O’zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari


Yengil atletikaning yugurish turlariga tavsif



Download 1,67 Mb.
bet4/14
Sana14.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#447752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Orta va uzoq masofa - копия

Yengil atletikaning yugurish turlariga tavsif

Yugurish – joydan-joyga ko’chishning tabiiy usulidir. Yugurish sport turlari (voleybol, basketbol, futbol, qo’lto’pi, kurash, gimnastika, harakatli o’yinlar va h.k.) tarkibiga kirib, barchasida ishtirok etadi. Yugurish turi yengil atletikada alohida bo’limni tashkil etib, har bir masofalarga yugurishlar o’ziga хos o’rinni egallaydi. Yugurishning juda ko’p turlari yengil atletikaning organik qismi sanaladi. Yugurish jarayonida butun organizmning ish faoliyatiga qo’yiladigan talab ortib boradi. Yugurishda yurak qon-tomir tizimi nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi, organizmda modda almashuvi yaxshilanadi. Yugurish bilan shug’ullanuvchilarning imkoniyatiga qarab masofa oralig’i, yugurish tezligini o’zgartirish bilan ish miqdorini har хil yuklamalarda bajarish sportchilarning chidamliligi, tezkorligi, kuch va boshqa jismoniy sifatlarini rivojlanishiga ta’sir etadi. Misol uchun, tabiiy sharoitda, dam olish oromgohlarida, parklarda sog’lomlashtiruvchi yugurish bilan shug’ullanishi aholini sog’ligini mustahkamlashda yaxshi usullardan hisoblanadi. Yugurish bilan shug’ullanish insonlarning irodasini mustaхkamlaydi. Yurak qon-tomir tizimi, nafas olish sistemalarini ish faoliyatini yaxshilaydi.


Yugurish – sport turlari ichida insonni har tomonlama garmonik rivojlanishida asosiy vositalardan hisoblanadi. Yugurish – qisqa masofaga yugurish, o’rta masofaga yugurish, uzoq masofalarga yugurish, o’ta uzoq masofalarga yugurish, kross yugurish, marafon yugurish, soatbay yugurish, kunbay yugurish, to’siqlar osha yugurish (stipl-chez), g’ovlar osha yugurish va estafeta yugurish turlarini o’z ichiga oladi. Ushbu turlar ichida o’rta va uzoq masofaga yugurish bo’limiga quyidagi masofalar kiradi: 800, 1000, 1500, 1 milya (ya’ni 1609 m), 2000, 3000, 5000, 10000 m. Asosan, klassik turlarga 800, 1500, 5000 va 10000 m masofalarga yugurish kiradi. O’rta va uzoq masofalarga yugurishda yuqori startdan start olib yuguriladi. 800 m masofaga yugurishda barcha sportchilar o’z yo’lkasidan start olib, dastlabki 100 m masofada o’z yo’lkasida yugurib o’tadi, so’ngra umumiy yo’lkaga o’tib yugurishni davom ettiradi. 1500, 3000, 5000 va 10000 m masofalarga yuguruvchilar umumiy stardan start olib yuguradilar. O’rta va uzoq masofalarga yugurish turlari sportchidan yuqori darajada jismoniy tayyorgarlik va funksional teхnik-taktik tayyorgarlikni hamda irodaviy fazilatlarni g’alabaga bo’lgan ishonch va maхsus chidamliligini talab qiladi.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish