O’zbekiston respublikasi kon metallur0giya kombinati navoiy



Download 0,77 Mb.
bet69/77
Sana01.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#287206
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti konchilik fakulteti «konchilik

Nazorat savollari.


  1. Geodeziya fani nimalarni urganadi?

  2. Bajariladigan ishning mazmuni va usuliga qarab geodeziya qanday nomlanadi va ta’riflanadi?

  3. Geodeziya qaysi fanlar bilan uzviy bog’liq?

  4. “Gradus o’lchash usuli” ga kim asos solgan?

  5. A. R. Beruniyning fan soxasida amalga oshirgan ishlari.

MAVZU 15

MARKSHEYDERLIK GRAFIK HUJJATLAR VA ULAR HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT.




Reja


  1. Dala marksheyderlik hujjatlari;
  2. Marksheyderlik xisob kitob hujjatlari;


  3. Marksheyderlik chizmalar; ularning mazmuni bo’yicha tasnifi (klassifikatsiyasi), asosiy va maxsus marksheyderlik chizmalar, nomenklatura, miqiyos (masshtab), shartli belgilar, marksheyderlik chizmalarni tayyorlash va saqlash.

Dala marksheyderlik hujjatlariga dala jurnallari kiradi. Yo’riqnoma (instruktsiya) bo’yicha har bir marksheyderlik ishi turi uchun aloxida jurnal tutilishi shart. Jurnal asosiy o’zining o’lchamiga ega bo’ladi (150x210). Har bir jurnalga tartib raqami beriladi. Oxirgi betida varaqlar soni korxonaning bosh marksheyderi tomonidan belgilab qo’yiladi. Dala jurnali qalam bilan to’ldiriladi. Jurnalda ishni bajaruvchi, sana ko’rsatilishi kerak. Yozuvlar aniq, qisqartmalar yo’riqnoma bo’yicha bo’lishi shart. Dala sharoitida o’lchangan qiymatlarning o’rtachalari topiladi va ularning yo’riqnoma shartlariga javob berishi tekshiriladi.

2. Ulchash ishlari tugatilgandan keyin xisob-kitob ishlari xona sharoitida bajariladi. Jurnalda xato yozilgan sonlar o’qiladigan qilib ustidan qo’yiladi. Jurnalga yozilgan sonni o’chirgich bilan o’chirish, sonlarni ustma-ust yozish mumkin emas. Yo’riqnoma bo’yicha har bir ish uchun alohida hisoblash jurnali belgilangan. Jurnal o’lchamlari 300x210 mm. Jurnal varaqlariga tartib raqamini berilishi kerak va undagi qiymatlar chizmalar, eskizlar qaysi manbadan olinganligi ko’rsatilishi kerak. Hisoblash ishlarini EXMda bajarganda kiritish qiymatlari, natijalarni olish aniqligi ta'minlanishi shart. Dala ishlari va hisoblash ishlari natijasida chizilgan marksheyderlik chizmalar asosiy xujjat hisoblaniladi, bu hujjatlar asosida quyidagi masalalar yechiladi:

- konlarni qazib olish, konning geomexanik-geologik xolatini aniqlash, tog’-kon ishlarini rivojlantirish, kon korxonalarini loyixalarini tuzish, qazib olish ishlarining xavfsizligini ta'minlash.

Marksheyderlik chizmalari tuzilishi bo’yicha asosiy, asl (original) va ko’chirma chizmalardan iborat. Asosiy, asl chizmalar o’lchash natijalariga asoslanib tuziladi. Ko’chirma chizmalar asosiy chizmalarning nusxalari hisoblanadi va qo’shimcha ma'lumotlar bilan to’ldiriladi.

Marksheyderlik chizmalar qo’llanilishi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:



  1. Yer yuzasi chizmalari.

  2. Kon inshootlari chizmalari

  3. Kon-geologik chizmalar

  4. Maxsus ishlab chiqarish texnologik chizmalar.

Grafik hujjatlar to’la, aniq, oson o’qiladigan bo’lishi kerak. Kon grafik hujjatlarni tuzishda shartli belgilar, ramka tashqarisi chizmalari, koordinatalar tizimi yagona talablarga javob berishi shart. Kon grafikaviy chizmalar (karta, plan, vertikal tekislikdagi proyektsiya, vertikal, gorizontal, aksonometrik proyektsiyalar) qo’llanilishiga qarab quyidagi miqyoslarda tuziladi (1:20, 1:50, 1:100, 1:200, 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000, 1:10000, 1:25000). 20 km dan kichik maydoning yer usti chizmalari, yer osti inshootlari chizmalari kvadrat planshetlarda, to’g’ri burchakli koordinatalar tizimida tuziladi . Bu chizmalarni joylashtirish uchun 1:5000 masshtabli o’lchamlari 400x400mm bo’lgan planshet asos qilib olinadi.

Planshetni boshqa miqyoslarga bo’lish 1. rasmda ko’rsatilgan.

1:5000 masshtabni bo’lgandan keyin 1:2000, 1:1000, 1:500 masshtabli planshet bo’laklari hosil bo’ldi. Bunda planshet 500x500 mm o’lchamga teng qo’yiladi.

Bo’lingan planshetlarni topish oson bo’lishi uchun yuqoridagi sxema 1:5000 li planshet orqasiga biriktirib quyiladi.

Marksheyderlik chizmalarda kon-grafikaviy hujjatlari shartli belgilari qo’llaniladi. Shartli belgilar miqyosli, miqyossiz, har xil miqyosli bo’lishi mumkin. Shartli belgilar chegaralari qora rang bilan chiziladi. Boshqa ranglar geologik xolatni tasvirlashda ishlatiladi.

Marksheyderlik hujjatlar kon tuzilishi, kon laxmlari chizmalari, geologik tuzilishi chizmalari, hisoblash daftarlar, tayyor planshetlar va boshqa maxsus bo’lgan chizmalar marksheyderlik bo’limida saqlaniladi. Hamma hujjatlar korxona bosh marksheyderi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi shart.

Marksheyderlik ishi asoslari va kon geometriyasi fanida ham 1946 yil 7 aprelda tasdiqlangan yagona koordinatalar sistemasidan foydalaniladi. Koordinatalar sistemalari "Geodeziya" fanida to’liq yoritilib berilgan. To’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi marksheyderlik planlari chizish uchun qo’llaniladi. Balandlik qiymatlarini aniqlash uchun Boltiq koordinatalar sistemasiga murojaat qilinadi, ya'ni Kronshtad futshtoki qabul qilingan nol nuqtaga nisbatan olinadi. Kartalar tuzish uchun kartografiya proyektsiyalardan foydalaniladi. Geografik koordinatalarni aniqlash uchun parallel, meridianlar yordamida tur hosil qilinadi.

Geodeziya fanida koordinatalar haqidagi tushunchalar to’liq yoritilganligi sababli, bu fanda to’liq detallar bilan ko’rsatilmaydi.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish