Aqliy-irodaviy tayyorgarlik sportchida vatanparvarlik, mehnatsevarlik oldiga qo’ygan maqsadga erishish tuyg’ulari va xulqni shakllantiradi. Ushbu tayyorgarlik intizomliligi, talabchanligi, qo’yilgan maqsadga intiluvchanligi, botirligi, o’z kuchi va qobiliyatiga hamda musobaqa faoliyatida maksimal funksional imkoniyatlarini yuzaga keltira olishiga ishonishi bilan o’lchanadi.
Nazariy tayyorgarlik eshkak eshuvchini sport tayyorgarligini yuqori darajada egallashi uchun zarur bo’lgan nazariy bilimlar bilan qurollantiradi. Bu tayyorgarlik tarkibiga quyidagi bilimlar kiradi: anatomiya, fiziologiya, gigiena, psixologiya asoslari, sport turi biomexanikasi, eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati hamda o’z-o’zini nazorat qilish haqidagi bilimlar.
Integral tayyorgarlik musobaqa faoliyatida tayyorgarlikni har xil tomonlarini birlashtirishga xizmat qiluvchi koordinatsiyalash qobiliyati va ma’suliyatli musobaqalarga tayyorgarligini muhim qismi bilan xarakterlanadi. Sportchi tayyorgarligini har tomondan ma’lum o’lchamda qisqa yo’naltirilgan uslub va vositalarni kiritishni nazorat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu musobaqa mashqlarini to’liq o’lchamda paydo bo’lmasdan lokal mashqlar keltirib chiqaradigan ayrim sifatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun trenirovka jarayonida tahlil qilishga va sintezlashga yondashish sport trenirovka mashg’ulotining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Birinchi navbatda ayrim sifatlarni takomillashtirishga qaratilgan ishlar yoki tayyorgarlik tomonlari bo’lsa, ikkinchisi musobaqa faoliyatida tayyorgarlikni hamma tomonlarini kompleks ravishda paydo bo’lishini ta’minlashdir. Buni qaysidir darajada modellashtirish yordamida yechish mumkin.
Irodaviy va psixologik tayyorgarlik. Sportchilarni samarali tayyorlash murabbiyning maxsus sport tayyorgarligi va tarbiyasiga oid vazifalarni hal qilishi, o’quv trenirovka mashg’ulotini tarbiyaning tarbiyaning umumiy yo’nalishi bilan birg’alikda olib borish qobiliyati bilan aniqlanadi. Sport faoliyatini o’qish, mehnat va jamoat bilan bog’liqligi, o’z qiziqishlarini jamoa qiziqishlariga bo’ysundirishi, shaxsni har tomonlama gormonik rivojlanishi va mehnatga tayyorgarligi samarali tarbiyaviy ishlarni muhim sharti hisoblanadi.
Aqliy va irodaviy sifatlarni tarbiyalash jarayonida ishontirish, majburlash, qiyinchilikni o’sib borishi va musobaqa uslublaridan keng doirada qo’llaniladi. Bu uslublardan to’g’ri foydalanish sporchini o’z-o’ziga talabchanligini, ularda maqsadga bo’lgan ishonchni tarbiyalaydi, qiyinchiliklarni yengish qobiliyatini oshiradi. O’z kuchiga ishonch, jamoatchilik tuyg’ularini, g’alabaga bo’lgan irodani, trenirovka mashg’uloti va musobaqa sharoitida kuchlarini safarbar qilish qobiliyatini shakllantiradi.
Trenirovka dasturlari va musobaqaviy qo’llanmalarni bajarishga majburiy urinish, o’quv trenirovka jarayonini qo’shimcha qiyinchiliklariga tizimli kirishish musobaqa uslubidan keng foydalanish va trenirovka jarayonida yuqori raqobatni amalga oshirish sport trenirovkasi irodaviy tayyorgarlik uslublarini amaliy asosi hisoblanadi.
Yosh sportchilarni qiyinchiliklarni yengib o’tishga tizimli kirishishi, boshlaganishini oxiriga etkazishni uddalashi va bergan so’zida qattiq tura olishi trenirovka dasturini majburiy bajarishga o’rgatish va musobaqaviy sharoitni tarbiyalash bilan bog’liq. Agar sportchi sportdagi o’z vazifasini to’g’ri anglab, o’z so’zida qattiq tursa, murabbiyga ishonib, tanlagan uslubi to’g’ri bo’lsa katta qiyinchiliklarsiz ham sportning yuqori cho’qqilariga erishishi mumkin. Tayyorgarlikni har xil bosqichlarida sportchi oldida turgan murakkab vazifalarni ruhiy va jismoniy kuchlarni safarbar qilish orqali yechish juda muhim. Agar talablar me’yoridan ortiq bo’lsa, barcha funksional imkoniyatlarni safarbar qilingan taqdirda ham bajarishga ishonmasa, bu sportchida ishonchsizlik tuyg’usini shakllantiradi va faqat zararli oqibatlarga olib keladi.
Trenirovka jarayonida qo’shimcha qiyinchiliklarni olib borish nafaqat jismoniy va psixik yuklamalarni tizimli o’sishini balki, trenirovka jarayonida irodaviy sifatlarni paydo bo’lishini ta’minlovchi ma’lum uslubiy usullarni olib kirishni ham talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |