MARG`ILON 2020 – YIL
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori tomonidan 2017 yilda tasdiqlangan namunaviy o’quv rejada “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” faniga ajratilgan soatlar miqdori: O’quvchining umumiy o’quv yuklamasi 156 soat, shu jumladan mashg’ulot turlari bo’yicha ajratilgan soatlar: nazariy darslar __ soat, amaliy dars __ soat, mustaqil ish __ soat.
№
|
Mashg’ulot turlari
|
Ajratilgan soat
|
Shu jumladan semestrlar bo’yicha
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
1
|
Auditoriya jami yuklamasi
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Nazariy mashg’ulot
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Amaliy mashg’ulot
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Seminar
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Laboratoriya mashg’uloti
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
Kurs ishi (loyihasi)
|
|
|
|
|
|
|
|
7
|
Yakka tartibli mashg’ulot
|
|
|
|
|
|
|
|
8
|
O’quvchining mustaqil ishi
|
|
|
|
|
|
|
|
Kirish
Til –millat ma’navivati ko’zgusi. Til –eng muhim aloqa –aralashuv quroli. Ma’lumki til birliklari nutq jarayonida rivojlanadi.Til va nutq o’zaro uzviy bog’liq hodisalardir. Fan va texnika tez suratlarda takomillashib borishi natijasida, bugungi kunda erkin fikirlaydigan kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifa sanalmoqda.Shunday ekan tafakkur bilan bevosita bog’liq bo’lgan jarayon nutqni takomillashtirish ham mutaxasislarning diqqat markazida bo’lishi tabiiydir.
Bolalarda fikrlash doiralarini kengaytirish, analiz-sintez, taqqoslash, umumlashtirish shu bilan bir qatorda kuzatuvchanlikni, nutqini va bilimga qiziqishlarini rivojlantirish lozim, bunda bo`lajak tarbiyachilar MTT tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan Davlat talablari” va Maktabgacha ta’lim myassasalarining tayanch dasturi, “Bola shaxsiga yo`naltirilgan ta`lim” asosida bilim berib boradilar. Ushbu dastur kollej o`quvchilarini maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqini rivojlantirish asoslari bilan tanishtirishni ko’zlaydi.
Ushbu kursni o’rganish jarayonida o’quvchilar bolalarda nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslarini o’zlashtiradilar.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi:
“Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” fanining asosiy maqsadi o’quvchilarga maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilada bolalar nutqini rivojlantirish, ularning og’zaki nutqidagi kamchiliklarni aniqlab ,bartaraf etish metod va usullari haqida bilim berish.
O’quvchilarda shu fanga bo’lgan qiziqishni va ijodiy yondoshishni vujudga keltirish.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq ma’daniyatini tarbiyalash.
Fanning vazifalari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko’ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
- bola nutqiga ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’lini to’g’ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini ,balki uning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
- bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirishning aniq metodlari va usullari haqidagi bilimlar o’zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo’llay olinishini ta’minlash;
- metodik adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo’lgan bola nutqiga ta’sir ko’rsatishningo’ziga xos usullari va metodlarini yaratishga intilishni rag’batlantirish.
Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
Bilimlar:
МТTdа vа oilada maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqini o`stirish va savodga tayyorlash
O’quvchilarga bolalar nutqini rivojlantirish xususiyatlari va nutq malakalariga o’rgatish metodlari haqida zaruriy , nazariy va amaliy bilimlar berish.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni grammatik jihatdan to’g’ri nutqini shakllantirib borish. Bolalarning dialogik va monologik nutqini o’stirish. Bolalarni boshlang’ich savodga o’rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni og’zaki nutqini rivojlantirish.
Fanni o’qitish MTT va oila hayoti bilan chambarchas bog’langan bo’lishi, amaliy mashg’ulotlar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada o’tilishi hamda
MTT tarbiyachilarining ilg’or tajribalariga asoslanishi kerakligi haqida tushunchalar berish.Fanni o’qitish jarayonida yangi pedagogik, innovatsion va axborot tehnologiyalaridan keng foydalanish.
Ko’nikmalar:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqini rivojlantirish,o`qish va savodga tayyorlash ko`nikmalarini ta’lim –tarbiya jarayonida rivojlantirish.
O’quvchilarni maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha ishlarni amaliy ravishda tashkil eta olish malakalarini hosil qilish. Nutq o’stirish bo’yicha ishlarni rejalashtirish va hisobga olish.
O’quvchilarni asosiy o’quv va metodik qo’llanmalar bilan ishlash malakalarini tarkib toptirish. Maktabgacha ta’lim muassasa va oiladagi ta’lim berish jarayonida ko’rgazmali qurollardan to’g’ri va yetarlicha foydalanish.
Malaka
МТT dа vа oilada bolalar nutqini rivojlantirishda ,lug`atini boyitish, Grammatik tuzilishi,nutqning tovush madaniyatini, bog`lanishli nutqni rivojlantirish,badiiy adabiyot bilan tanishtirish, o`qish va savodga tayyorlash mashg`ulotlarini o`tkazish
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
“Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” fani 4-, 5-6 semestrlarda o’qitiladi. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi fani o’qitish o’quvchilarni hozirgi zamon ona tili (o’zbek, rus),bоlalar adabiyoti ,anatomiyasi fiziologiyasi pedagogika va psixologiya fanlardan olgan bilim, malaka va ko’nikmalarga tayangan holda amalga oshiriladi.. Ta’lim jarayonida o`qitishning an`anaviy va interfaol usullaridan foydalanganda ular izchil va ketma-ketlikda qo`llanishi lozim, bunda ta`lim metodlari va texnologiyalari mavzuning didaktik vazifasi hamda o`quv materialining mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |