143
Tinish belgilari qo'yilmay yozilgan xatni o'qish qanchalik mushkul ekanligini
tushuntirib o'tirishning hojati bo'lmasa kerak.
Agar xatning boshdan oyog'igacha undov belgilari qo'yib tashlangan bo'lsa,
chigallik yana ham ko'payadi.
Har bir mizansahnani so'zlardan tashkil topgan jumla deb oladigan bo'lsak,
uning turli tinish belgilari bo'lishi kerak. Badiiy adabiyotda nuqtani eng
sermazmun
belgi deb hisoblanadi.
Ammo sahnaning o'z nuqtasi bo'lib, parda yopilishi yoki chiroq o'chishi oldidan
harakat bilan ifoda etiladigan mizansahna mazkur vazifani o'taydi.
Xuddi musiqaning tugallanishi oldidan baland pardalarning qattiq jaranglashi kabi
sahnadagi voqealar yakuniga qo'yiladigan nuqta ham tomoshabinning xotirasidan
darhol o'chib
ketmasligi,, kerak. Shuning uchun bunday yakunlovchi mizansahnalar
nihoyatda chuqur o'ylangan bo'lib, qunt bilan ishlanishi va tomoshabin uchun
kutilmagan hodisa tarzda qabul qilinishi zarur.
Nuqta
mazmun va muhitning yakuniy belgisi bo'lishi bilan birgalikda yangidan
boshlanajak sahna, voqea uchun bog'lovchi
hisoblanib, hodisa yoki voqeani aks
ettiruvchi mizansahnani birbiri bilan bog'lashga xizmat qiladi.
Endi
vergul
belgisi xususida ham birikki og'iz so'z. Sahna talaffuzida nuqta
ovozning pasayishi bilan bildirilsa, vergul ovozni balandlatish orqali bildiriladi.
Mizansahna qurishda ham shunday ifoda etiladi. Masalan,
sahnada bir voqeadan
ikkinchisiga o'tish lozim bo'lsa va birinchi sahnaga nuqta qo'yilsa, harakat sokinlik
bilan tugaydi. Xuddi shu sahnani tugallanmaganligini, hali voqealar o'z yechimini
topmaganligini bildirmoqchi bo'lsak, vergul belgisi orqali sahna harakati o'sib
borishi natijasida ikkinchi sahnaga o'tiladi. Shunga
qaramay katta vergul voqea
intihosini ham bildiradi.
Agar voqealar o'rtasiga ikki nuqta qo'ysak, fikr hali yakunlanmaganligini,
voqelar davomida tushuntirish bo'lishligini bildiradi. Ayniqsa, komediya janridagi
spektakllarda bu usuldan foydalanish yaxshi taassurot qoldiradi.
Undov belgisi voqealar rivojining shiddatini bildiradi.
144
Lekin bu shiddat aktyorning ovozi hisobiga bo'lmasligi kerak. Aks holda, baqiroq
sahna bo'lib qoladi.
Ayniqsa, sahnada ro'y berayotgan hodisa va voqeadan hayratlanganda,
qattiq
ta'sirlanganda, ajablanganda, go'yo «bo'lishi mumkin emas», «nahotki», «voy
tavba», «vo ajabo» kabi iboralarni o'rnida ishlatishlik ta'sirchan va sahnaviy
haqiqatga mos tushadi.
Shuningdek, ayrish belgisi o'ta ta'sirchan belgidir.
Bunday mizansahnalarda rejissor va aktyor voqealar oqimini bir soniya to'xtatib
qo'yganday, ikkilanib qolganday tushuncha hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: