Dastlabki saralash. Vazifa - yangi shug’ullanuvchilarni eshkak eshish sportiga qobilyatli ekanligini baholash.
Asosiy mezonlar: 1) salomatligida nuqsonlarni yo’qligi 2) mushak tizimi tuzilishi va imkoniyatlari; kuch salohiyati analizator tizimlari va harakatlanish qobilyatlarining eshkak eshish talabalariga muvofiqligi. 3) asosiy funksional tizimlar va mexanizmlarni ratsional mashq qilish jarayoni ta`sirida o’zgarishlariga moyilligi.
Oraliq saralash. Vazifa – eshkak eshuvchilarning ma`lum musobaqa mashg’ulotlarida yuqori mahoratga erishish imkoniyatlarini baholash.
Asosiy mezonlar: 1) yuqori mahoratga erishish uchun barqaror motivasiya. 2) salomatlikda muvoffaqiyatli sport takomillashuviga monelik qiluvchi nuqsonlarini yo’qligi. 3) katta yuklamalarga bardosh berishga psixologik va funksional tayyorlik. 4) funksional tizimlar va mexanizmlarni kelgusidagi moslanuvchanligi, harakat qobiliyatlarining o’sishi, muhim texnika elementlarini takomillashtirish, muayyan eshkak eshish mashg’ulotlarida natijaviylikni belgilab beruvchi taktik va psixologik tayyorgarlik zahiralari.
Asosiy saralash. Vazifa – eshkak eshuvchilarni xalqaro musobaqalarda natijaga erishish istiqbolini baholash.
Asosiy mezonlar: 1) mahorat cho’qqisiga erishishga intilish darajasi va bunda salomatlik tomonidan moneliklarni yo’qligi; 2) turli murakkab va noodatiy yoki nohush iqlim sharoitida, soat mintaqalari o’zgarishida, o’rta tog’ sharoitida, mas`uliyatli musobaqalarda keskin va shiddatli muhitida trenirovka va musobaqa yuklamalariga bardosh berishga psixologik va funksional jihatdan tayyorlanganlik; 3) asosiy musobaqalarda keskin raqobat sharoitida erishilgan tayyorgarlikni maksimal amalga oshirish hamda bunday musobaqalarda shaxsiy rekordlarga erishish qobilyati; 4) musobaqa vaziyatni to’g’ri tushunish; texnik, jismoniy va boshqa tayyorgarlikni turli komponentlarini o’zaro uyg’unlikda qo’llash qobilyati.
Yakuniy saralash. Vazifa - eshkak eshuvchilarni sport bilan shug’ullanishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini baholash va uni yuqori mahoratni saqlab qolishi davomiyligini prognozlashtirish.
Asosiy mezonlar: 1) tegishli motivasiyaning mavjudligi va sog’lig’ida mahoratni saqlab qolishga monelik qiluvchi omillarning yo’qligi; 2) sportchining yoshi va uning ixtisoslik uchun tanlangan yo’nalishlardagi eng maqbul yuqori natijalarga muvofiqligi, shuningdek, yuqori mahoratini saqlab qolish davomiyligi; 3) erishilgan tayyorgarlik holatini saqlab qolish uchun zarur bo’lgan organizmning zahira imkoniyatlari mavjudligi; 4) oliy sport mahorati bilan shug’ullanishni davom ettirishga yordam beruvchi ijtimoiy va moliyaviy sharoitlar mavjudligi.
Sifatli birlamchi saralashning zaruriy sharti - bu bolalarni 30-40 ta mashg’ulotlardan iborat boshlang’ich eshkak eshishga o’rgatish jarayonidan so’ng o’tkazishidir. Ushbu amaliyot istiqbollilikni baholashning ob`ektivligini sezilarli darajada oshiradi, chunki, boshida birmuncha yaxshiroq eshkak eshuvchi bolani iqtidorli sportchi sifatida qabul qilish mumkin. Bolalar ommaviy tarzda hayot uchun zarur ko’nikmalarni o’rganishi ta`minlanadi.
Birlamchi saralashning muhim tamoyili – maqbul yoshda yuqori natijalarga erishishni belgilab beruvchi xislatlar va qobilyatlarga yo’naltirilganlikdir.
Ko’pgina murabbiylar eshkak eshish texnikasini tezda o’zlashtirishga, yani o’tib ketuvchi xususiyatga ega belgiga, yanada yomoni – eshkak eshuvchilar uchun xos bo’lmagan sinamalar – osilib tortilishlar, o’tirib - turishlar soni, kaft dinamometriyasi ko’rsatkichlariga katta e`tibor qaratishadi.
Shu tariqa, eshkak eshuvchilarni ko’p yillik saralash jarayonining birinchi pog’onasi samaradorligi yoshga xos rivojlanish davomida kam o’zgaruvchan turg’un va mashg’ulot ta`siriga bir oz beruluvchan belgilarga yo’naltirishni nazarda tutadi. Bunday belgilarga, xususan, mahoratlilik belgilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |