Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 3,41 Mb.
bet1/4
Sana15.11.2022
Hajmi3,41 Mb.
#866782
  1   2   3   4
Bog'liq
Axborot xavfsizligi loyiha ishi yangi


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA TAʼLIM VAZIRLIGI

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Maktabgacha ta’lim AKT-6-11 guruh

MAKTABGACHA TA’LIMDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH”




Toshkent-2022
Tuzuvchilar:

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti AKT-6-11 guruh tinglovchilari
Xolboyev Jonibek Shavolat o‘g‘li
Uluqberdiyev Nurbek Shavkatovich
Saparbayev Bekzad Raxat uli

LOYIHA KARTOCHKASI



Guruh: AKT-6-11

Sana:25.10.2022

Shifr:

MAVZU: “Maktabgacha ta'limda axborot xavfsizligini ta'minlash” mavzusida malakaviy loyiha ishini tayyorlash. (Tavsiyanoma)

LOYIHA RAHBARI:

Yu.R.Jumaev

LOYIHA ISH ISHTIROKCHILARI

1. Xolboyev Jonibek Shavolat o ‘g‘li
2. Uluqberdiyev Nurbek Shavkatovich
3. Saparbayev Bekzad Raxat uli

MUNDARIJA
1.KIRISH……………………………………………………………………4
2. Axborotni himoyalash………………………………..………………. 5-11
3. Maktabgacha ta'limda axborot xavfsizligini ta’minlash ...……...……11-16
4. Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or axborot va pedagogika texnalogiyalarini joriy etish ……………………………………………………………….……16-20
5.Xulosa …………………………………………………….………….. 21
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………. 22

Kirish
Respublikamizda bugungi kunda maktabgacha ta’lim soahasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasi o‘laroq yangi sharoitlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash zamonaviy metodologiyasini yaratish davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yonsashuv asosida takomillashtirish o‘quv metodik majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida AKT texnologiyalarini amaliyotga joriy etishni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib u nafaqat ta’lim sifatini oshirishga balki ta’lim jarayoni ishtirokchilarini intellektual va ijodiy salohiyatini ochib berishga axborot salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi. Mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabr, “2017 — 2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-son hamda 2017 yil 9 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son, 2018 yil 30 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son kabi qator qaror, qonun va qonun osti hujjatlari yaratildi. 
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda.
Hozirda ‘axborot tushunchasi’ sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi.
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri - sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan. Asrlar davomida bu san’at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.

Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish