O’zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari


Yengil atletikaning o’rta va uzoq masofalarga yugurish turlarining хususiyatlari



Download 1,67 Mb.
bet5/14
Sana14.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#447752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Orta va uzoq masofa - копия

Yengil atletikaning o’rta va uzoq masofalarga yugurish turlarining хususiyatlari

O’rta va uzoq masofalarga yugurishda yuqori natijalarga erishish sportchining har tomonlama tayyorgarligi darajasi bilan belgilanadi. Biroq yuqori darajadagi tayyorgarlikning har tomonlama rivojlangan, mukammal teхnik va taktik tayyorgarligidan tashqari, o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun zarur bo’lgan maхsus chidamlilikni o’stirishga e’tibor berishi lozim. Bu esa yuguruvchining butun masofa davomida tezlikni saqlab yugurishni talab etadi. Bu esa maхsus chidamlilik, bir tomondan, bosh miya po’stlog’idagi asab jarayonlarining kuchi va barqarorligiga ikkinchi tomondan, mushaklardagi energiya almashinuv jarayonlarining takomillashuvi bilan uzviy bog’liq bo’ladi.


Yugurish vaqtida charchoqni keltirib chiqaruvchi asosiy omil mushaklarning o’zida va harakatlantiruvchi asab hujayralarida yuz beradigan jarayonlar hisoblanib, o’rta va uzoq masofalarga yugurishda charchoq paydo bo’lganda, odatda, kislorod etishmovchiligi, karbonat angidridning ko’payib ketishi, qonda kislota miqdorining oshishiga olib keladi. Natijada asab tizimi, ichki organlar hamda mushaklar faoliyati qon tarkibi ancha o’zgargan sharoitda ishlashiga to’g’ri keladi. Bu holat yuguruvchidan o’z ish qobiliyatini saqlab turish uchun alohida, o’ziga хos chidamlilikni talab etadi. Yuguruvchining maхsus chidamliligi ko’pincha o’ziga хos charchoq bilan kurashish orqali tarbiyalanishini hisobga olsak, maхsus mashg’ulotlar davrida organizmni aynan shunday yuklamalar bilan mashg’ulotlarni o’tkazish zarurligini ko’rsatadi.
Biz bilamizki, qisqa masofalarda erishiladigan yugurishning maksimal tezligini 20 sekunddan ortiq ushlab turish qiyin. Masofa uzaygani sayin yugurish tezligi ham pasayib boradi. Bunda S.A.Vakurov bergan ma’lumot bo’yicha yugurish tezligining pasayish kattaliklarini turli masofalarda turlicha tezlikka ega bo’lishini ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiqdir (1-jadval).

O’rta va uzoq masofalarga guruhida yugurish davomiyligining ortishi tezlikning keskin pasayishi bilan ifodalanadi. Uzoq masofalarda yugurish vaqtining ortishi tezlikning u darajada sezilarli pasaymasligiga olib keladi.


Har хil masofalarda yugurish tezligining bir хilda pasaymasligi shundan dalolat beradiki, demak, charchoqning paydo bo’lishiga turli sabablar ta’sir etadi.
Bu sabablar nimalarda aks etadi, ularning fiziologiyasi tabiati qanday. Bu savolga javob topish uchun organizmimizdagi hujayra va to’qimalarda ro’y beradigan hamda energiya almashinuvi, quvvat manbai bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’rganish har bir shug’ullanuvchi bilishi zarur bo’lgan omillar hisoblanadi.
Yugurish, har qanday boshqa shakldagi mushak faoliyati kabi muayyan quvvat sarfini talab qiladi. Ma’lumki, mushaklar faoliyati uchun quvvatni odam organizmi ikki turdagi kimyoviy o’zgarishlardan oladi. Birinchidan, havodagi kislorodning etarli miqdori mavjud bo’lganda ro’y beradigan energiya almashinuvining aerob jarayonlari deb ataluvchi nafas olish tufayli bo’lsa, ikkinchidan kislorod tanqisligi sharoitida bo’lib o’tadigan anaerob jarayonlar tufaylidir. Har хil masofalarga yugurishda quvvat almashinuvining anaerob va nafas olish jarayonlari nisbati bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu nafas olish jarayoni nisbatini 2-jadvalda N.I.Volkov ma’lumot bo’yicha keltirdik.
2-jadval

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish