Bel mushaklari uchun mashqlar.
Elkalarda og‘irlik bilan egilish. Tovonlar bilan gimnastik devorga tiralgan holda og‘irlik bilan gavdani bukish. Og‘irlik-larni (yadro, tosh, shtanga diski) boshdan oshirib irg‘itish. Rezina-ning bir uchini oyoqlar bilan bosgan holda, boshqa uchini ushlab gavdani egish va rostlash.
Qorin mushaklari uchun mashg‘ulotlar.
Yerda yoki yonlama taxtada yotgan holatda, qo‘llar bosh ortida, og‘irlik yoki va ularsiz gavdani ko‘tarish. Yakkacho‘pda yoki gimnastik devorda osilib oyoqlarni ko‘tarish, xuddi shu amal erda yoki yonlama taxtada yotgan holda. Oyoqlar bilan qimirlamaydigan tayanchga ilin-gan holda gimnastik skameykada o‘tirib gavdani bukib to‘g‘rilash. Yotgan holatda oyoqlar bilan turli harakatlarni bajarish: yuqoriga-pastga, tomonlarga, aylana va h.k.
Osilgan holatda oyoqlar bilan aylana harakatlar bajarish. Turgan holatda, oyoqlar elka kengligida, gavda oldinga egilgan, qo‘llar gantellar bilan ikki tomonga yozilgan -gavda burilish-larini bajarish, qo‘llarni bilan chap va o‘ng oyoqlarning uchiga tekkizish. Gimnastik burchak holatini osilgan yoki tayangan holda saqlab turish.
Do'stlaringiz bilan baham: |