning aqliy va yosh xususiyatlarini bilmasliklari, qo’rquvi borligi, oiladagi ziddiyatli munosabatlar ko’rsatadi. Afsuski, ko’p xollarda qo’rquv ota-onalarning aybi bilan paydo bo;ladi va bizning vazifamiz ularning paydo bo’lishini oldini olishdir. Bolalarni oiladagi muammolar, aqliy zaiflik yoki qo’rquvdan himoya qilish; aksincha, haddan tashqari g’amxo’rlik yoki oddiygina ota-onalarning beparvoligi. Bolaga ta’sir qilish va qo’rquvdan xalos bo’lishga yordam berish uchun ota-onalar hamqo’rquv nima ekanligini, qanday funktsiyani bajarishni qanday paydo bo’lishini bilishlari kerakva bolalar nimadan ko’proq qo’rqishadi tarbiyalanayotgan bolalarda psixokorreksion ishlarni amalga oshirishda bolalarning ichki dunyosi, qiziqishlari, xarakter va temperament xususiyatlari inobatga olinadi. Ularda ta’lim olish jarayonida, oilaviy munosabatlarda, guruhdagi moslashuv jarayonida, tengdoshlari bilan aloqa o’rnatishda turli muammolar yuzaga kelishi m umkin. Bu muammolar esa bolaning psixologik rivojlanishi uchun halal beradi.
Bu to’siqlar boladagi moslasholmaslik, havotirlilik, qo’rquv va hokazolar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Paydo bo’lgan muammoni bola hamisha ham so’zlab bera olmaydi.
Qo’rquvni his etayotgan bola bilan o’zini qanday tutish kerak?
1.Birinchidan, qo’rquvning sababini aniqlang;
2. Tarbiya jarayonini tanlayotganda, qo’rquv beixtiyor, ongsiz xarakterga ega ekanligini unutmang;
3. Yodda tutingki, bola o’zini xulq – atvorini boshqara olmaydi va o’zini tuta olmaydi. Shuning uchun og’zaki ishontirish samarasiz.
4. Hech qachon bolangizni qo’rqitmang (hatto u xavf ostida qolsa ham);
5. Bolani qo’rqinchli ertaklar va hikoyalar bilan ortiqcha yuklamang;
6. Agar bola qorong’u va yopiq joydan qo’rqsa , chiroqni yoqing, eshikni oching uning yonida biroz muddat qoling;
7. Bola uxlashdan qo’rqmasligi uchun, sevimli o’yinchog’ini o’zi bilan birga olib uxlasin.
8. Ba’zi hollarda kattaroq yoshli bolalarda “ sen o’zingni ozgina qo’rqqan mushukchadek tutyapsan” degan uyat yordamida qo’rquvni kamaytirishga harakat qilishingiz mumkin;
9. Qo’rqinchli voqeani bola uchun shunday o’ynashga harakat qilingki, qo’rqinchli holat kulguli yoki kundalik hayotdagi odatiy bo’lib tuyulsin. Masalan, agar bola itlardan qo’rqsa, u bilan chegarachi o’ynini o’ynang, u yerda sevimli iti bilan chegarani qo’riqlasin. Yoki undan qochib ketganida it qanday tashvishlanayotganini ayting, chunki u chindan bola bilan do’stlashmoqchi edi.
O’yindan keyin bolaning qo’rquvi behuda ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
10.Asosiysi, bolani hali qila olmaydigan ishni qilishga majburlamang!
Farzandingizga e’tiborli bo’ling, uni tinglash va tushunishga harakat qilish foydalidir.
-Agar bola tushunarli sabablarga ko’ra g’zablansa ,bunga munosabat bildirmaslikka harakat qiling,u bunga haqli, lekin qanday qilib yaxshi harakat qilish kerakligini tushuntiring.
-Bolaning oldida o’z his-tuyg’ularingizni va ularning namayon bo’lishini boshqaring, chunki u’’ ularni sizdan shimgich kabi o’ziga singdiradi’’.
-Bolaning e’tiborini atrofdagi odamlarning turli xil hayotiy vaziyatlarda o’zini tutishga jalb qilish ,bolaga tushunarli emasligini tushuntirish.
-Ommaviy axborot vositalarida, zo’ravonlik sahnalari,qotillik va hazolarni namoyish qilishdan saqlaning.
-Bolaga mehribonlik,hamdardlik,shaxsiy chegaralarni qo’llab – quvvatlash,qilingan ish uchun javobgarlikni anglashni o’rgatish kerak.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish