Klod Debyussining hayoti va ijod yo‘li
Klod Debyussi XIX-asr oxiri XX-asr boshida yashab ijod qilgan buyuk frantsuz kompozitori, fortepiano ijrochisi va musiqiy tanqidchisidir. Musiqa san’atidagi impresionizm uslubida ijod qilgan kompozitor hamda impresionizm uslubining musiqadagi asoschilardan biri hisoblanadi.
Klod Ashil Debyussi 1862-yil 22-avgustda Parijning Sankt-German shahri yaqinida tug‘ilgan.3 Uning ota-onasi ish soxalari musiqadan uzoq bo‘lishiga qaramasdan musiqa san’atiga juda qiziqishardi. Lekin haqiqiy professional san’atdan uzoq edilar. Bo‘lajak kompozitorning bolalikdagi musiqiy taassurotlari kelajakdagi badiiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Debyussi bolaligidan fortepiano chalishni o‘rgandi. Klod ajoyib qobilyatini ko‘rgan pianinochilar va oila a’zolari 1873-yilda parij konservatoziyasiga o‘qishga berishdi. Ushbu ta’lim muassasasi XIX asrning 70-80-yillarida yosh musiqachilarni o‘qitishning eng konservativ va muntazam usullarini qo‘llab quvatlardi. Konservatoriyaning o‘qituvchilari orasida taniqli musiqachilar – S.Frank, L.Delip, E.Girolar bor edi. Ular imkon qadar Parijning musiqiy hayotidagi har bir yangi hodisani, har bir o‘ziga xos ijro va kompozitorlik qobilliyatini qo‘llab quvatlaganlar.
Debyussining pianistlik qobiliyati juda tez rivojlandi. Talabalik yillarida uning ichki mazmun, hissiylik, noziklik, xilma-xilligi va ovoz palitrasining boyligi yuqoti darajada bo‘lganiga qaramasdan tashqi vertuozlik va yorqinligi bo‘lmagani sababli ujro uslibi o‘ziga xosligi konservatoriya o‘qituvchilari hamda tengdoshlari tomomidantan olinmagan.
Debyussining 70-yillarning ohiri va 80-yillarning boshlaridagi birinchi vokal asarlari uning asl talantini namoyon qila oldi desak mubolag’a bo”lmaydi.
1883-yilda Debyussi Katta Rim mukofotini olish maqsadida konkurslarda kompozitor sifatida ishtirok eta boshladi. Keyingi yili esa u “Блудный Сын” kantatasi orqali ushbu mukofotga sazovor bo’ldi. Bu asar fransuz lirik operasiga o’zining katta ta’sirini ko’rsata oldi.
Debyussining ijodi 90-yillarga kelib yuqori cho’qqilarga chiqdi.
Debyussi musiqa san’atidagi impressionizm uslubining asoschisidir. U o‘z ijodida fransuz musiqa an’analariga - klavesin uchun asarlar yaratgan F.Kuperen va J.F.Ramo, lirik operalar va romanslar yozgan Sh.Guno va J.Massne erishgan natijalarga tayangan holda o‘z faoliyatini olib borgan. Debyussi dunyoqarashiga rus klassik kompozitorlari - M.P.Musorgskiy va N.A.Rimskiy-Korsakovlar ijodi kuchli ta’sir ko‘rsatdi. O‘z ijodida turli tajribalarni umumlashtirgan K. Debyussi o‘z uslubini yaratdi va impressionizmning birinchi namoyondasi sifatida musiqa san’ati tarixida qoldi.
Debyussi ijodiga fransuz impressionist rassomlari K. Mone, E. Mone, E. Dega, K. Pisarrolar yaratgan asarlar ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Debyussi ular kabi musiqa asarlarida bir lahzali o‘tkinchi tassurotlarni, inson hissiyoti va tabiat hodisalarining eng nozik belgilarini ifodalab berdi. Kayfiyatlarning tez-tez o‘zgarib turishi, noziklik va nafosat, kuylar tuzilishidagi erkinlik, go‘zal va rang-barang garmoniyalarni ishlatish Debyussi asarlariga xos xususiyatdir.
O‘zi ajoyib fortepiano ijrochisi bo‘lgan kompozitor tamoman yangi fortepiano ijro uslubini yaratdi. Shuningdek simfonik orkestr uchun yozgan asarlarida Debyussi orkestr ifoda vositalarini yanada boyitdi, yangi rangdor tembr buyoqlarni qidirib topdi. Debyussi ko‘p janrlarda ijod qildi. Uning "Pelleas va Melizanda" operasi, "O‘yinlar" nomli baleti, "Daydi o‘g‘il" va "Franciyaga madhiya" nomli kantatalari mashhur. Simfonik orkestr uchun yozilgan "Favnning kun yarmidagi oromi", "Noktyurnlar", "Dengiz" nomli uch manzara, "Obrazlar" nomli asarlari doim ijro etiladi. Debyussining kamer ansambllari uchun yozilgan asarlari va fortepiano asarlari ham katta e’iborga loyiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |