Nazorat savollari
Baydarkada eshkak eshish texnikasini o’rgatish qaysi elementlardan boshlanadi?
Baydarkada eshkak eshishda asosiy va dastlabki holatni egallash qanday o’rgatiladi?
Baydarkada eshkak eshishda muvozanat saqlash va baydarkani boshqarish qanday o’rgatiladi?
Baydarkada eshkak eshishda eshish elementlar qanday o’rgatiladi?
Baydarkada eshkak eshishda eshishni yaxlit mustahkamlash qanday amalga oshiriladi?
Baydarkada eshkak eshish texnikasini quruqlikda o’rgatish haqida nimalarni bilasiz?
Kanoeda eshkak eshish texnikasini o’rgatish qaysi elementlardan boshlanadi?
Kanoeda eshkak eshishda asosiy va dastlabki holatni egallash qanday o’rgatiladi?
Kanoeda eshkak eshishda muvozanat saqlash va baydarkani boshqarish qanday o’rgatiladi?
Kanoeda eshkak eshishda eshish elementlar qanday o’rgatiladi?
Kanoeda eshkak eshishda eshishni yaxlit mustahkamlash qanday amalga oshiriladi?
Kanoeda eshkak eshish texnikasini quruqlikda o’rgatish haqida nimalarni bilasiz?
15-mavzu. Suv slalomida eshkak eshish texnikasini o’rgatish uslubiyati
Suv slalomida eshkak eshish texnikasini o’rgatishdan avval eshkak eshish sportining boshqa turlarida va ayniqsa, sport qayiqlari – kanoe va baydarkalarda eshkak eshishda harakatlanish texnikasini o’zlashtirishning birinchi bosqichidan o’tish zarur.
Keyinchalik slalom texnikasiga o’rgatish boshlanishida maxsus slalom kanoe va baydarakalarida amalga oshiriladi. Slalomda eshkak eshuvchi barcha turdagi slalom qayiqlarida eshkak eshish texnikasini bilishi shart. Kanoeda eshkak eshish texnikasini o’rgatishda ikkala bortdan harakatlanish texnikasini o’rganish amaliyoti qo’llaniladi.
Dastlabki o’rgatish bosqichlarida, shuningdek, quruqlikda va o’quv apparatlarida harakatlarni immitatsiya qilish ham keng qo’llaniladi.
Asta-sekin mashg’ulotlarga to’siqlardan o’tishda qayiqni boshqarish elementlari qo’shiladi. Xususan, juftlik qayiqlarda o’qitish boshlanib, bunda murabbiy yoki tajribali eshkakchi ikkinchi raqamli eshkakchi sifatida ishtirok etadi.
Qayiqni boshqarish usullari nisbatan sokin oqimli suv havzalarida yoki turg’un suvli havzalarda o’rganiladi. Qish mavsumida bu maqsadlarda suzish havzalaridan foydalaniladi.
To’siqlarsiz, nisbatan sokin oqimli suvga tushishga o’rgatish suv havzalarida qayiqni boshqarish elementlarini o’zlashtirish bilan parallel tarzda amalga oshirilishi mumkin. Boshlang’ich mashg’ulotlarda eshkak harakatlari, so’ngra qayiq harakatining yo’nalishini o’zgartirish o’rganiladi.
Darvozadan o’tish texnikasini o’rgatishda avval to’g’ri yo’nalishning, so’ngra tskari yo’nalishning yakka qo’yilgan darvozasidan o’tish o’rgatiladi. Darvozadan o’tish texnikasi o’zlashtirilgandan keyin turli harakat yo’nalishidagi bir nechta darvozadan o’tish kombinatsiyalarini o’rganish boshlanadi. Bunda o’rgatishning o’ziga xosligi eshkakni u yki bu yuzasi tomoniga qarab ushlash (baydarkada) yordamida richagni siljitish yoki tortuvchi qo’lni joyidan qo’zg’atish (kanoeda) hisoblanadi.
Qayiqni boshqarish usullarini o’rgatishdagi asosiy shart – usulni bir vaqtning o’zida qayiqni ilgari surish bilan birga bajarishdir.
Qayiq boshqaruvining oddiy usullari o’zlashtirilganidan so’ng ularni yanada tezkor, ammo sodda kombinatsiyalarda joylashgan to’siqlar mavjud oqimlar sharoitida bajarishga o’tiladi.
O’rgatish davomida o’zlashtirilgan usullar biriktiriladi va yanada murakkab trassalarda (to’siqlar mavjudligi va oqim tezligi bo’yicha) manevrlar bajarishda qo’llaniladi.
Kuchli va jo’shqin oqimlardagi mashg’ulotlarga faqatgina “eskimoscha” aylanish mashqini hamda tabiiy to’siqlardan o’tish texnikalari o’rganilganidan so’ng o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |