§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
Mashg‘ulotlarning milliy standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1219
Xodimlar toifasi
Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
–o‘qitishning zamonaviy shakllarini, innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik yordam berish;
–maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari hamda dasturiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish;
–maktabgacha ta’lim sohasida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha ilg‘or, zamonaviy multimedia dasturlarining loyihasini ishlab chiqish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni yaratish ishlarini tashkil etadi;
–tinglovchilarning kasbiy faoliyatida axborot maydonini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
–axborot texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirish kurslari uchun o‘quv dasturlari mazmunini ishlab chiqish;
–ishonchli va xavfsiz axborot ma’lumotlar bazasini yaratish, axborot resurslari va xizmatlarini rivojlantirish, axborot almashinishning elektron shakllariga izchil, bosqichma- bosqich o‘tishni amalga oshirish;
–boshqaruv, fan va ta’lim sohasida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy
etish;
–qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallash va faol qo‘llashga asoslangan ilg‘or o‘qitish tizimlarini kiritish;
–maktabgacha ta’lim xodimlarini masofadan qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim dasturlari va o‘quv materiallarini tuzishda qatnashish;
–masofadan qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining hujjatlarini rasmiylashtirish, o‘quv jarayonining me’yoriy hujjatlariga mos ravishda o‘tishini nazorat qilish va dars soatlarining bajarilishini hisobga olib borish;
–maktabgacha ta’lim xodimlarini masofadan qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari o‘quv jarayoni jadvalini tuzish va o‘quvlarni tashkil qilish;
–tegishli kafedralar bilan hamkorlikda masofadan qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga jalb qilinuvchi konsultant o‘qituvchilar-tyutorlar tomonidan o‘quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan bildirishnomalar tayyorlash;
–tinglovchilarning kontakt sessiyalariga qatnashish davomati va ularning o‘zlashtirishini nazorat qilish;
–tinglovchilar bilan doimiy aloqa bog‘lash, zarur metodik yordam berish, yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarilishini xolisona baholashni nazorat qilish;
–maktabgacha ta’lim xodimlarini masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirish monitoringini olib borish.
–axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi bevosita o‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi.