Agressiya, shuningdek, bola haqiqiy yoki xayoliy xavfni ko'rgan hollarda qo'rquv yoki xavotirning namoyon bo'lishi sifatida o'zini himoya qilish mexanizmi sifatida paydo bo'lishi mumkin. Agressivlikni ko'rsatib, bola o'zini himoya qilishga, o'zini boshqa yo'l bilan bartaraf eta olmaydigan narsadan himoya qilishga intiladi. U jasorat illyuziyasini yaratadi. E.Eriksonning fikriga ko'ra, dushmanlik va tajovuzkorlik bolada hayotning birinchi yilida dunyoga asosiy ishonchning shakllanishi yo'qligi bilan bog'liq. Odamlarga va dunyoga ishonch tuyg'usining rivojlanish darajasi ona tomonidan ko'rsatiladigan g'amxo'rlik sifatiga bog'liq. To'liq onalik g'amxo'rligi bolaning o'ziga ishonchini ta'minlaydi, tashabbus ko'rsatishdan, xato qilishdan va hokazolardan qo'rqmaydi. Agar bola to'liq onalik g'amxo'rligini olmasa, u holda xatti-harakatlarning tajovuzkor shakllari ko'rinishidagi o'zining himoya reaktsiyasi ishlab chiqiladi va mustahkamlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar inqirozi.
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P. P. Blonskiy, B. G. Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug‘ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi uzining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;
Chaqaloqlik davri inqirozi.
Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi iiqiroz.
Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.
Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.
Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha- 13 yoshdagi inqiroz.
Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz.
L.S.Vigotskiy uzining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha munozarali, bahsli o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiytarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi mulohazali va olg‘a surgan g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, ya’ni har qaysi rivojlanish pallasida biror bir faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
Bolalarda tajovuzkorlikning paydo bo'lishining sabablaridan biri, A.Adlerning fikriga ko'ra, bola ancha vaqt davomida boshdan kechiradigan pastlik tuyg'usini engishga intilishdir. Yetuklik, mustaqillikning yo'qligi, ishonchsizlik o'z bo'ysunuvchi mavqeining og'riqli tajribasiga olib keladi, har qanday holatda ham kuchli va malakali (kattalar ustidan) ustunlikka erishish istagi paydo bo'ladi. Albatta, bu ijtimoiy-pedagogik tartibning sababidir. Bolaning his-tuyg'ularini qanday bilmaydigan yoki tushunishni istamaydigan, uni kamsitadigan, uning ustunligini ko'rsatadigan, tajovuzkor xatti-harakatlarning paydo bo'lishini rag'batlantiradigan kattalar.
Ma’lumki, ilk yoshdagi bolalarda (yangi chaqaloklarda) asosan organik ehtiyojlar (masalan: ovqatlanish, tashnalikni qondirish, uxlash kabi)lar mavjud bo‘ladi. Bolaning faoliyat doirasi kengaygan sari atrofidagi narsalarni bilishga qaratilgan ehtiyojlari ham orta boradi. Bunga sabab bolada turmush tajribasining ozligidir. Har bir narsa bola uchun yangilik bo‘lib tuyuladi va bola uni har tomonlama bilib olishga intila boradi. Shuning uchun ham ular juda ko‘p savollar beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik jixatdan rivojlanishlarida maktabgacha ta’lim tashkilotida muhiti juda katta rol o’uynaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida xayotining ko‘p qirrali va sermazmunligi bolalar bilish faoliyatlarining kengayishiga hamda chuqurlashishiga yordam beradi. Bu esa asosiy bilish jarayonlari bo‘lgan – sezgi, idrok , tasavvur, xotira va tafakkur kabi jarayonlarning xarakterini o‘zgartirib yuboradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidagi bolalarda bu asosiy bilish jarayonlari bir-biridan differensiyalashgan (ajratilgan) bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidagi bola biron o’yin faoliyati yoki biron narsa bilan mashg‘ul bo‘lishi jarayonidagina emas, balki bunday amaliy faoliyatdan tashqari ham biror narsa yoki hodisani idrok qilishi, tasavvur etishi, esida olib qolishi, esiga tushurishi hamda oddiy tarzda tafakkur qilishi mumkin. Shuning uchun bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidagi davrida ana shu asosiy psixik jarayonlari va xususan tafakkur hamda nutq jarayonlari jadal rivojlanadi.
Bolalar kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarida narsa va xodisalar haqida elemantar tushunchalar tizimini egallab olib, tafakkur qilishga o‘rgana boshlaydilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidagi bolalarga xos bo‘lgan «nimaga?», «nima qiladi?», «nima keragi bor?» kabi ko‘p savollar ularni narsa va xodisalarning sabablari haqida fikr yurita boshlayotganliklaridan darak beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidagi bolalarning his-tuyg‘ulari nihoyatda kuchli bo’uladi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidagi bolalarning his-tuygulari chuqur va mustahkam bo‘la boshlaydi. Bolalarda maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidan boshlab axloqiy, intellektual va estetik xissiyotlarning eng sodda turlari yuzaga kela boshlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidan boshlab bolalarda iroda va irodaviy sifatlar ham tez rivojlana boshlaydi. Ularda o‘zining butun hatti-harakatlarini ongli ravishda qo‘yilgan umumiy bir maqsadga bo‘ysundirish o’quvi yuzaga kela boshlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidagi bolalarda ayrim psixik jarayonlarning rivojlanishi bilan birga ularning shaxsi va shaxsiy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Bolaning tashqi muhitdagi narsa va hodisalar hamda o‘ziga nisbatan bo‘lgan to‘g‘ri, oqilona munosabatlarining asosi xuddi shu davrda yuzaga keladi.
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim tashkilotida yoshidagi davrda bolaning qobiliyatlari tez rivojlanib, yangi-yangi ehtiyojlar va qiziqishlari hosil bo‘ladi. Bola shaxsining ana shunday rivojlanib borishi natijasida uning xarakteriga oid xislatlar namoyon bo‘la boshlaydi.
Bu davr rivojlanishining ijtimoiy situatsiyasi quyidagilardan iborat: bola – predmet – katta odam. Bu davrda bola diqqat e’tibori predmetga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari bu davrda idrok, intellekt va nutq faoliyatlari rivojlanadi. 3 yosh inqirozi
Bu davr krizisi haqida Elda Gepper uch yoshli bola shaxsi haqida- ilmiy ishida bir necha muhim belgilarni ko‘rsatib o‘tgan:
-Negativizm. Kattalarning ba’zi talablariga bola umuman rioya qilmaydi. -O‘jarlik. Shaxsiy fikrga ega bo‘lib, bola o‘z fikri va talablarini qildiradi. U bilan hisoblashishini hohlaydi.
- Kattalarni tan olmaslik.
- Qarshilik – ota-onalar bilan urishishda namoyon bo‘ladi.
- Mustaqillik. Mustaqillikka intilish. Bu krizis davrida bolaning mustaqil faoliyat yurita olish, kattalarga taqlid qilish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |