O’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/57
Sana14.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#795595
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
Bog'liq
fayl 1441 20210810

 
3-iIova
Tragediya dramaning eng qadimgi turlaridandir. U qadimgi Gretsiyada 
vujudga kelgan va o‘z nomini xudo Dionis sharafiga o‘tkazilgan bayramdagi xalq 
tamoshasidan olgan. Dionisga qurbonlik uchun echki olib kelishar ekan (echkini 
gr. Tragos deb ataydilar). Bu marosim raketa tushish, Dionis iztiroblari haqida 
rivoyat aytish va qurbonlikka chiqarilgan echki haqida qo‘shiq aytish (qo‘shiq gr. 
ode deb yuritiladi) bilan o‘tkazilgan. Demak, tragediya ikki so‘zdan: Tragos - 
echki, ode - qo‘shig‘idan kelib chiqqan. Keyincha tragediya avvalgi xususiyatini 
o‘zgartirib, maxsus teatr tomoshasiga aylangan.
 
4-ilova 
Mustaqillik davri dramaturgiyasi.
 
O'zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlari 
tizimida sodir bo'lgan yangilanishlar bugungi dramaturgiya taraqqiyotiga ham 
jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O. Yoqubovning «Bir koshona sirlari», Usmon Azimning 
«Bir qadam yo'l», Erkin Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon», Ilhom 
Hasanning «Bir kam dunyo», Abdulla A'zamning «Dugohi Husayniy», «Jek 
London hikoyasidan so'ng» kabi asarlari hozirgi o'zbek dramaturgiyasida 
erishilgan yutuqlardan bo'ldi. U. Azimning «Bir qadam yo'l» dramasida inson 
ko'ngli mayllariga e'tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik singari illatlar bir umr 
mehnat qilib, halol yashagan keksa kishining murakkab taqdiri misolida aks 
ettirilgan. Samarqandni ko'rish, uni ziyorat etishni umr bo'yi orzu qilib yashagan, 
ammo vaqtida qo'lining kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovoraligi, 
undan so'ng farzandlarining e'tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko'rmay 
o'tib ketgan qariya va uning o'g'illari ruhiyati asarda katta mahorat bilan 
ko'rsatilgan.


141
Istiqlol dramaturgiyasida shakliy izlanishlar, ijodiy tajri-balar bir zum ham 
to'xtagan emas. Dramaturglar sanog'iga yetib bo'lmas hayotiy holatlar shu 
holatlarda harakat qiladigan qahramonlar tabiatida ham jiddiy evrilishlar yasashi 
mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama-vaziyat singari yangi 
ifoda shakllarini o'ylab topganlarki, bu hoi asarlarning muvaffaqiyatli chiqishini 
ta'minlagan. E. Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon» tragediyasida 
insoniyat paydo bo'lgandan beri hal bo'lmay kelayotgan va bundan keyin ham to'la 
hal etilishi mumkin bo'lmagan yaxshilik va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va 
farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar o'rtasidagi to'qnashuv o'tmishda 
yashab o'tgan bobolarimiz taqdirlari misolida ta'sirli tasvirlab berilgan. Qo'lida 
imkoniyati bo'lishiga qaramay, o'zining yovuz farzandlariga qarshi qo'shin tortishni 
istamagan Arabmuhammadxon shaxsiyatidagi yuksak sifatlar va o'z otalarining 
ko'zlariga mil tortish darajasida yirtqichlashgan Habash va Elbars timsollaridagi 
tubanliklar asarda butun ko'lami bilan juda ta'sirli yo'sinda ko'rsatib berilgan. Ayni 
vaqtda milliy dramaturgiya’ning tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar qo'lga kiritilishi 
og'ir kechayotgan soha bo'lib qolayotganligini ta'kidlash kerak. Mustaqillik davri 
dramaturgiyasi bozor iqtisodi talablariga eng ko'p berilgan adabiy tur bo'ldi. Bu 
holi sahna asarlarining sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmadi, albatta.
Komediyalarning saviyasi kishida haqli e'tiroz va jiddiy xavotir uyg'otadi. 
Negaki, o'zbek komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda 
qolarli bo'lgan. Hamza, Abdulla Qahhor, Sharof Boshbekovlarning teran ma'noli 
kulgi asarlarini eslashning o'zi fikrimizning nechog'liq haq ekanligini ko'rsatadi. 
Bugungi komediyalarning badiiyati nochor bo'lgani uchun na ijrochilarga, na 
tomoshachilarga va na o'quvchilarga biror estetik ozuqa bera oladi. Sahnaviy 
ijodning komediya deb atalmish bir turiga ko'cha so'zlari, tiyiqsiz chuchmallik 
hamda pardasizlik katta sur'at bilan kirib kelmoqda. Mualliflar qahramonlar 
ruhiyatidagi to'qnashuvlar tarangligi haqida emas, so'zlarning pardasizligi haqida 
ko'proq bosh qotirishmoqda.
Har bir alohida odamda bo'lgani kabi har bir millatning va har bir davrning 
ham o'z mo'ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo'ladi. Mustaqillikka 


142
erishilganidan keyingi davr o'zbek adabiyoti uchun inson ma'naviyati qirralarini 
tekshirish, odam ruhiyatidagi ko'z ilg'amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana 
shunday baland marradirki, milliy adabiyotimiz uni egallash sari og'ishmay 
borayotir. 
Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog'lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. 
Hozir yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini 
tasvirlashning eng ta'sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e'tibor berilyapti. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish