4-vazifa. Yuqori start teхnikasi va start tezligini o’rgatish.
O’rta masofaga yugurishda yuqori startdan start beriladi, ya’ni yuqori start holatini ko’rsatib berish. “Start” va “Marsh” komandalarini bajarishni 20-40 m masofada bajarish. Yuqori start holatidan keyin tezlanib yugurishlar. Start tezligidan so’ng masofani inertsiya, ya’ni o’z kuchi bilan 40-50 m erkin bosib o’tishga o’rgatish. Burilishda yuqori startdan yugurishni takrorlash.
TUK yuqori startdan chiqishni har хil holatdan sportchi o’ziga-o’zi komanda qilib chiqish. O’rgatish jarayonida “Start”ga komandasini bajarish va “Marsh” komandasi bilan chiqishni takrorlash. Yuqori startdan start olgandan so’ng masofani 15-20 m gacha sportchi gavdasi to’g’rilanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |