Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim mudiri hamda sho‘ba mudiri tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim- tarbiya sifatini ta’minlash va uzluksiz metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash;
–bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularni maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativhujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qilish;
–tashkilotlarni attestatsiya va akkreditatsiyadan sifatli o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ichki va tashqi baholash jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda “ONAKS” elektron platformasiga o‘z muddatida joylashtirib borish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini o‘rganish hamda o‘rganish natijalari asosida ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash, metodik yordam ko‘rsatish;
–ta’lim-tarbiya jarayoni sifatli deb topilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida tayanch ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish, ularning negizida ilg‘or tajribalar almashish,
yangi pedagogik, axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishni ta’minlash;
–tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga metodik xizmat ko‘rsatish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’limga qo‘yilgan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga mos shart-sharoitlar yaratilishini o‘rganish;
–maktabgacha ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimiz va jahonda sohani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini pedagoglar, ota-onalar hamda tarbiyalanuvchilar ongiga yetkazishni nazarda tutadigan seminarlar tashkil etish;
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi kuzatuv kengashlari hujjatlarini rasmiylashtirishga metodik yordam berish va hujjatlar yuritilishini nazorat qilish;
–bolalarning rivojlanish xaritalari yuritilishini nazorat qilish, xulosalar yuzasidan tegishli metodik maslahatlar berish;
–maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog va rahbar xodimlar o‘rtasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanadigan va amaliyotga tatbiq etadigan ilg‘or ish tajribalarni aniqlash, o‘rganish va ommalashtirishga doir hujjatlarni umumlashtirish;
–maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik va psixologik usullar bilan o‘qitishning ilg‘or shakl va usullarini o‘yinlar orqali joriy etilishi yuzasidan amaliy metodik yordam ko‘rsatish;
–ta’lim berish tilidan kelib chiqib, pedagoglarning o‘quv-metodik qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash yuzasidan ma’lumotlar bankini yaratish, so‘rovnomalar o‘tkazish va tahlil qilish;
–maktabgacha ta’lim tizimiga doir bolalar badiiy adabiyotlari, metodik adabiyotlar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlab, bo‘lim mudiriga o‘rnatilgan tartibda buyurtmalar kiritish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy salohiyati va ta’lim sifatini oshirish maqsadida metodik adabiyot va qo‘llanmalarning pedagoglar va ota-onalarga yetkazilishini ta’minlash;
–bo‘limning tegishli sho‘balari bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini amalga oshirish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |