O‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi



Download 33,28 Kb.
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi33,28 Kb.
#771924
  1   2   3
Bog'liq
kurs ishi Debyussi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYaT VAZIRLIGI
YuNUS RAJABIY NOMIDAGI O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI INSTITUTI
O‘ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYaSI KAFEDRASI


O‘zbek musiqasi tarixi fanidan


Kurs ishi


Mavzu: Klod Debyussining fortepiano uchun “Arabeska” asarining garmonik tahlili.


Bajardi:"Musiqashunoslik" ta’lim yo‘nalishi
2-kurs talabasi Axmadjonova Asila
Ilmiy rahbar: “O‘zbek maqom tarixi va nazariyasi” kafedrasi katta
o‘qituvchisi: Munojot A’zamova.
Toshkent - 2022
KIRISh
ASOSIY QISM:

  1. Impresionizm uslubi

  2. Klod Debyussining hayoti va ijod yo‘li

  3. Arabeska” asarining garmonik tahlili.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YHATI.


Kirish

Yevropa musiqa san’ati tarixida ko‘plab kompozitor va bastakorlar o‘z ijod mahsullari bilan yorqin iz qoldirganlar. Yevropa san’ati rivojlanishida bir qator janrlarni o‘z ichiga olgan.

Ushbu kurs ishini yozishimizdan asosiy maqsad impresionizm uslubi haqida yozish, impresionizm uslubi musiqa san’atiga kirib kelishi, ushbu uslubning musiqadagi o‘ziga xos ko‘rinishi uning ifodaviyligi haqida yoziladi.
Impresionizm uslubida ijod qilgan kompozitorlardan biri Klod Debyussining hayotini qisqacha bayonini berib o‘tish hamda ijodiy faoliyati tog‘risida batafsil yoritib berishga qaratilgan. Kompozitorning “Arabeska” nomli fortepiano uchun yozilgan asarinini garmonik tahlilini qilib, tahlil qilingan asarni o‘rganib chiqish orqali biz impresionizm uslubi bilan yaqindan tanishib chiqmoqchimiz.
Impresionizm uslubi

Musiqa san’tida XVIII-XIV asr romantizm oqimi tugashi bilan G‘arbiy Yevropa san’atida XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida paydo bo‘ldi. Impresionizm oqimi avval tasviriy san’atda, keyin esa she’riyat va musiqada rivojlandi. Shu o‘rinda impressionizm so‘zining ma’nosiga to‘xtslib o‘tsak. Impressionizm fransuzcha bo‘lib, “impression-taassurot” degan ma’noni bildiradi.1 Bu ijodiy uslubning asosini borliqdan, atrof muhitdan olingan taasurotni bir lahzali o‘tkinchi lavhalarda, bir-birini almashtirib turadigan obrazlarda tasvirlashga intilish tuyg‘ulari tashkil etadi.


Yuqorida aytib o‘tilganidek impressionizm uslubi dastlab fransuz rassomlari Eduard Mane, Klod Mone, Ogyust Renuar, Edgar Dega, Kamil Pisarro asarlarida namoyon bo‘ldi. Musiqa san’atida esa impressionizm frantsuz kompozitorlari Klod Debyussi va Moris Ravel ijodida qaror topdi. Bu kompozitorlar butun hayotiy va ijodiy yo‘li davomida doimiy izlanish, yangi mavzu va syujetlar, yangi musiqa ifoda vositalarini izlab topish bilan shug‘ullandilar.
XIX asr oxirlariga kelib individual yorqin uslublar paydo bo‘la boshladi. Bu davrda kompozitorlarning ham munosabati o‘zgargan. Shundan kelib chiqqan holda ijodiy dunyo qarash qirralarini harakterlaydigan funksiyalar ham o‘zgardi. Bularning hammasi ijodiy intilishlar kuchayganini tasdilab turadi. Ijodkorlar san’atga yangicha yondoshishi san’atning estetik chegaralarini kengaytiradi. Har bir san’at turida xususan musiqa sa’atida tashqi dunyo timsollarini musiqada tasvirlashlar bilan boyitildi. Ya’ni musiqani yaratishda odatiy garmoniya va melodiyani uyg‘unliklaridan foydalanishdan ko‘ra ko‘proq musiqani ifodalashda vositasi sifatida tashqi effektlar katta ahamyatga ega bo‘lib qolgan. Bu musiqaning tashqi ifodaviy vositalar bilan a’loqasining kuchayishiga olib keladi.
Impressionist rassomlar va kompozitorlar ijodida umumiy mavzular paydo bo‘ldi. Ular o‘z asarlarida turli hayotiy sahnalar va epizodlar, kishilarning portretlari va ayniqsa peyzajlarni tasvirlashga katta e’tibor berdilar. Shuningdek badiiy uslubda ham umumiyliklar sezilib turadi. Rassomlar yirik kompozitsiyalar o‘rniga portret va etyudlar chizganlar. Imperessionist rassomlar ham kompozitorlar ham hodisadan olingan eng birinchi, ilk taasurotni asarlarida ko‘rsatib berishga harakat qilganlar.
Impresionizm uslubida musiqa yaratuvchi ijodkorlar yirik shaklli asarlar emas, asosan kichik shaklli asarlar ya’ni miniatyura shaklidagi asarlarni yozishgan. Miniatyura, qo‘shiq, programmali musiqa kabi janrlarda asarlar yozilgan. Миниатюра (фр. miniature, ит. miniatura) – унча катта бўлмаган мусиқа пессаси. Масалан фортепиано учун миниатюра, воcал миниатюраси, оркестр миниатюраси каби миниатюралар мавжуд.2
Kompozitorlar эsa simfoniya va operalar o‘rniga fortepiano va orkestr ijrosi uchun kichik xajmdagi asarlar yozdilar. Chunki eng dastlabki taasurotni ifodalab berish uchun yirik asarlar yozish shart emas edi. Debyussi va Ravel yangi musiqiy obrazlarni ifodalash uchun zarur bo‘lgan yangi musiqa ifoda vositalarini qidirib topdilar. Bunda ular musiqaning rang-barang, go‘zal va bejirim bo‘lishiga hizmat qiladigan vositalarga alohida e’tibor berdilar. Lad, garmoniya metr va ritm, cholg‘ulashtirish kabi ifoda vositalarini o‘ziga xos va boshqacha bo‘lishiga erishdilar. Kuy (melodiya)ning asosiy ifoda vositasi sifatidagi mavqei pasaydi. Uning o‘rniga kompozitorlar turli ladlar, pentatonika, xalq musiqasi ladlaridan doriya, frigiya, miksolidiya va boshqalarni, xususan butun tonli gammani ko‘p qo‘lladilar. Klassik garmoniya va akkordlar o‘rniga ko‘proq tovush birikmalaridan foydalanish ham impressionistik musiqaga o‘ziga xos xususiyat bag‘ishladi.
Impressionist kompozitorlar musiqaning programmalilik xususiyatiga katta e’tibor berdilar. Chunki tinglovchiga impressionizim uslubida yozilgan dastursiz asarlarni tushunishi qiyin. Debyussi va Ravel o‘z ijodida tarixiy, qahramonlik va ijtimoiy mavzularga deyarli e’tibor bermaganlar. Aytib o‘tilganidek musiqiy peyzaj, hayotiy manzaralar va musiqiy portret ular ijodidagi asosiy mavzulardir. Ertak va afsonalarga ham kam e’tibor berganlar. Bu kompozitorlar asarlarida insonning tabiiy kechinmalari, ba’zan dramatik va fojiali, ko‘proq quvonchli tomonlari aks ettirilgan. Shuningdek ko‘p asarlar tinglovchiga tabiatning go‘zal obrazlari va dunyosini yangidan ochib beradi. Ifoda vositalarini yangiligi, go‘zalligi va o‘ziga xosligi buning asosiy sababidir.


Download 33,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish