O’zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati chirchiq-2020 yil



Download 4,17 Mb.
bet85/135
Sana21.04.2022
Hajmi4,17 Mb.
#571296
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135
Bog'liq
Eshkak eshish referat

Nazorat va musobaqaviy uslub navbatdagi trenirovka yoki rasmiy musobaqada masofani nazorat uchun bosib o’tish bilan ifodalanadi. Uslub sportchiga masofa bo’laklariga kuchni optimal taqsimlashni o’rgatadi va jangavor sifatlarni egallashga imkon beradi. Trenirovka tuzilishi bo’yicha musobaqada qatnashishni takrorlaydi: razminka, startga chiqish, masofani bosib o’tish va yakunlash.
23-mavzu. Eshkak eshish sportida tayyorgarlik turlari


Texnik tayyorgarlik. Eshkak eshish texnikasi asoslarini egallash: qayiq va uni qurilmalari hamda eshkakdan to’gri foydalanish tartibi, suvda harakatlanish qoidalari va eshkak eshishda qo’llaniladigan atamalar bilan tanishish, qayiqni suvga tushirish va suvdan chiqarish, unga to’g’ri o’tirish va to’g’ri tushishni, asosiy va dastlabki holatni egallashni o’rganishdan iborat. Bundan tashqari, eshishni yahlit bajarish, muvozanat saqlash va qayiqni boshqarish, maxsus tuyg’ularni komples shakllantirish, eshkak eshish tempi va ritmi haqida tasavvur hosil qilish, eshkak eshishda qo’llaniladigan buyruqlarni o’rganish, tempi va ritmni tartibli almashinishini egallash texnik tayyorgarlikni asosi hisoblanadi.
Eshkak eshishni asosiy harakat tuzilishi va ritmini, eshkak eshishni buyruqlari (komandalari) ni, tempi va ritmini tartibli almashinishini egallash eshkak eshish texnikasi asoslarini mustahkamlashga yordam beradi.
Eshish elementlarini o’rganish: suvni his qilish, eshkakni suvdagi harakati, eshkakni suvdan chiqarish, takrorlanishlarni bajarish bilan birgalikda qiyinlashtirilgan sharoitda bajarishdan iborat. Eshkak eshishni tabiiy omillarga (to’lqin, shamol) qarshi bajarish ham muhim ahamiyatga ega.
Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik ikkita tayyorgarlik turi umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) ga bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT): yordamchi sport turlari trenirovka mashqlaridan foydalanib, musobaqa faoliyati o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda, jismoniy sifatlar rivojlanish darajasini oshirishga va maxsus jismoniy tayyorgarlikka baza hisoblanadi. Masalan, o’rtacha shiddatda, stadionda yoki ochiq maydonda yugurish, chang’ida harakat qilish, har xil usullarda suzish, sport va xalq o’yinlarini o’ynash, koordinatsiya va umumiy rivojlantiruvchi xarakterga ega mashqlar bajarish.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT): maxsus vositalardan – qayiq, eshkak eshish basseyni, eshkak eshish trenajyoridan foydalanib, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan hamda chidamlilik, tezlik chidamliligi va maxsus chidamlilikni yuzaga chiqarishni ta`minlashga qaratilgan tayyorgarlik hisoblanadi. Masalan, kichik va o’rtacha shiddatda teng o’lchamli va tanaffusli uslubda qayiqda eshkak eshish, boshlang’ich guruhni tayyorlashda muvozanat mashqlarini qayiqlarda bajarish.
Jismoniy tayyorgarlik sport trenirovkasini muhim qismi va harakat sifatlari – kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik, epchillik va koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltiriladi. U ikki turga bo’linadi: umumiy va maxsus. Ayrim mutaxassislar yordamchi tayyorgarlikni ajratishni tavsiya qiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik hamma qatlamlarda odamlar orasida har doim umumiy va maxsus munosabatlar muammo tug’dirib keladi. Yordamchi jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlikni bir qismi bo’lib, eshkak eshishda ishtirok etuvchi muskullar guruhlarini mashqlarini o’z ichiga oladi. Bunda kuch chidamliligi muhim hisoblanadi. Kuch chidamliligi kam miqdordagi kuch va ko’p miqdordagi takrorlanishlar evaziga rivojlanadi. Ob-havo sharoiti yaxshi davrda 8 km ga kross yugurish, dam olish kunlari futbol o’ynash, musobaqa davriga yaqin kanapolo o’ynash, katta hajmdagi ishni muvaffaqiyatli bajarish va maxsus harakat sifatlarini to’g’ri yo’naltirishni maxsus asosini yaratadi. Bunday tayyorgarlik organizmdagi har xil sistema va organlarni funksional imkoniyatlarini oshishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda sportchilarda asab-muskul tizimini, katta miqdordagi yuklamalarini qabul qilish va bundan keyin to’g’ri va tez tiklanish qobiliyatlarini takomillashtiradi.
Taktik tayyorgarlik (ta’limning ikkinchi yili va undan keyin) musobaqa sharoitida eshkak eshuvchiga o’zining imkoniyatlarini amalga oshirishning imkonini beradi. Masofada qayiqni boshqarishni, masofani bir xil bosib o’tishni, kuchni mashg’ulot jarayoni va masofani bosib o’tishga bir xil sarflashni o’rganish, start va finish haqida tushuncha, qo’shma va bo’limli start haqida tushuncha, musobaqani tashkil qilish va o’tkazish, musobaqa masofalarini o’rnatish haqida umumiy tushuncha.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish