5. Xulosa
Xulosa qilip aytganda hozirgi kunda axborot xavfsizligi masalasi juda dolzarb masala bo‘lip qolmoqda kun sayin texnologiyalarimiz rivojlanib, har xil dasturlarimiz yashash hayot tarzimizni osonlashtiryapti va bizni hayotimizni bir qismiga aylanib qolmoqda. Bilamizki texnologiya bo‘lgan joyda kamchilik ham paydo bo‘ladi va o‘sha kamchilikni payqagan g‘araz niyatli kishilar bundan foydalanib har xil taxdidlar qilishga harakat qilishadi. Bu taxdid va kiberxujumlarni oldini olish maqsadida axborot xavsizligini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Biz bu ilmiy ishimiz “Maktabgacha talimda axborot xavfsizligini taminlash” orqali o‘zimiz bilgan bilimlarni yanada mustahkamlab, bilmagan bilimlarimizni o‘rganib oldik.Yani biz maktabgacha talim tizimidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordik.
“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimining bir afzalligi shundaki, u tashkilotga qamrab olingan tarbiyalanuvchilar hamda xodimlarni yuz qiyofasi orqali avtomatik ravishda ro‘yxatga oladi. Bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotidagi har bir daqiqasi nazoratda bo‘ladi. Xodimlarning ham har bir kuni, soatigacha ko‘rsatilib boriladi. Agar MTTning biror xodimi ishdan vaqtli ketsa yoki sababsiz ishga kelmasa, ularning ish soati to‘laqonli yozilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, davomat masalasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ba'zi ko‘rinishdagi korruptsion holatlarga ijobiy echim bo‘lmoqda.
Bizni fikrimizcha Bolalar bog‘chasi axborot timining xavfsizlik jihatini yanada takomillashtirish kerak, chunki davomat masalasida har xil kamchiliklari bor, shuni takidlash kerak misol tariqasida bu tizimda rasm joylaymiz, lekin tizimni o‘zi bu rasmni joylashtirmaydi, buni tashkilotni o‘zi joylashtirib o‘zi davomat qiladi. Bu holat har xil tizimning xatosidan foydalanib boshqa bolani yo‘qlama qilish imkoniyatini yaratadi tashkilotga.
Axborot xavfsizligi bugungi kunda respublikamizning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishning eng muhim elementi darajasiga ko‘tarilmoqda. Axborot xavfsizligi madaniyatini mamlakatning tijorat tashkilotlari va davlat tuzilmalari faoliyatining barcha sohalariga chuqur singdirmasdan bozor ishtirokchilarining elektron hamkorligini kengaytirish va yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish mumkin emas. Tashkilotlarda axborot xavfsizligi madaniyatini oshirishning eng samarali vositasi bo‘lgan axborot xavfsizligi siyosati zamonaviy sharoitda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, yurtimizda iqtisodiy faoliyat va davlat boshqaruvi jarayonlarining raqamlashtirilishi kuchayishi bilan axborot xavfsizligi siyosatining roli tobora oshib bormoqda.
ADABIYOT RO‘YXATI
S.K. GANIYEV, M.M. KARIMOV, K.A. TASHEV AXBOROT XAVFSIZLIGI. Toshkent – <> -2017Arxiv.uz
Google.com
Bbit.uz
Mdo.uz
Id.egov.uz
ZiyoNet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |