Jismoniy holatni baholash mezoni. Ma’lumki, bolalar, o’spirinlar va o’smirlar jismoniy holatini, uning salomatligini, shakllanishining to’g’riligini baholashning muhim mezoni jismoniy rivojlanish holati hisoblanadi.
Jismoniy holatga irsiylik, kasallik, infeksiyalar kabi tashqi ijtimoiy gigiyenik omillar (yashash sharoiti, iqlim, ovqatlanish tartibi, yuklamalar, dam olish va boshqalar) ham ta’sir ko’rsatadi.
Bolalar hayot tarzini to’g’ri tashkil qilish uchun ular hayotining barcha davrlarida jismoniy rivojlanishi va jismoniy holati rivojlanishining qonuniyatlarini bilish zarur. Asosiysi – jismoniy rivojlanishning tashqi ko’rsatkichlari: bo’yi (tana uzunligi), tana vazni, ko’krak aylanasi, qaddi-qomat holati, muskul rivojlanishi, muskul tonusi, muskul kuchi, o’pkaning tiriklik sig’imi kabi ko’rsatkichlarni bilish ham katta ahamiyatga ega.
Barcha antropometrik va fiziologik ko’rsatkichlarni o’lchab o’quvchilarning jismoniy holatini aniqlash mumkin. Jismoniy holatni aniqlash uchun asosan, morfologik va funksional ko’rsatkichalarni quyidagi beshta indeksdan foydalanish maqsadga muvofiq:
Ketle indeksi (vazn va bo’y rivojlanishi darajasi);
Robinson indeksi (yurak-qon tomir tizimi boshqaruvchi sifati);
Skibinskiy indeksi (nafas olish va qon aylanish organlarining funksional imkoniyatlari);
Shapavalova indeksi (harakat sifatlari rivojlanish darajasi: kuch, tezlik, chidamlilik, bundan tashqari yurak-qon tomir va va nafas tizimlari funksional imkoniyatlari);
Rufe indeksi (kardio-resperator tizimlarining moslashuv zahiralari darajasi).
Bu metodika orqali 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalarda ham qizlarda ham jismoniy salomatlik darajasini har bir indeks bo’yicha va integral baholash natijalarini olish mumkin.
Ketle indeksi (vazn va bo’y rivojlanishi darajasi) Tana vazni indeksi ko’rsatkichi 1869 yilda belgiyalik jamiyatshunos va statistik Adolf Ketle (Adolphe Quetelet) tomonidan ishlab chiqilgan.
Tana vazni indeksi – bundan ikki yuz yilliklar oldin o’ylab topilgan, o’z sog’ligi haqida qayg’uradigan odamlar muvaffaqiyatli foydalanayotgan noyob instrumentdir. Aynan o’sha davrda, ya’ni XIX asrda nazariyachi va amaliyotchi tibbiyot xodimlari odamning real tana vazni va bo’yi bilan bo’gliq to’g’ridan-to’g’ri “sog’lom” tana vazni deb ataluvchi tushunchaga diqqat qaratganlar. Quyidagi maxsus jadval orqali har bir inson o’z tana vazni indeksini juda oson aniqlashi mumkin.
Formula juda oddiy: odam tana vaznini (kg) uning bo’yi (metrda) kvadratiga bo’lish zarur. Masalan 55 kg vaznga va 165 sm (1.65 m) bo’yga ega qizning Ketle indeksi – 20.2 ga teng. Buning uchun o’z tana sharoitlarini bilishi kifoya.
Tana vazni indeksi quyidagicha formula asosida aniqlanadi:
Bu yerda: I – tana vazni indeksi, m – tana vazni (kgda), h = bo’yi (metrda).
16-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |