Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Maktabgacha ta'limda axborot xavfsizligini ta’minlash



Download 3,41 Mb.
bet3/4
Sana15.11.2022
Hajmi3,41 Mb.
#866782
1   2   3   4
Bog'liq
Axborot xavfsizligi loyiha ishi yangi

3. Maktabgacha ta'limda axborot xavfsizligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.04.2021 yildagi 255-son. Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet jahon axborot tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha.
Reyestrga kiritilgan Internet tarmog‘i resurslaridan foydalanishni cheklash bo‘yicha tashkiliy va texnik chora-tadbirlar ko‘rsin;
“O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi yordamida bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olishni monitoring qilish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari agentligi bilan axborot tizimi integratsiyasi orqali bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga navbatga qo‘yish va qabul qilish uchun yo‘llanma olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta'lim vazirligi MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda avtomatik hisobga oladigan “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimini takomillashtirish loyihasini ishlab chiqib, tajriba-sinov tariqasida poytaxtimizning Bektemir tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy qildi.
Ushbu tashkilotlarda biometrik identifikatsiya qilish, ya'ni Face ID qurilmalari o‘rnatildi. Shuningdek, “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi yurtimizda mavjud elektron to‘lov tizimlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinishi natijasida onlayn to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimining yana bir afzalligi shundaki, u tashkilotga qamrab olingan tarbiyalanuvchilar hamda xodimlarni yuz qiyofasi orqali avtomatik ravishda ro‘yxatga oladi. Bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotidagi har bir daqiqasi nazoratda bo‘ladi. Xodimlarning ham har bir kuni, soatigacha ko‘rsatilib boriladi. Agar MTTning biror xodimi ishdan vaqtli ketsa yoki sababsiz ishga kelmasa, ularning ish soati to‘laqonli yozilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, davomat masalasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ba'zi ko‘rinishdagi korruptsion holatlarga ijobiy echim bo‘lmoqda. Shuningdek, tizimda oziq-ovqat xarajatlarini avtomatik hisobga olish, tahlil o‘tkazish va lavozimlar bo‘yicha kadrlar etishmovchiligini aniqlash maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining kadrlar salohiyati haqidagi ma'lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish mumkin. Mas'ullarning ta'kidlashicha, ushbu tizimga o‘tilganidan so‘ng muassasadagi anchayin noqulayliklar bartaraf qilingan. Dastlab bu tizimni tushunib olish qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lsa-da, hozir bundan barcha mamnunligi aytilmoqda.
Mazkur tizim MTTda oziq-ovqat xarajatlarini nazorat qilishda ham afzalliklarga ega. Oshxonada ovqat tayyorlash plitalari oldida elektron tarozi qo‘yilgan. Tarozi ko‘rsatkichlarini ko‘rish uchun qulay bo‘lgan joyda internet tarmog‘iga ulangan 3 ta kamera o‘rnatilgan. Taomnoma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari bevosita qozonga solishdan avval majburiy tartibda elektron tarozida tortiladi.
Biometrik identifikatsiya qilish, ya'ni Face ID tizimi joriy etilgani MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilarining yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirish, xodimlarning ish vaqti va tarbiyalanuvchilarning davomatini real vaqt rejimida monitoring qilish, MTTlarda oziq-ovqat xarajatlarini avtomatik hisobga olishni zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali yuritish imkonini bermoqda.

— Byudjet mablag‘larining to‘g‘ri taqsimlanishida mazkur axborot tizimining o‘rni katta, — deydi Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Anvar JO‘RAEV. — Albatta, tizimni raqamlashtirish bilan bu jarayon to‘xtab qolmaydi. Bugungi kunda tajriba-sinov natijalaridan olingan xulosalar asosida uni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.


Bektemir tumanida o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta'lim vazirligi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 2022 - yil 1 - iyunga qadar “Bolalar bog‘chasi” tizimining takomillashtirilgan ko‘rinishini yurtimizdagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy etish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Respublika sanitariya-e pidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan holda, tasdiqlangan standart taomnoma asosida bolalarni ovqatlantirishga mo‘ljallangan “Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Maqsad bitta — maktabgacha ta'lim tizimini raqamlashtirish hisobiga mehnat resurslarini tejash, ish unumini oshirish hamda tizimning ochiq va shaffofligini ta'minlashdir.
OneID nima?
Yagona identifikatsiya tizimi (YaIT) OneID davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga barcha foydalanuvchilar uchun qulay foydalanish uchun mo‘ljallangan.
OneID veb-saytlarga bir qator xizmatlarni taqdim etish uchun foydalanuvchilarni aniqlash imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy ma'lumotlarini YaIT OneID-da, jumladan login, parol, to‘liq ism, JShShIR va hokazolarni oldindan ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak.
Veb-saytga kirish uchun foydalanuvchi OneID-da o‘z shaxsiy kabinetidan foydalanuvchi nomi va parolni kiritishi kerak.Shundan so‘ng, tizim kiritilgan ma'lumotlarning muvofiqligini tekshiradi va autentifikatsiya natijasini foydalanuvchi identifikatori bilan birga qaytaradi.

OneID shuningdek, veb-saytlarga bir martalik parol va elektron raqamli imzo yordamida foydalanuvchilarning qo‘shimcha autentifikatsiyasini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Buning uchun so‘rov parametrlarida qulay autentifikatsiya turini ko‘rsatishingiz kerak.


Xavfsizlik va haqiqiylik
Xavfsizlik va haqiqiylik
Yagona identifikatsiya tizimida shaxs haqiqiyligini tasdiqlash uchun foydalanuvchi elektron raqamli imzoni taqdim etishi kerak. Shunday qilib, haqiqiy shaxsning Internetdagi foydalanuvchi bilan yozishmalari ta'minlanadi. Bu eng ilg‘or davlat xizmatlarini onlayn tarzda ko‘rsatish imkonini beradi. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma'lumotlar bazalari bilan integratsiyalashganligi sababli barcha shaxsiy ma'lumotlaringizni to‘ldirishga hojat qolmaydi – aktual ma'lumotlar avtomatik ravishda yuklanadi va o‘z vaqtida yangilanadi (masalan, familiya yoki ro‘yxatga olish manzili o‘zgartirilganda).
Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish
Yuridik shaxslarni
identifikatsiya qilish
Agar siz jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot (korxona) rahbari bo‘lsangiz, o‘z shaxsiy kabinetingizda tashkilotingizni qo‘shishingiz mumkin. Buning uchun tashkilot rahbari nomiga olingan ERIni ONE ID tizimidagi kabinetingizda taqdim etishingiz kerak. Yuridik shaxsni qo‘shish orqali siz tashkilotingiz nomidan davlat xizmatlaridan foydalanish huquqini boshqa foydalanuvchilarga (xodimlaringizga) topshirishingiz mumkin.
Bitta akkaunt barcha elektron hukumat tizimlari
Bitta akkaunt -
barcha elektron hukumat tizimlari
ONE IDning elektron hukumat tizimlari bilan integratsiyasi barcha tegishli resurslarga kirish uchun bitta akkauntdan foydalanish imkonini beradi. OneID akkauntingizdan foydalanib, barcha xizmatlar va servislardan foydalanishingiz mumkin.
Boshqa saytlar bilan integratsiya
Boshqa saytlar bilan
integratsiya
Agar siz veb-sayt egasi bo‘lsangiz va har qanday xizmatlarni (bank, elektron tijorat va h.k.) taqdim etish uchun foydalanuvchini shaxsini aniqlashni istasangiz, unda OneID qonuniy va qulay usuldir. Yagona identifikatsiya tizimi qonun bilan mustahkamlangan. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Yagona identifikatsiya tizimidagi foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ishonchli hisoblanadi.

4. Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or axborot va pedagogika texnalogiyalarini joriy etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2019 yilda 487-sonli Qaroriga asosan “Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or axborot va pedagogika texnalogiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni xar tomonlama intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy rivojlantirishni ta’minlaydigan zamonaviy ta’lim dasturlari, ilg‘or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish, ularni maktabga tayyorlash darajasini oshirish, maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy standartlarini yaratish maqsadida,
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat (keyingi o‘rinlarda Innovatsion markaz deb ataladi) etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.
2. Quyidagilar Innovatsion markazning asosiy vazifalari etib belgilangan:
boshqaruvning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va maktabgacha ta’lim sohasiga joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimning tegishli ravishda ishlashini ta’minlash;
maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
axborot xavfsizligining tegishli darajasini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida yagona axborot makonini shakllantirish;
maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining innovatsion axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalari sohasidagi bilim va malakasini oshirish, innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish;
Learning Passport “Bolalik akademiyasi” raqamli platformasini optimallashtirish Oʻzbekistondagi 1,5 million bolaga naf keltiradi. Innovatsion tashabbus maktabgacha ta’lim ustuvorliklarini qoʻllab-quvvatlaydi, bu sohada ishtirok etish va sifatni kengaytiradi. 2022 yil 14-aprel – Bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. Platforma Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Learning Passport UNICEF va Microsoft hamkorligida yaratilgan boʻlib, moslashuvchan raqamli oʻquv platformasidir. Hozir platforma butun dunyo boʻylab millionlab bolalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda. Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari; mashgʻulotlar rejalari; qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan ta’minlaydi. Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Resbublikasining erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi boʻyicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, bola miyasining 90 foizi 5 yoshga qadar rivojlanadi. Bu davrda ota-onalar va pedagoglar bolaga butun umri davomida ta’lim olishi uchun mustahkam poydevor qoʻyishda yordam berishlari mumkin. Buning uchun tarbiyalovchi va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratishlari, bola bu orqali oʻrganishi, rivojlanishi va yutuqlarga erishisha olishi zarur.
"Ushbu ahamiyatli davr hayotda faqat bir marta keladi, shu bois u maktabgacha yoshdagi millionlab bolalar uchun juda muhimdir. Ular butun umri davomida erishadigan jismoniy va ruhiy natijalar, moliyaviy taʼminlanganlik darajasi aynan shu vaqt ichida koʻrsatiladigan yordamga bogʻliq”, dedi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.
Mazkur texnologik innovatsion gʻoya butun mamlakat boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qatʼi nazar, yuqori sifatli oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini beradi.
“Maʼlumotlarga koʻra, aynan erta va maktabgacha yoshdavrida sarmoya kiritish foydali. Bolalarni erta yoshidanoq tarbiyalash, himoya qilish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi. Erta ta’limga kiritilgan sarmoya 16 baravar koʻpayib qaytadi, – dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – Shuning uchun ham UNICEF Oʻzbekistonda Learning Passport “Bolalik akademiyasi” oʻquv platformasini ishga tushirish boʻyicha innovatsion yondashuvni tatbiq qildi. Ushbu platforma 3–6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlariga imkon yaratadi”.
«Bolalik akademiyasi» platformamiz eng avvalo sifatli ta'lim olamidir. Pedagoglar zamonaviy metodikalar asosida tayyorlangan mashg‘ulotlardan foydalanishi, o‘z ustida ishlashlari uchun qo‘shimcha mutolaa manbalarini qo‘llashi, ota-onalar esa bola ta'lim tarbiyasi va parvarishi bo‘yicha foydali ma'lumotlarni o‘zlari uchun kashf etishlari mumkin", dedi Shahnoza Mirziyoyeva.
Bu tizimning xavfsizlik tizimi shundaki bu platformaga mobil raqam orqali kiriladi. Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
“ Bilim Makon” markazi direktori Oyatullo Rahmatullayevga koʻra: “Pedagoglar – bola hayotiga eng koʻp ta’sir koʻrsatadigan shaxslardan biri. Ular malaka oshirish kurslarida oʻqib, yangi bilim va koʻnikmalarni egallashlari va uni oʻz ish faoliyatlarida qoʻllashlari mumkin boʻladi. Tarbiyachilar zamonaviy va ilgʻor taʼlim amaliyotlaridan foydalanganda bolalar jismoniy, hissiy va ta'limiy jihatdan oʻsishga erishadi. “Bolalik akademiyasi” pedagoglarimizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun katta qulayliklar taqdim etadi”.

Ota-onalar va vasiylar bolalar sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan poydevorni yaratadilar. “Bolalik akademiyasi” uyda ta’lim berish borasida beqiyos koʻmakchidir. U oddiy mashgʻulotlar kutubxonasi va ota-onalar uchun maslahatlar, birgalikda oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Birgalikdagi oʻyinlar ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini rivojlantiradi.
“Bolalik Akademiyasi” bolalar foydalanishi uchun ham qulay. Ular savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi oʻyinlarni oʻynashlari, oʻz ona tillaridagi elektron kitoblarni oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻquv-koʻngilochar videolarni tomosha qilish va yosh ga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.
“Bolalik akademiyasi”ni ishga tushirish orqali Oʻzbekiston boʻylab 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.


Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish